4.7. KASB-HUNAR TA’LIMI SIFATINI NAZORAT QILISH TIZIMINI SHAKLLANTIRISH
Ta’lim boshqaruvi organlariga bog‘liq bo‘lmagan, kasb-hunar ta’limi sifatini attestatsiyadan o‘tkazuvchi davlat xizmati tashkil etiladi. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol talablariga monand davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi, o‘quv yurtlari faoliyatini, professor-pedagog kadrlar sifatini hamda ta’lim oluvchilarning bilimini reyting asosida baholash tizimi tadbiq etiladi. Kadrlarni tayyorlash sifatini nazorat qilishning davlat va jamoat shakllari rivojlantiriladi. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyalash tizimi takomillashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |