MOQning maqsadlari:[tahrir]
olimpiada harakati va havaskorlar sportini rivojlantirishga yordam berish;
mamlakat sportchilarining Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishini taʼminlash;
Oʻzbekiston va butun dunyo sportchilari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini rivojlantirish.
MOQning oliy organi Bosh assambleya, u odatda, bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Assambleyalar orasidagi davr ichida MOQ ijroiya qoʻmitasi olimpiada harakatiga rahbarlik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi MOQ rahbarligida ish olib boruvchi OʻzR Olimpiya akademiyasi tashkil qilingan (1993). U koʻngilli jamoat tashkiloti hisoblanib, olimpiada harakati va olimpiada oʻyinlarining qadriyat va tamoyillarini oʻrganadi va ommalashtiradi. Olimpiada gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida Toshkentda Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etilgan(1996). Muzeyda Oʻzbekiston va xalqaro olimpiya harakati, milliy sport turlari tarixi, mashhur sportchilar erishgan muvaffaqi-yatlardan hikoya qiluvchi eksponatlar toʻplangan.[3]
-Umumjamoa hisobida: 204 davlat orasida 47-oʻrin
Do'stlaringiz bilan baham: |