PUBLITSISTIK USLUB
Ommaviy axborot vositalari uslubi, tashviqot-targ`ibot ishlari olib borishda foydalanadigan nutq tili publitsistik uslub hisoblanadi. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish bo`lib, soddalik, tushunarlilik ta’sirchanlik adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. Bu uslubda reja, anjuman, farmon, ijro, kengash, ishtirokchi, hukumat, davlat kabi ijtimoiy – siyosiy so`zlar keng qo`llanadi.
Publitsistik uslubning ham og`zaki va yozma shakllari mavjud. Radio – teleBidenie uslubi publitsistik uslubning og`zaki shaklidir, gazeta, jurnal uslubi esa yozma shaklga hosdir. vahor… bu kun olam uyg`onmoqda. Ana yam-yashil maysalar xuddi jajji qizaloqlar kabi qiqirlab bosh ko`tarmoqda.
BADIIY USLUB
Badiiy asarlar tili badiiy uslubda bo`ladi. Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo`l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi badiiy uslub sanaladi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. Masalan: Martning oxirgi kunlari. Ko`k yuziga suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanda, bahor kelganidan behabar, hanuz g`aflatda yotgan o`t-o`lanni, qurt-qumursqani, avvalgidan ham yorug`roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotgandek tuyuladi.
Badiiy uslubda yozuvchi tilda mavjud bo`lgan barcha vositalardan foydalanishi. mumkin. Tasvirlanayotgan davr ruhini aks ettirish uchun eskirgan va yangi paydo bo`lgan so`zlarni, qahramonlar fe’l-atvorini ko`rsatish maqsadida noadabiy til qatlamlariga xos so`zlarni qo`llashi mumkin.
ILMIY USLUB
Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalariga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga hos atamalarga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub sanaladi. Atomlar kimyoviy bo`linmaydigan zarralar. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar hisoblanadi.
Fan va texnikaning turli tarmoqlariga oid ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Bu uslubda so`zlar faqat o`z ma’nosida qo`llanadi, qoida, ta’rifning mazmunini to`laroq ochish uchun ajratilgan, bo`laklar, kirish so`z va iboralar, qo`shma gaplardan kengroq foydalaniladi.
RASMIY USLUB
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo`lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo`lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlat arboblari o`rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog`ozi singari ish yuritish qog`ozlarida qo`llaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko`pincha darak va buyruq gaplar qo`llanadi.
Samarqand shahar
10-maktab direktori
K.Komilovga 9-sinf
o`quvchisi
H.Akbarovdan
ARIZA
Meni ingliz tili chuqurlashtirilib o`qitiladigan 9 “A” sinfiga o`tkazishingizni so`rayman.
Muddat
Imzo H.Akbarov
Do'stlaringiz bilan baham: |