BIR NECHA ERGASH GAPLI MURAKKAB QO`SHMA GAPLAR
Tarkibida ikki va undan ortiq ergash gaplari mavjud bo`lgan qo`shma gaplar bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gap sanaladi. Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo`lsin, turmushimiz farovon bo`lsin, mustaqilligimiz varqaror bo`lsin.Ushbu gap 3ta qismdan iborat bo`lib, Bosh gap oldin qo`llangan, unga 2ta to`ldiruvchi ergash gap tobelangan. Odamlarimizning huquqiy ongi yuksak bo`lsa, har kim o`z haqini tanisa va o`zini o`zi himoya qilsa, demokratik jamiyatga erishgan bo`lamiz. Ushbu gapda 3ta shart ergash gap bosh gapga tobelangan, bosh gap keyin qo`llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |