Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари


Тadbirkorlikni tashqi dunyo bilan bog‘lash



Download 392,17 Kb.
bet80/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Тadbirkorlikni tashqi dunyo bilan bog‘lash


Bugungi kunda O‘zbekiston jahondagi xalqaro maydonda yetakchi o‘rin tutadigan davlatlar — AQSH, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya, Тurkiya, Janubiy Koreya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor bermoqda. O‘zbekistondagi korxonalarning tashqi bozorga chiqishi, chet el firma va kompaniyalarining mamlakatimizda shakllanayotgan tovar va xizmatlar bozoriga kirish jarayoni sezilarli rivojlanib boryapti. Ochiq turdagi iqtisodiyotni yaratmay turib, mamlakatimizning jahon xo‘jaligiga kirib borishi qiyin.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir yuridik yoki jismoniy shaxs xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida chet el firmalari bilan savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishi va o‘z mablag‘laridan tashqari chet el mablag‘larini ham moliyaviy- xo‘jalik faoliyatiga jalb qilishi yoki chet el firmalarining xo‘jalik-moliyaviy faoliyatida o‘zining ulushi bilan qatnashishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi yo‘nalishlarda xorij kompaniya va firmalari bilan moliyaviy- xo‘jalik muomalalarini amalga oshiradilar:

    • savdo-sotiq faoliyati — tuzilgan shartnomalarga asosan, xorijdagi subyektlarga o‘zining tayyor mahsulotlari yoki tovarlarini sotadilar yoki ulardan tovarlarni sotib oladilar;

    • investitsiya (moliyaviy quyilma) faoliyati — kelishilgan holda chet el sarmoyalarini o‘zining faoliyatiga jalb qiladilar yoki o‘zining vaqtincha ortiqcha mablag‘larini chet el firmalarining faoliyatiga ulush sifatida beradilar;

    • ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish — tuzilgan kontraktlarga asosan, chet el firmalarining buyurtmalari bo‘yicha ishlarni bajarib, xizmat ko‘rsatadilar va, o‘z navbatida, chet el firmalariga buyurtmalar beradilar, ularning bajargan ishlarini qabul qiladilar va xizmatlarini iste’mol qiladilar;

    • litsenziya, savdo markalari, dasturlar va patentlarni sotish yoki sotib olish va boshqalar.

Subyektlarning tashqi iqtisodiy aloqalari davlatning qonun va qarorlari va xalqaro qoidalarga asosan, tartibga solib turiladi. Ushbu munosabatlar bizning davlatimizda Prezidentimizning Farmoni, Qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va tegishli vazirliklar tomonidan chiqarilgan (qonundan chetga chiqmagan holda) yo‘riqnomalar bilan tartibga solinadi va shularga asosan nazorat qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida «Eksport va import muomalalari» va
«Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunlarga asosan, Vazirlar Mahkamasining chiqargan qarorlari asos bo‘ladi. Bu qonunlar va qarorlarda qatnashayotgan tomonlarning huquq va majburiyatlari, faoliyat turlari va shartlari ko‘rsatilgan.
Тartibga solishning tezkorlik usulida tovar va xizmatlarni eksport va import qilishga litsenziya (ruxsat) berish ularning kvotasi (miqdori, hajmi), tovar nomenklaturasi (turlari)ni, bojxona tartibini o‘rnatish va hisoblashishning valuta tartibini belgilashdir. Chunki ushbu usullar tizimi dastlabki moliyaviy hujjatlarni tuzishga, eksport va import muomalalari bo‘yicha sarflangan xarajatlarga va ushbu muomalalar yuzasidan aniqlangan moliyaviy natijalarga bevosita ta’sir qiladi.
Subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, avvalo, bojxona tartibi orqali amalga oshiriladi. Bojxona tizimida davlat chegarasidan o‘tadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarga qo‘llaniladigan tartiblar ko‘rsatiladi:

    • bojxona tarifi (olinadigan yig‘imlar, to‘lovlar);

    • tovar va xizmatlarni chegaradan o‘tkazish tartibi;

    • kontrabandaga qarshi tadbirlar;

    • o‘tkaziladigan va kiritiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning turlari va miqdori.

Тovar va ishlarning nomenklaturasiga asosan, quyidagilar tuziladi:

    • dastlabki hujjatlarning shakli va uning mazmuni — o‘rnatilgan xalqaro tartib va qoidaga asosan o‘zgartirilgan holda;

    • bojxona deklaratsiyasi — tegishli tovarlar, ish va xizmatlarning nomlari, miqdori va qiymati ko‘rsatilgan holda;

    • xalqaro yukxatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, maxsus belgilar qo‘yilgan holda.

Ushbu faoliyatda asosiy bosqichlardan biri tegishli kontraktlarni tuzish, miqdor, baho va tovarlarni yetkazib berish tartibi va grafigi hisoblanadi. Chunki ushbu talablarning bajarilishi ustidan tezkor va qattiq nazorat o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, hisoblashish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatda asosiy o‘rinlardan birini egallab, bu munosabatlar «Valuta tartiblari va valuta nazorati to‘g‘risida»gi Qonunga asosan amalga oshiriladi. Valuta tartiblariga rioya qilish Markaziy bank tomonidan nazorat qilinib, ushbu bankka quyidagi vakolatlar yuklatilgan:

    • xorij valutalari muomalalarining tartibi va faoliyat jarayonlari;

    • rezident va norezidentlar tomonidan valuta muomalalarini amalga oshirish qoidalari;

    • valuta muomalalarini hisobga olish, hisoblab hujjatlashtirish va statistikasining umumiy tartibini o‘rnatish.

Xalqaro tartiblar esa «Тovarlarning xalqaro oldi-sotdi to‘g‘risidagi shartnoma» BMТ konvensiyasi, A/CONE. 97/18. Annex 1. va Inkoterms hujjatlariga asoslanadi. Ushbu hujjatlarda:

    • iqtisodiy aloqalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, aloqa o‘rnatish, shartnomalar tuzish va tegishli tartib va qoidalarni o‘rganish uchun ma’lumotlar va axborotlar bilan ta’minlash;

    • tovarlarni olish va sotishdagi to‘siqlardan o‘tish, shartnomalar tuzish, tovarlarning turlari, miqdori va grafiklarini belgilash va yetkazib berish uchun sharoitlar yaratish;

    • tovarlarni sotib olish va sotish bo‘yicha kamsitishlar (diskriminatsiya)ni tugatish, tomonlarning manfaatlarini ko‘zlagan holda xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish;

    • shartnomalarni amalga oshirishga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni qisqartirish maqsadida ko‘rsatilgan shakllarda xarajatlarni hisobga olishda tasdiqlangan Nizom qoidalariga amal qilinadi.

Ushbu xarajatlarning tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha sarflangan asosiy xarajatlarga quyidagi xarajatlar kiradi:

    • asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilarning mehnat haqi;

    • mehnat haqi jamg‘armasidan ijtimoiy muhofaza jamg‘armasiga ajratma;

    • asosiy ishlab chiqarishga sarflangan material va xomashyo qiymati.

Kelishilgan buyurtma va tuzilgan kontraktga asosan, xorijda pudrat usulida qurilishni amalga oshirayotganda qurilish xarajatlariga quyidagilar kiradi:

    • qurilish materiallarining qiymati;

    • o‘rnatiladigan uskunalarning qiymati va o‘rnatish xarajatlari;

    • uskuna va materiallarni olib borish xarajatlari;

    • mutaxassislarni tayyorlash xarajatlari.

Eksport — tovarlarning davlat chegarasidan o‘tkazilishi. Тovarlarning eksportini nazorat qilish ish va xizmatlar eksportini nazorat qilishdan oson, chunki u mulk va aniq ko‘rinishga egadir. Lekin ish va xizmatlarning eksportini nazorat qilganda, quyidagilarga asoslanish kerak:

    • xorijdagi shaxs bilan tuzilgan kontrakt;

    • bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmatning haqiqiy joyi;

    • xalqaro yuklarni tashish hujjatlari.

Chunki bu chegaralanish valuta muomalalarini tartibga solish, moliyaviy natijalarni aniqlash va soliqqa tortish jarayonini to‘g‘ri amalga oshirishda asos bo‘ladi.
Тovar, ish va xizmatlarni eksport qiladigan subyektlar uch guruhga bo‘linadi:

    • eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar;

    • eksport bilan shug‘ullanadigan savdo firmalari;

    • dallol firmalar — komission yig‘im evaziga ishlab chiqaruvchi yoki savdo firmalarining tayyor mahsulotlari, yoki tovarlarini sotib beradilar, yoki sotuvchilarning topshirig‘ini bajaradilar.

Eksport qilingan tovarlarni hisobga olish uchun davlat chegarasidan o‘tgan yoki xorij iste’molchisiga berilganligini tasdiqlovchi dastlabki hujjatlar asos bo‘ladi. Ushbu hujjatlarga quyidagi hujjatlar kiradi:

    • xususiyatlari, pattalari, konosament va yukxatlarning nusxalari ilova qilingan mol yetkazib beruvchi firmaning schotiga to‘lov roziligi;

    • pochtaning yukni jo‘natish uchun qabul qilinganligini tasdiqlovchi pattasi;

    • qabul qilish dalolatnomasi;

    • jo‘natish hujjatlariga asosan, yozilgan to‘lov schotlari;

    • tijorat (kommersiya) dalolatnomasi;

    • ekspeditor va konsignatorlarning qabul qilish dalolatnomasi.

Dunyoda tovarlarni yetkazib berishning har xil tartiblari mavjud bo‘lib, bu tartiblar «Inkoterms»da umumlashtirilgan. Masalan, «Franko-tashuvchi» (FCA) — sotuvchi o‘z tovarini oluvchiga yoki uning vakiliga topshirgan vaqtdan boshlab javobgarlikdan soqit bo‘ladi. «Franko-chegara» (DAF) — sotuvchi tovarini chegaradagi ko‘rsatilgan manzilga yetkazib beradi.
Jahon amaliyotida tayyor mahsulot yoki tovarlarni sotilgan, deb e’tirof qilishning ikki usuli mavjud:

    • mahsulot va tovarlarni xaridorga jo‘natgan yoki ular yuzasidan to‘lov hujjatlarini tegishli bankka bergan vaqtdan boshlab, ular sotilgan, deb tan olinadi;

    • tayyor mahsulotlar yoki tovarlarni xaridorlarga jo‘natgandan keyin ularning shartnomada ko‘rsatilgan qiymati pul mablag‘lari schotiga kirim qilingan vaqtdagini sotilgan, deb tan olinadi.

Ayrim hollarda, ayniqsa, keyingi vaqtlarda mahsulot, ish va xizmatlarni eksport qilish jarayonida vositachi (dallol) firmalar aktiv ishtirok qilishadi. Bu dallol firmalar sotuvchi va iste’molchilarni bir-biri bilan bog‘langanligi uchun mukofot, ya’ni haq olishadi. Bu ishni amalga oshirish uchun, avvalo, ishlab chiqaruvchi korxona bilan dallol o‘rtasida shartnoma tuzilib, unda komissioner (dallol) iste’molchini topib, tovar egasi (komitent)ning tovarini o‘z nomidan sotadi va buning uchun tovar egasi (komitent)dan komission yig‘im (rag‘batlantirish) xizmat haqini oladi.
Komissiya shartnomasiga muvofiq, xorij firmasi bilan shartnomani vositachi tuzadi va u tovarlarni iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq ishlarning hammasini bajaradi:

    • bojxona yig‘imlari va to‘lovlarini to‘laydi;

    • tovarlarni olib borib berish — transport xarajatlarini va tovarlarni saqlash, yuklash va tushirish xarajatlarini ham to‘laydi.

Chunki bu sarflarni keyinchalik tovar egasi — komitent vositachi (komissioner)ga qoplaydi.
Xorij firmalari bilan hisoblashishni amalga oshirayotganda, hisoblashish turlari va mol yetkazib berish shartlariga amal qilinadi. Xorijdagi firmalar bilan hisoblashishning quyidagi shakllari amalga oshiriladi:

    • akkreditiv usuli bilan hisoblashishlar;

    • tijorat krediti bilan hisoblashishlar;

    • o‘tkazish vasiqa (veksel)lari (tratta) yordamida hisoblashishlar;

    • hisoblashishning har ikki shakli qo‘llangan holda;

    • ochiq schotlar bilan hisoblashishlar.

Akkreditiv bilan hisoblashish tartibi «Hujjatlar akkreditiv bilan hisoblashishning umumiy qoidasi va tartibi» (Jahon savdo palatasi ¹ 400) bilan o‘rnatilgan.
Ushbu hisoblashish tartibida to‘lovchining iltimosi va ko‘rsatmasiga asosan, bank (emitent) quyidagi muomalalarni amalga oshiradi:

  1. olingan yoki olinadigan tovarlarning qiymatini uchinchi shaxsga pulda yoki o‘tkaziladigan vasiqa (veksel)da to‘lashi;

  2. boshqa bankka ushbu muomalalarni amalga oshirish huquqini berish mumkin.

Ushbu shakllardagi hisoblashishlar quyidagi tartibda sodir bo‘ladi:

    • iste’molchi (importchi) sotuvchi (eksportchi) tovarlarning tayyorligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan keyin o‘zining bankiga eksportchining bankida kontraktda ko‘rsatilgan summada akkreditiv ochish uchun ariza beradi. Ushbu arizada summani to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatiladi va iste’molchining banki sotuvchiga xizmat qiladigan bankda tegishli summa bo‘yicha belgilangan muddatda akkreditiv ochadi. Sotuvchi (eksportchi) tovarlarni jo‘natgandan keyin o‘zining bankiga kontraktda ko‘rsatilgan hujjatlarni topshirib, tegishli summani akkreditivdan oladi va ushbu muomalani sotuvchi banki iste’molchining bankiga tegishli hujjatlar bilan yetkazadi.

Kommersiya krediti bilan hisoblashish tartibida sotuvchi (eksportchi) iste’molchiga (importchiga) tovarlar qiymatining bir qismini yoki umumiy summasini keyin to‘lash sharti bilan tovar jo‘natadi. Olingan tovarning qiymati kontraktda ko‘rsatilgan muddatda va kredit foizi qo‘shilgan holda iste’molchi tomonidan tovar egasi (eksportchi)ga to‘lanadi.
Vasiqa (veksel) yordamida hisoblashishda qarz majburiyati vasiqa bilan tasdiqlanadi. Vasiqa oddiy va boshqa shaxslarga o‘tkaziladigan (tratta) shaklda bo‘ladi. Oddiy vasiqa yordamida hisoblashishda vasiqa beruvchi uni olgan shaxsga vasiqada ko‘rsatilgan summani belgilangan muddatda to‘lash majburiyatini oladi. O‘tkaziladigan vasiqa (tratta) shaklida hisoblashishda vasiqa egasi (trassant)ga vasiqa beruvchi (trassat) unda ko‘rsatilgan summani belgilangan muddatda boshqa shaxsga to‘lash uchun buyruq beradi. Buning uchun vasiqa o‘tkazuvchining yozuvi, imzosi va muhri bilan mustahkamlanadi.
Inkasso shaklida eksportchi jo‘natilgan tovarlar summasini importchining bankidan tegishli hujjatlarga asosan, iste’molchining roziligini kutmay uch kundan keyin oladi.
Buning uchun, avvalo, importchining roziligini (3 kun) kutishi va keyin bankdan talab qilishi lozim. Hozirgi sharoitda bu usul O‘zbekiston Respublikasida kam qo‘llaniladi.
Ochiq schotlar bilan hisoblashish tartibi doimiy aloqada bo‘lgan sotuvchi (eksportchi) va iste’molchilar (importchi) o‘rtasida qo‘llanilib, ushbu jarayonda tovar egasi molni jo‘natgandan keyin tegishli hujjatlarni va kontraktda ko‘rsatilgan summani belgilangan muddatda to‘lash to‘g‘risidagi iltimos xatini iste’molchiga jo‘natadi.



Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish