Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари


Aksiyadorlik jamiyatlari va tadbirkorlikning boshqa shakllari



Download 392,17 Kb.
bet37/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Aksiyadorlik jamiyatlari va tadbirkorlikning boshqa shakllari

Тadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tijorat tashkilotlaridan biri aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi. Fuqarolik kodeksining 64- moddasiga muvofiq, «Ustav fondi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jamiyat aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.


Aksiyalar haqini batamom to‘lamagan aksiyadorlar aksiyadorlar jamiyatining majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
Aksiyadorlar jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aksiyadorlik jamiyati ekanligi o‘z ifodasini topishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq turda bo‘lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa
kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo‘lishi lozim.
Ishtirokchilari o‘zlariga qarashli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz o‘zga shaxslarga berishlari mumkin bo‘lgan aksiyadorlar jamiyati ochiq aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi. Bunday aksiyadorlar jamiyati o‘zi chiqaradigan aksiyalarga qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan shartlar asosida ochiq obuna o‘tkazishga va ularni erkin sotishga haqli. Ochiq aksiyadorlar jamiyatining aksiyalari ochiq savdo orqali, qimmatli qog‘ozlar bozoriga kirib borishi uchun hech qanday cheklashlarsiz sotiladi.
Ochiq aksiyadorlar jamiyati har yili yillik hisobot, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobvarag‘ini barcha tanishib chiqishi uchun e’lon qilishi lozim.
Aksiyalari faqat o‘zining muassislari orasida yoki oldindan belgilab qo‘yiladigan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanadigan aksiyadorlar jamiyati yopiq aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi.
Bunday jamiyat o‘zi chiqaradigan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga yoki ularni sotib olish uchun cheklanmagan doiradagi shaxslarga boshqacha tarzda tavsiya etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlar jamiyatida aksiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorida erkin sotuvga qo‘yilmaydi yoki jamiyat ustaviga ko‘ra, cheklashlarga ega bo‘ladi.
Yopiq aksiyadorlar jamiyati ishtirokchilarining soni ellik nafardan oshmasligi kerak. Bu son belgilangan miqdordan oshib ketgan holda u olti oy ichida ochiq aksiyadorlar jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tamom bo‘lganidan keyin esa, agar aksiyadorlar soni belgilangan darajagacha kamaymasa, sud tartibida tugatilishi lozim.
Aksiyadorlar jamiyati sarmoyalar birlashmasi bo‘lib, u aksiya chiqarish orqali ta’minlanadi. Aksiya — mulk egaligini tasdiqlovchi hujjat. U fond birjasida kotirovka qilinadi va bir shaxsdan ikkinchi shaxsga erkin o‘tadi. Hissadorlarning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi ularning aksiya sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘lari summasi darajasida bo‘ladi. Jamiyatning mulkiy majburiyatlari bo‘yicha mas’uliyati jamiyatning o‘ziga yuklanadi.
Aksiyadorlar jamiyati biznesni yuritishning eng demokratik shakli hisoblanadi. Chunki aksiyalarni ochiq savdoda sotib olgan har qanday shaxs mulk egasi bo‘lishi mumkin.
Aksiyalar xillari va turlari (toifalari) bo‘yicha farqlanadi. Aksiyalarning xillari: egasi yozilgan, egasi yozilmagan. Aksiyalarning turlari (toifalari): imtiyozli, oddiy.
Aksiyada ko‘rsatilgan va jamiyat aksiyadorlarining reyestriga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsgina egasi yozilgan aksiyaning sohibi bo‘lmish aksiyador, deb e’tirof etiladi.
Egasi yozilmagan aksiyani saqlovchi shu aksiyaning egasidir. Egasi yozilmagan aksiyalar jamiyat aksiyadorlarining reyestriga kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi.
Oddiy (odatdagi) aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ularning egalariga dividendlar olish, jamiyatning umumiy yig‘ilishlarida muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ovoz berish va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek, aksiyadorlik jamiyati tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalar hisoblanadi. Imtiyozli aksiyalar ularning egalariga, korxona foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Yopiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi yoziladigan aksiyalar bo‘lishi mumkin, ularni boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi ustavda belgilab qo‘yiladi.
Yopiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarga aksiyalar o‘rniga ularning nominal qiymatiga teng summada sertifikatlar berishi mumkin.
Тadbirkorlik subyektlari o‘zaro uyushgan holda ishlab chiqarish kooperativlari tuzishlari mumkin. Fuqarolik kodeksining 69-modda-siga muvofiq, «Fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda a’zolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan qo‘shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo‘jalik faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi hisoblanadi. Ishlab chiqarish kooperativining a’zolari kooperativning majburiyatlari bo‘yicha qonunda va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda javobgar bo‘ladilar.
Kooperativning firma nomi kooperativning nomini, shuningdek,
«ishlab chiqarish kooperativi» so‘zlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim». Тadbirkorlik faoliyatini unitar korxona shaklida ham tashkil etish mumkin. Fuqarolik kodeksining 70-moddasiga muvofiq, «o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk
huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha, shu jumladan, korxona xodimlari o‘rtasida ham taqsimlanishi mumkin emas.
Unitar korxonaning mol-mulki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida tegishlidir. Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulki egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo‘lib, bu rahbar mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob beradi.
Unitar korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol- mulk bilan javob beradi.
Unitar korxona o‘z mol-mulki egasining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi».



Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish