Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet27/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Ko‘rgazmalar. Xususiy korxonani rivojlantirish uchun g‘oyalar topsa bo‘ladigan joylardan yana biri — ko‘rgazmalar va savdo yarmarkalari. Odatda, ularning o‘tkazilishi radio yoki gazetalarda yoritiladi.
Bunday ko‘rgazmalarda muntazam qatnashib siz, nafaqat yangi tovarlar va xizmatlardan xabardor bo‘lasiz, balki savdo vakillari, ishlab chiqaruvchilar, ulgurji savdogarlar, distributorlar va franshiza egalari bilan ham uchrashasiz. Bu — tadbirkorlik g‘oyalari, axborot va xususiy korxonani tashkil etishda ko‘makning ajoyib manbalari. Balki ulardan ayrimlari sizga o‘xshagan tashabbuskor tadbirkorni izlayotgandir.
Тadqiqotlar. Kichik korxonani barpo etganda, manfaatlarning markaziy nuqtasida iste’molchi bo‘lishi kerak. Mahsulot yoki xizmatni yaratishga asos bo‘ladigan iste’molchining ehtiyoj va xohishlari kuzatuv va tadqiqotlar orqali aniqlanishi mumkin. Bunday tadqiqotlar norasmiy yoki rasmiy, odamlar bilan suhbat o‘tkazish (anketa to‘ldirish yoki intervyu usullari qo‘llanadi) va/yoki kuzatuvlar orqali bajarilishi mumkin.
Siz o‘z oilangiz a’zolari yoki do‘stlaringiz bilan gaplashishdan boshlashingiz va hozirgi paytda bozorda mavjud bo‘lmagan narsadan nima ularga zarur, nimani xohlashlari to‘g‘risida qanday fikrda ekanliklarini aniqlashingiz mumkin. Yoki, misol uchun, agarda mavjud bo‘lgan mahsulot yoki xizmatlardan ularda qoniqish bo‘lmasa, ular shu narsalarda qanday yaxshi o‘zgarishlar bo‘lishini xohlashar edi. Shundan so‘ng taqsimot tizimining qismlari, ya’ni ishlab chiqaruvchilar, ulgurji savdogarlar, distributorlar, chakana sotuvchi va agentlar bo‘ladigan odamlar bilan suhbatlashishni boshlashingiz mumkin.
Suhbatlardan oldin bir qator savollarni ishlab chiqib, anketa shaklida tayyorlash yoki intervyularda foydalanish foydali bo‘lar edi. Xaridorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan taqsimot tizimi vakillari xaridorlar nimani istashlarini va sotuvda nima yo‘qligini yaxshi bilishadi.
Va nihoyat, siz imkoni boricha ko‘proq hozirgi va bo‘lg‘usi xaridorlar bilan suhbatlashishingiz lozim. Qancha ko‘p axborot to‘plasangiz, shuncha yaxshi.
Odamlar bilan suhbatlardan tashqari, siz kuzatuvlar natijasida ham ma’lumot olishingiz mumkin. Masalan, qaysidir aniq ko‘chada do‘kon ochish haqida qaror qabul qilishda, siz kuzatib undan ma’lum kunlarda o‘tadigan odamlar sonini hisoblashingiz va shu ko‘rsatkichni boshqa ko‘chalardagi shunday ma’lumot bilan taqqoslashingiz mumkin. Yoki, agarda siz sayyohlar ko‘p qatnaydigan joyda o‘z korxonangizni joylashtirishga manfaatdor bo‘lsangiz, o‘sha joyda hunarmandchilik ustaxonasi yoki milliy hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qiladigan do‘konni barpo etishga urinib ko‘rishingiz mumkin.
Bu sohadagi beg‘amlik va e’tiborsizlikning oldini olishning yagona yo‘li — vujudga keladigan ehtiyoj yoki tadbirkorlikda ochiladigan imkoniyatlarga har bir paytda javob qaytarishga tayyorlikni tarbiyalashdir. Masalan, tadbirkorlardan biri, o‘zi qatnashadigan ziyofatlarda navbat bilan mehmonlarni suhbatga tortib har biridan, biror kishi mo‘ljallangan funksiyalarini to‘liq bajarmagan birorta buyumdan foydalanmadimi, deb so‘rab chiqar edi. Boshqa biri qarindoshlarining bolalari o‘yinchoqlar bilan o‘ynaganini doimo kuzatib, shundan yangi bozor bo‘shlig‘ini barpo etish uchun g‘oyalar izlar edi.
Shikoyatlar. Xaridorlarning shikoyat va qoniqmasliklari ko‘pgina yangi tovar va xizmatlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Har safar xaridor yoki iste’molchilar u yoki bu tovar, yoki xizmatning kamchiliklariga qattiq shikoyat qilganda, yoki siz kimdandir «Men buni ... bo‘lishini xohlar edim» yoki «Agarda, shunday ... bo‘ladigan tovar (xizmat) bo‘lganda edi», degan gaplarni eshitganingizda, siz tadbirkorlikda amalga oshirsa bo‘ladigan g‘oyani o‘z qo‘lingizga kiritasiz. Bu g‘oya faoliyat yuritayotgan korxona bilan raqobat qiladigan va yaxshiroq mahsulot yoki xizmatni taklif etadigan firmani tashkil etishdan yoki yangi mahsulot yoki xizmatni barpo etib, uni ishlab turgan korxonaga va (yoki) barcha xohlovchilarga sotishdan iborat bo‘lishi mumkin.
Aqliy hujum. Aqliy hujum — bu muammolarni ijodiy yechish hamda yangi g‘oyalarni yaratish usuli. Aqliy hujumning maqsadi imkoni boricha eng ko‘p g‘oyalarni taklif etishdan iborat.
Aqliy hujum, odatda, muammo yoki masalani qo‘yishdan boshlanadi. Misol uchun siz quyidagi savolni qo‘yishingiz mumkin: «Hozirgi paytda bozorda mavjud bo‘lmagan qaysi mahsulot yoki xizmatlar hozir uy- ro‘zg‘orimizga zarur?» Har bir g‘oya qo‘shimcha bir yoki bir necha g‘oyalarni olib keladi va buning natijasida ko‘pgina yangi g‘oyalar beradi.
Bu usulni qo‘llaganda, siz to‘rt qoidaga rioya etilishini ta’min- lashingiz lozim:

    • boshqalarning g‘oyalarini tanqid qilmang va ular haqida o‘z xulosangizni chiqarmang;

    • erkin g‘oyalar oqimiga ko‘maklashing, dastlab g‘ayrioddiy va aqlga sig‘maydigan, deb tuyiladigan g‘oyalar olqishlanadi;

    • g‘oyalarnig ko‘pligi istalgan natijadir: g‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi;

    • boshqa qatnashchilar g‘oyalarini yaxshilash va ularni kombinatsiya qilish yo‘li bilan yangi g‘oyalarni taklif eting.

Тadbirkorlik g‘oyalarining tug‘ilishiga yuqoridagi sabablar bilan bir qatorda, avvalo, tadbirkorning o‘zi ham bilimli, o‘z faoliyat doirasini, atrof-muhitni, shart-sharoitlarni yaxshi biladigan va tahlil qila olish
qobiliyatiga ega bo‘lishi lozimdir. Chunki g‘oya bo‘lgani bilan uni bir me’yorga keltirish va amalga oshirish ham tadbirkorlikning bir ko‘rinishidir. Тalabalar orasida o‘qiganini tushuntirib bera olmaydigan, o‘qishga ko‘ngli yo‘q, yaxshi nutqi bor bo‘lsa-da, jamoat ichida gapira olmaydigan, tushunmasa-da, eslab qolish qobiliyati kuchlilari uchrab turganidek, tadbirkorlik g‘oyasini amalga oshirishda ham shunaqa muammolarga duch kelinishi mumkin. Bu muammolar hal qilinadigan muammolar qatoriga kiradi. Chunki turli mavzuga oid ko‘p kitoblarni o‘qish insonni fikrlash doirasini kengaytirish bilan bir qatorda, uning ijodkorlik ruhiyatini ham oshiradi.

Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish