Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


  VIII turdagi maxsus  mehnat ta’limi  maktabi  o‘quvchilarining



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

1.5.  VIII turdagi maxsus  mehnat ta’limi  maktabi  o‘quvchilarining 
psixologik tavsifnomasi
Defektologiya  muammolari  bilan  shug'ullanuvchi  chet  el  de- 
fektologlari,  aqli  zaiflik  to'g'risida  gapirib,  bu  tushunchani  unga 
aqliy  kamchilikni  qo'shish  bilan  kengaytiradilar,  uning  yuzaga 
kelishi  erta  bolalik  vaqtida  bola  rivojlanishini  o'ta  nomuvofiq 
ijtimoiy  sharoitlari  bilan  bog'liq  bo'ladi.  Atrofdagi  kishilar  bilan 
intellektual  va  hissiy  muloqot  yetishmasligi,  doimiy  to'yib  ovqat- 
lanmaslik  va  hokazolar  ko'zda  tutiladi  (F. Gallaqhere,  O.Meher, 
Satdenqeu).
So'nggi  yillar  maxsus  adabiyotlarida  ham  bosh  miya  po'stlog'i 
shikastlanishi  bilan  bog'liq  bo'lmagan  aqli  zaiflik  hodisalari 
to'g'risida ma’lumotlarni  uchratish  m um kin."
Hozirgi  paytda  «aqli  zaif»  termini  o'rniga  uning  sinonimlarini 
ishlatishga harakat qilinmoqda,  negaki, bu term in bolani faqat aqliy 
jihatdan  noadekvatligini  bildiradi,  u  esa  motorika,  hissiy-irodaviy 
doira  va  butun  shaxsiy  yetishmovchiliklarga  ega.  Undan  tashqari, 
tashxisning bu  shakli  ota-onalarga  og'ir  botadi.  Alohida  yordamga 
muhtoj  bolalar  «Imkoniyati  cheklangan  bolalar»  deb  yuritilmoqda. 
Aqli  zaif bolalar asosan  maktab  va  maktab-internatlarida tarbiyala- 
nadilar,  ular XX  asr oxirigacha  yordamchi  deb  atalardi,  hozir VIII 
turdagi maxsus mehnat ta’limi  maktablari deb  nomlanadi. Aqli zaif 
bolalarning ayrim qismi ommaviy umumta’lim maktablarida tashkil
13


qilingan korreksion rivojlantirish ta’lim sinflarida o‘qiydilar,  hamda 
uy sharoitida  individual o'qitiladi.
Mehnat ta’limi maktabining barcha o'quvchilarini amaliy maqsadda
2 guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga kiradigan bolalar asosan 
o‘z rivojlanishlarining ma’lum davrida bosh miya kasalligini boshidan 
kechirgan  va  shu  kasallik  qoldirgan  nuqson  asosida  rivojlanayotgan, 
amalda  esa  sog‘  bolalar  kiradi.  Ikkinchi  guruhga  bosh  miyasidagi 
kasalliklari  davom  etayotgan  bolalar  kiradi.  Bunday  bolalarda  max­
sus maktablarda  o'qib yurgan vaqtlarida  ham kasalliklari  davom  etib 
og‘irlashishi  ham  mumkin.  Bu  bolalarning  ruhiy xususiyatlari,  bilim 
egallash imkoniyatlari o‘zgarib  turish xususiyatiga ega.
Aqli  zaif  bolalarning  ko‘p  qismini  oligofrenlar  tashkil  qiladilar 
(grekcha oligof — kam, phrenos — aql).  Miya tizimlarining shikastlani­
shi, asosiysi miyaning o‘ta murakkab va kech shakllanuvchi tuzilishlari 
psixikaning buzilishi va chala rivojlanishiga sabab bo‘lib, rivojlanishning 
dastlabki bosqichlarida yuzaga  keladi;  ona  qornida,  tug'ruq  paytida va 
bir,  bir  yarim  yoshida,  ya’ni  nutq  shakllanmasdan  awal.  Oligofreni- 
yada  miyaning  organik  yetishmovchiligi  rezidal  (qoldiq),  noprogredi- 
yent  (murakkablashmaydigan)  xarakterga  ega.  Bola hayotining yanada 
kechroq davrida yuzaga kelgan  aqli  zaiflik nisbatan kam uchraydi.  Bu 
demensiya  deb  yuritiladi.  Demensiya  miyaning  organik  kasalliklari 
oqibatida  boiishi  mumkin  (masalan:  meningoensefalitlar,  miya  trav- 
malari,  silkinishi,  lat  yeyishi  va boshqalar).  Demensiyada bolada  ortib 
boruvchi degredatsiya (orqaga ketish) kuzatiladi. Biroq ayrim holatlarda 
davolash yordamida bu jarayonni birmuncha sekinlashtirish mumkin.
Alohida  holatlarda  boladagi  aqlning  sust  rivojlanishi  kechayot- 
gan  ruhiy  kasallik bilan  qo‘shilib  ketadi  — epilepsiya,  shizofreniya, 
bosh  miya  zaxmi  va boshqalar.  Oligofren bolalarning barcha  psixik 
jarayonlarining  orqada  rivojlanishi  va  turg‘un  buzilishlari  bilan 
tavsiflanadi,  bu  bilish  faoliyati  doirasi  (ayniqsa,  og‘zaki  mantiqiy 
fikrlashda)  va  shaxsiy  doirada  aniq  ko‘rinadi.  Bunda  me’yordan 
ortda qolishgina  emas,  balki rivojlanishning o‘ziga xosligi namoyon 
bo'ladi. Aqli  zaif bolalarni  ancha kichik yoshdagi  normal  rivojlana­
yotgan bolalarga tenglashtirib bo‘lmaydi. Aqli zaiflik — bir me’yorda 
emas  — bola psixik faoliyatining turli  tomonlarida  ko‘rinadi.  Kuza- 
tishlar  va  eksperimental  tadqiqot  materiallari  bolada  ayrim  psixik
14


jarayonlar  o‘ta  keskin  o‘zgargan  bo'lib,  boshqalari  saqlanib  qolgan 
bo‘lishi  mumkinligi  haqida gapirish imkonini beradi.
0 ‘z  rivojlanishida  me’yordan  chetlashgan,  shu jumladan,  aqlan 
orqada qolgan bola psixikasi tuzilishi juda murakkab. Maxsus psixo­
logiya  asoschilaridan  biri  L.S.Vigotskiyning  nazariy  qoidalariga 
muvofiq  bolada  birlamchi  nuqson  va  ikkilamchi  asoratlarni  ajrata 
bilish  kerak.  Aqli  zaif  bolalarga  po‘stloq  faoliyatining  to'laqonli 
emasligi,  mo'ljalga olish faoliyatining bo‘shligi, nerv jarayonlarining 
inertligi,  himoya  tormozlanishiga  ortiqcha  moyillik  xosdir.  Oligof- 
ren bolalar psixik faoliyatida aniq aks etgan kamchiliklar bilan birga 
bu  bolalarga  rivojlanish jarayoni  asosi  bo'lib  xizmat  qiluvchi  ayrim 
ijobiy  imkoniyatlar ham  xos.  0 ‘qituvchilar maxsus  aqli  zaif bolalar 
maktabida  korreksion  ishni  tashkil  qilib  aynan  shu  imkoniyatlarga 
tayanadilar.
XX 
asrning  90-yillaridan  boshlab  aqli  zaiflarning  xalqaro  tas- 
nifidan  foydalana  boshlandi,  unga  binoan  bolalarni  4  guruhga 
bo‘ladilar:  yengil,  o'rtacha,  og'ir  va  chuqur  darajadagi  aqli  zaif­
lik.  Chet  el  psixologlari  bola  intellektual  koeffltsientini  aniqlashga 
asoslanadilar.  Ma’lumotlarga ko'ra,  yengil aqli  zaiflikda  70 ga teng, 
o'rtachada  70  dan  50 gacha  diapazonda,  chuqurda  25  dan  0 gacha.
Aqli  zaif bolalarning  dunyoga  kelish  sabablari  turlicha.  Odatda, 
endogen  (ichki) va ekzogen (tashqi muhit)  omillarini  ajratish mum­
kin.  Aniqlanishicha,  aqli  zaiflikning  genetik  shakllari  ustun  tursa, 
ular tug'm a  aqli  zaiflar soniga kiradi.  Biroq buzilishlarning yuzaga 
kelishida  onaning  yuqumli  kasalliklari  (masalan:  qizilcha,  homi­
laning  alkogol  bilan  zaharlanishi,  narkotiklar,  dorilarni  haddan 
ziyod  iste’mol  qilish,  onaning  endokrin  kasalliklari,  xromosoma 
buzilishlari)  muhim  rol  o'ynaydi.  Ona  qornida  rivojlanish  davrida, 
tug'ruq  paytida  va  bir-bir  yarim  yoshida  olingan  miya  shikastla- 
nishlari  ma’lum  ahamiyatga  ega,  shu  bilan bir qatorda  hozirgi  iqti- 
sodiy va  ekologik vaziyat ham  katta  rol  o'ynaydi.
So'nggi  yillarda  bolalar  rivojlanishining  murakkab  nuqson- 
lari  muammosi  keskinlashmoqda.  VIII  turdagi  maxsus  maktab 
o'quvchilari  tarkibi  og'irlashmoqda.  Kar  va  zaif eshituvchi  bolalar 
orasida  aqli  zaiflikning  tarqalishi  taxm inan  10%,  ko'r  va  qisman 
ko'ruvchilar o'rtasida  20%  ni  tashkil  etadi.
15


Bir qator hollarda aqli zaiflik 

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish