14-modda. Davlatga taalluqli bo‘lmagan idoralar va fuqarolarni yoshlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga jalb etish
YOshlarning jamoat uyushmalarini, boshqa davlatga taalluqli bo‘lmagan tashkilotlarni yoshlarga ijtimoiy jihatdan yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatga jalb etish xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ijroiya idoralari, O‘zbekiston Respublikasi YOshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashi va respublikaning boshqa idoralari bilan shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi. SHartnoma yoshlarning talab-ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatning turi va mazmuni, tomonlarning majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatiladigan moliyaviy yoki moddiy yordamning shartlari belgilanadi.
(14-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |