19
davrlarda xo’jalik ishlari, iqtisodiy ishlar, avlod qoldirish va tarbiyalash funktsiyalari
ahamiyatli bo’lgan bo’lsa, hozirgi davrga kelib psixoterapevtik funktsiyalar, emotsional
qo’llab-quvvatlash
funktsiyalarining
ahamiyati
kuchaymoqda.
Er-xotinlik
munosabatlari hozirgi zamonaviy ko’rinishda ekzistentsional mazmunga erishganlik
pozitsiyasidan baholanadi va er va xotin o’rtasidagi psixologik munosabatlar
ko’rinishida namoyon bo’ladi. Nikoh bo’lishi uchun asosiysi his-tuyg’ular hisoblanadi.
Aynan sevgi-muhabbat hislari oila qurishga undaydi (olib keladi). Hatto shubhali
bo’lgan ―hisob-kitobli nikoh‖da ham sevgi paydo bo’lishi ehtimoli bor.
Har bir odam noyob va takrorlanmasdir, ushbu noyoblikning ikkinchi tomoni
yolg’izlik qismatidir (insonning o’z shaxsiy xususiyatlarini takrorlanmasligini va
turmushini noyobligi).
Insonning o’z turmush tarzini noyobligi va shaxsiy xususiyatlari va ko’rinishlarini
takrorlanmasligini anglanganligi yolg’izlikni engishga undaydi. Kimdir uni tushunishi,
qabul qilishi va kimgadir kerak bo’lishi kerak. Inson sevish va sevilishni xohlaydi. Buni
esa u nikoh va oiladan topishni mo’ljallaydi, tahmin qiladi.
Oila psixologiyasi bo’yicha chet el psixologlari tomonidan juda katta izlanishlar
qilingan. Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham ko’plab ibratli, kuzatish va tajribalar
asosida chiqarilgan xulosa va tavsiyalar mavjud. Shunga qaramasdan ushbu fan etarli
darajada tan olinmagan va metodik tomondan ta’minlanganligi ham kam darajada
bo’lgan. Hatto fanning ushbu tarmog’iga kelajagi yo’q va mustaqil fan emas degan
nopisandlik bilan qarashlar ham bo’lgan. Buni quyidagicha izohlash mumkin: oilani
o’rganish bo’yicha eksperimental metodikalarni qo’llanalishi qiyin kechishi, shaxsiy
tajribalar ishonarli emasligi, so’rovnoma metodlarini ishonchliligi kamli va hokazolar.
Psixologik bilimlar fundamental fanga asoslangan holda ya’ni, shaxs, faoliyat, guruhlar,
psixik rivojlanish qonuniyatlariga tayanadi. Oila psixologiyasiga esa jiddiy qaralmagan.
Faqat 1960 yillarning oxiri va 1970 yillarni boshlaridan boshlab nikoh va
oilako’pgina fanlarda tadqiqot predmeti bo’la boshladi, shu jumladan psixologiyani
ham. Boshida nikoh va oila muammosi asab va psixik kasalliklar profilaktikasi
masalalari bo’yicha mutahassislar va oiladagi tarbiya muassasalari bo’yicha
mutaxassislar e’tiborini torta boshladi. Keyingi yillarda er-xotinlik hayoti muammolari
va ota-ona va bola munosabatlari korrektsiyasi bo’yicha psixologik konsultatsiyalar
amaliy psixologiyada rivojlana boshladi
Zamonaviy oilalarni rivojlanish dinamikasi ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklar
bilan bog’liq bo’lgan bir holatda, nikoh va oilani o’rganish shaxs va ijtimoiy
psixologiyada nihoyatda dolzarb ehtiyojga aylandiki, u ham bo’lsa mavjud oilalarga
psixologik yordam ko’rsatish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qonuniyatlarni
izlash maqsadida.
Do'stlaringiz bilan baham: