14
6. Shaxsiy fikr – aniq vaziyat, jarayon va olingan xulosa to’g’risida fikr bildiradi,
o’zgalar fikri bilan solishtiradi va yutuq-kamchiliklarni aniqlaydi.
7. Klaster – asosiy tushuncha tarmoqlarga bo’lib chiqiladi.
8. Pinbord – taxtada yozib, yutuq-kamchiliklar tahlil qilinadi.
9.Boshqaruv – ma’lum faoliyatni tashkil etish jarayonida ishtirokchilarni boshqarish
ko’nikmalari aniqlanadi.
10. Keys – stadi – aniq vaziyat, hodisalarning mohiyatini tahlil etish va aniqlash.
Bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni
yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish,
darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan
va multimedia qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga
undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik,
tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga
kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini
ta’minlaydi. ―Oila psixologiyasi ‖ fanni o’qitishning maqsadi va ta’lim berish
texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondashuvlar quyidagilardan
iborat.
― Oila psixologiyasi‖ fanining
asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarga pedagogik
faoliyatning psixologik asosi haqida to’la bilim berish, ularda shaxs shakllanishi
jarayonida psixologik bilim malakalarini shakllantirishdan iborat.
« Oila psixologiyasi» fanni o’qitishning
vazifalari:
- Oila psixologiyasini o’rganish tarixiga oid ma’lumotlar berish;
- Oilaviy xayot, yosh xususiyatlari, ularning psixologik jihatlari haqida to’la ma’lumot
berish;
- talabada oila psixologiyasi fani haqida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Mazkur kursni o’rganish natijasida talaba quyidagilarni
bilishi zarur:
- Oila psixologiyasi tarixi, Sharq va G’arb olimlari, adiblari, jamoat arboblarining bu
boradagi qarashlari;
- O’smirlik davrining o’ziga xos xususiyatlari;
- pedagogik boshqaruvga qo’yiladigan talablar;
- ta’lim va tarbiya masalalarining psixologik asoslari;
- ta’limda psixologik xizmatning mazmun va mohiyati;
- pedagogik faoliyatning o’ziga xos jihatlarini.
mazkur kurs ma’ruza va seminar mashg’ulotlar shaklida o’rganilishi nazarda
tutilgan. Ma’ruzalarda talabalarga bu fanga oid nazariy ma’lumotlar berilsa, seminar
mashg’ulotlar davomida pedagogi munosabat ko’nikmalarini hosil qilishga e’tibor
qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: