Odamiylik so'zi
Durlarning asili gavhar bo'larmish,
Pok qalb sohibi sarvar bo'larmish,
Ezgulik yo'lida qo'yilgan qadam,
Mevasi sharofat, simu zar bo'larmish.
Yuraging yaxshilik suvi-la sug'or,
O'zgalar qalbida qolmasin g'ubor.
Mehring quyoshidan topgan sharofat,
Ta'zim bajo etsin nomingga ming bor.
Bo'ston-quyosh-u suvning mevasi,
Dildagi iliqlik mehr shevasi.
Quyosh-u,suv-u mehr vobasta,
Odamiylik so'zin jarangi, sasi.
Qancha yuksalmagin zaminda o'sding,
Menman deya bo'lma havoyi,
Yuksak fazolarga yetsa ham boshi,
Axir qaytgusi--zamindir joyi.
Kogon tuman 12-makab 10-sinf o`quvchisi
Sharifjonova Dilshoda Yolqinjon qizi
Do'stlaringiz bilan baham: |