O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

bayon  etilgan.

85


narsalarning  mohiyati  ham  Xudoga  borib  taqaladi,  ya’ni  olam­

dagi  barcha  narsalar,  hodisalar,  voqealar  Xudo  bilan  bog‘liq. 

Bunday  holat  olamning  birligidan  dalolat  beradi.  Xudoni  faqat 

qarama-qarshiliklar  birligidan  iborat  deb  qarash,  uning  shaxs 

sifatidagi  bunyodkorlik,  yaratuvchilik  funksiyalarining  ahamiya- 

tini  pasaytiradi.  Chek-chegarasiz  Xudoni  chegarasi,  oxiri  bor 

olam  bilan  yaqinlashtiradi.  Oxir-oqibatda krayesionizm  prinsipla- 

ridan  chekinishga  olib  keladi.

Kuzanskiyning  yuqorida  biz  eslatib  o‘tgan  fikr-mulohazalaridan 

ko‘rinib  turibdiki,  uning  asosiy  e’tibori,  olam  va  Xudo  muno- 

sabatlarini  tushuntirib  berishga  qaratilgan.  Olam  va  Xudo  muno- 

sabatlarini  tushuntirib  berishda  Kuzanskiy  teotsentrik  pozitsiyada 

turgani  rost.  Lekin  unda  o‘rta  asr  katolik  ilohiyotidan  mutlaqo 

farq  qiluvchi  elementlar  va  tendensiyalar  borligini  e’tirof  et- 

maslik  o‘ta  nodonlik  bo‘lur  edi.

Xudo  va  olam  munosabatlari  haqidagi  fikr-mulohazalarini 

davom  ettirgan  Renessans  davrining  buyuk  mutafakkiri  Nikolay 

Kuzanskiy  Xudo  borlig‘i  olamdagi  butun  mavjudotlar  ichida 

eng  buyugidir,  chunki  Xudo  bisoti  cheklanmagan  imkoniyatlari 

mavjud  bo'lgan  m utlaq  yaxlitlik,  yagona  birlikdir,  deydi. 

Shuningdek,  Xudo 

o ‘zida

  olamdagi  barcha  narsalarning  rang- 

barang  xususiyatlarini  mujassamlashtiradi.  Bunday  holat  olam­

ning  Xudodan  kelib  chiqqanligidan  dalolat  beradi.  0 ‘z  navba­

tida,  Xudodagi  cheklanganlik  cheklanmaganlikni,  mavhumlik 

murakkablikni  yuzaga  chiqaradi.  Bunday  aloqadorlik  zanjiri  abadiy 

davom  etadi.  Xuddi  shu  tendensiya  rang-barang  qiyofaga  ega 

bo‘lgan  tabiat  va  inson  borlig‘ini  Xudoga  yaqinlashtiradi,  ya’ni 

Xudoga  qaytish  boshlanadi.  Bunday  jarayonni  o‘z  navbatida 

Xudoning  inson  tomon  burilishi,  deb  tushuntiradi.

Shunday  qilib,  Nikolay  Kuzanskiy  o‘rta  asr  sxolastikasining 

teistik  qarashlari  bilan  aloqalarini  uzmasdan  turib,  mistik  panteizm 

g'oyalarini  ilgari  surdi.  Yaratuvchi  bilan  yaratilganlik,  bunyod- 

kor  bilan  bunyodkorlikning  aralashuvidagi  uyqashlikni  aniqlash- 

ga  harakat  qildi.  Kuzanskiy  o‘rta  asr  sxolastik  fikrlash  uslubi 

uchun  xarakterli  bo‘lgan  yer  bilan  osmon,  Xudo  bilan  tabiat 

orasiga  chegara,  to‘siq  qo‘yuvchi  g‘oyalarga  toqati  yo‘q  edi.  Uning 

fikriga  ko‘ra,  «Xudo  borlig‘i  olam  borlig'idan  boshqa  narsa  emas, 

chunki  olam  borlig‘ining  o‘zi  Xudo  borlig‘idir».  Ko‘rinib  turib­

diki,  Kuzanskiy  shakllantirgan  prinsiplar,  qoidalar  Renessans



86


davri  Yevropa  madaniyati  va  falsafasiga  taalluqli  bo'lib,  ruhiy 

olam  bilan  yerdagi  olam  bir  butun,  yaxlit  ekanligini  ilg‘ab 

olishga  yordam  beradi.

Nikolay  Kuzanskiy  falsafasida  eng  asosiy  o'rinlardan  birini 

inson  muammosi  egallaydi.  Kuzanskiy  xristian  krayetsionizmining 

inson  to‘g‘risidagi  g‘oyalaridan  yuz  o'giradi  va  bu  borada  insonni 

o'ziga  xos  mikrokosm  deyuvchi  qadimgi  zamon  Yevropa  falsafasi 

g‘oyalariga  qaytadi.  Mikrokosmni  ilohiy  mohiyat  bilan  bog'lashga 

uringan  Kuzanskiy  «kichik  olam»  (ya’ni  insonning  o‘zi),  «katta 

olam»  (ya’ni  universum),  «maksimal  olam»  (ya’ni  ilohiy  mut­

laq)  tushunchalarini  muomalaga  kiritadi.  Uning  tushuntirishicha, 

kichik  olam  katta  olamga,  katta  olam  esa  maksimal  olamga  o‘xshaydi. 

N.  Kuzanskiyning  yuqoridagi  flkr-mulohazalaridan  shunday  xu- 

losaga  kelish  mumkinki,  kichik  olam  —  bu  inson,  u  o‘z  atrofini 

o'rab  olgan  tabiiy  olamni  nafaqat  qayta  ishlab  chiqaradi,  balki 

maksimal  Xudo  olamiga  ham  o‘xshaydi.

Nikolay  Kuzanskiyning  inson  to‘g‘risidagi  fikr-mulohazalariga 

yuzaki  qarasak,  u  insonni  Xudoga  o‘xshatib,  o'rta  asr  ortodok- 

siyasi  doirasidan  chiqmagandek  bo‘lib  ko‘rinadi.  Lekin  chuqur- 

roq  e ’tibor  berib  tahlil  etsak,  u  insonni  Xudoga  shunchalik 

o‘xshatadiki,  ya’ni  insonni  shunchalik  xudolashtiradiki,  insonni 

«Insoniylikning  Xudosi»  yoki  «Insonlashgan  Xudo»,  deb  ataydi. 

Uning  fikricha,  inson  cheklangan  va  cheklanmagan  mohiyat, 

cheksizlik  va  cheklanganlikning  dialektik  birligidan  iboratdir. 

Ontologik  nuqtayi  nazardan  qarasak,  inson  Xudo  yaratgan  jamiki 

mavjudotlarning  hammasidan  ham  ustun  turadi.  Mavjudotlar 

ichida  faqat  farishtalar  Xudoga  maksimum  yaqinlashib  borgan, 

xolos.  «Inson  tabiati  aylana  ichida  chizilgan  ko'pburchakdir,  aylana 

esa  ilohiy  tabiatdir».1

Kuzanskiy  insonni  ilohiylashtirish  yordamida  uning  ijodiy 

mohiyatini  ochib  bermoqchi  bo‘ladi.  Agar  Mutlaq,  ya’ni  Xudo 

ijodiyot  bo'lsa,  Xudoga  o'xshash  inson  ham  Mutlaqdir,  demak, 

u  ham  ijodiy  ibtidoga  ega,  ya’ni  to ‘liq  erkinlikka  egadir.

Nikolay  Kuzanskiy  falsafasidagi  antropotsentrizmga  yaqin  ten- 

densiyalar  XVI  asr  Renessans  davrida  Italiyada  shakllangan 

gumanistik  konsepsiyalarda  yanada  kuchaytirildi.  Nikolay  Ku­

zanskiyning  inson  to ‘g‘risidagi  ta ’limoti  gnoseologik  muammo-


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish