O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


asarlarida  bayon  etilgan



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

asarlarida  bayon  etilgan.

2  Августин.  Исповедь.  Киев,  1980,  210-bet.

60


asr  falsafasida  insonning,  yuqorida  ta’kidlab  o ‘tilgan,  ikki  xil 

holatga  tushib  qolganligi  o‘sha  zamon  xristian  antropologiyasi- 

ning  eng  muhim  xususiyatlaridan  biridir.

0 ‘rta  asr  falsafly  fikr-mulohazalarida  insonning  oliy  voqelikka 

munosabati  ham  o‘zgacha  bo‘ldi.  Qadimgi  zamon  falsafasi 

ta’kidlaganidek,  har  bir  kishining  shaxsi,  Xudosi  o‘ziga  nisba- 

tan  bo‘ladigan  barcha  munosabatlarni  ham  belgilab  berar  edi. 

Xuddi  shu  joydan  —  insonning  ichki  olamida  bo‘ladigan 

o'zgarishlarni  bilishga  qadam  qo‘yilardi.  Endilikda  inson  ichki 

olamini  o‘rganishga  bo‘lgan  qiziqish,  hatto  stoiklar  zamonasiga 

qaraganda  ham  ortib  ketgan  edi.

Ma’lumki,  insonning  ichki  olami,  ayniqsa,  uning  qalbini 

qadimgi  Yunon  faylasuflari,  ba’zan  kosmik  hayotga,  ya’ni 

«mikrokosm»ga,  ba’zan  esa  bir  butun  ijtimoiy  turmushga  teng- 

lashtirgan  edilar.  Qadimgi  zamonda  insonni  aqlli  ijtimoiy  hay­

von,  deb  atash  urf  bo‘ldi.  0 ‘sha  paytlardan  e’tiboran  insonning 

ma’naviy  qiyofasi  bilan  u  yashayotgan  ijtimoiy  muhit  orasidagi 

antik  analogiya  vujudga  kelgan  edi.

Qadimgi  zamon  Yevropa  faylasuflarining  inson  ma’naviy  qi­

yofasi  to‘g‘risidagi  fikr-mulohazalarini  Avgustin  yanada  rivojlantirdi. 

Avgustinning 

tu sh u n tirish ich a, 

kosmos 

ustida 


faoliyat 

ko‘rsatmoqchi  bo‘lgan  bunyodkor  inson  qalbi  o‘ta  murakkab 

bo‘lib,  uning  sir-u  asrori,  hatto  o‘ziga  ham  ma’lum  emas.  Bun­

day  qalbga  faqat  Xudoning  o‘zi  yo‘l  topadi.  0 ‘z  navbatida, 

insonning  o‘sha  murakkab  qalbiga  yo‘l  topish  insoniyatni  saqlab 

qolish  uchun  zarur.  Xuddi  shunday  yo‘l  bilan  insonda  mavjud 

bo‘lgan  gunohkor,  noxush  o‘ylami  yuvib  tashlash  uchun  im- 

koniyat  yaratiladi.

Inson  ichki  olamini  o‘rganishga  bo'lgan  e’tiboming  ortib 

borishi,  undagi  «Men»  tuyg'usining  kuchayib  ketishiga  katta  turtki 

bo‘ladi.  Bunday  tuyg‘u  haqidagi  mulohazalarni  qadimgi  zamon 

xristian  falsafasi  hali  eshitmagan  va  bilmagan  edi.  Xuddi  shu 

asnoda  o‘rta  asr  xristian  falsafasida  «Men»  tushunchasining  shakl- 

lanish  jarayoni  boshlandi.  Boshqacha  aytganimizda,  o‘rta  asrlarda 

inson  ichki  olamini  o'rganishga  qadam  qo‘yildi.

0 ‘rta  asr  xristian  falsafasining  eng  muhim  xususiyatlaridan 

biri  inson  tarixiy  taraqqiyot  natijasidir,  degan  qoidaning  yara- 

tilishi  edi.  Chunonchi,  o‘rta  asrning  boshlanishi  bilan  tarix  muam- 

molariga  qiziqish  avj  olib  ketdi.  Boshqacha  aytganimizda,  qadimgi

61



zamon  ijtimoiy  ongidan  o‘rta  asr  ijtimoiy  ongi  o‘zining  tarixiy 

taraqqiyot  muammolariga  intilishning  ortib  borganligi  bilan  tub- 

dan  farq  qiladi.  Qadimgi  zamonda,  masalan,  qadimgi  Yuno- 

nistonda  Gerodot,  Fukodid  kabi  mashhur  tarixchilar  tarixiy 

taraqqiyot  jarayonini  o‘rganishga  e’tiborni  qaratishgan  bo‘lsa-da, 

lekin  tarix  hali  ontologik  reallik  deb  qaralmas  edi.  Chunki  qadimgi 

Afinada,  Rimda  borliq  deganda  koinot,  tabiat  tushunilar  edi. 

Tarix,  tarixiy  taraqqiyot  jarayoni  esa  borliq  deb  hisoblanmas 

edi.  0 ‘rta  asr  xristian  falsafasida  qadimgi  zamonning  «Muqaddas 

koinoti»  o‘rniga  «Muqaddas  tarix»  vujudga  keldi.

0 ‘rta  asr  xristian  falsafasida  «Muqaddas  tarix»ning  vujudga 

kelishi,  Xudoning  inson  qiyofasida  (ya’ni,  lusis  qiyofasida) 

namoyon  bo‘lishi  —  buyuk  tarixiy  voqea  edi.  Shuningdek,  xris­

tian  diniga  e’tiqod  qilgan  bandalarni,  har  qanday  balo-qa- 

zolardan  ozod  qiladigan  zamonlarning  kelishi  haqidagi  orzu- 

istaklari  ham  buyuk  tarixiy  voqea  edi.  Tarixiy  taraqqiyotning 

oxirini  kutish,  jannat  —  behisht,  bog‘i-Eramdagi  farovon  tur- 

mush  haqidagi  orzular,  boshqacha  qilib  aytganimizda,  o'rta  asr 

tafakkuridagi  esxatalogik1  yo‘l-yo‘riqlar,  o‘rta  asr  Yevropa  fay- 

lasuflarini  tarixiy  taraqqiyot  haqida  fikr  yuritishga  majbur  qildi. 

Natijada,  tarixiy  taraqqiyot  haqiqiy  borliqqa  aylandi.  Lekin  o'sha 

borliq  baribir  «Muqaddas  tarix»  chig‘irig‘idan  o‘tkazib  o‘rganildi.

Ming  yillar  davomida  yaratilgan  muqaddas  tarixiy  yozuvlarni 

o‘rganish,  ulami  turlicha  tavsiflash,  ta ’riflash,  sharhlash,  tarixiy 

taraqqiyot  jarayonini  o‘rganishning  yangi  uslubini  vujudga  kel- 

tirdi.  Ushbu  uslub  keyinchalik  germenevtika  deb  ataldi.  Bu  us- 

lubdan  o‘rta  asrda  xristian  dini  qoidalarini  sharhlashda  keng 

foydalanildi.  Bu  uslub  tarixiy  voqealami  chuqurroq,  har  to ­

monlama  o ‘rganishga  asos  bo‘ldi. 

»

Tarixiy  voqelikni  bilishga  bo'lgan  intilish  inson  qalbini,  in­



sonning  ichki  olamini  o‘rganishga  bo'lgan  ehtiyoj  bilan  qo‘shilib, 

inson  xotirasi  qobiliyatini  bilishga  turtki  bo'ldi.  Inson  xotirasi 

qobiliyatini  o‘rganish  esa,  tarixiy  bilimlaming  antropologik  asosini 

tashkil  etadi.  Xuddi  shu  holatni,  ya’ni  inson  xotirasini  Avgustin 

birinchilardan  bo‘lib  yangi  tushuncha  —  zamon  tushunchasi 

yordamida  o‘rganishni  tashkil  etdi.

Tarixiy  taraqqiyot  jarayonini,  xususan,  inson  bosib  o‘tgan


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish