asar yozgan.
262
fikr u yaratgan axloqiy ta ’limotning asosiy g‘oyasidir. Uning
fikriga ko‘ra, insonning barcha ijtimoiy fazilatlarining asosida
axloqiy xislatlar turadi. Lekin axloqiy xislatlar ijobiy yoki sal-
biy bo'lishi mumkin. Ijobiy axloqiy xislatlar insonni har to
monlama ulug'lasa, salbiy axloqiy xislatlar uni inqiroz tomon
yetaklaydi. Shuning uchun ham, salbiy axloqiy xislatlarni har
tomonlama qoralaydi va uning nafaqat inson, balki jamiyat uchun
ham katta zarar olib kelishini, bir qator hikoyatlar, rivoyatlar
asosida tushuntirib beradi.
Husayn Voiz Koshifiyning e’tirof etishicha, axloqiy normalar
inson xulq-atvorini, xatti-harakatini tartibga solib turadi. Shuning
uchun ham, ijobiy axloqiy xislatlar barchaning ijtimoiy qiyofasi-
dan mustahkam o‘rin egallashi darkor. U ana shunday axloqiy
xislatlar sirasiga: sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlilik,
saxiylik, saxovat, rostgo‘ylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik,
himmat, diyonat, vafo, andisha, izzat-hurmat kabilarni kiritadi.
Ushbu axloqiy xislatlar inson ijtimoiy fazilatlarining qaror topishida
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi, deydi.
Koshifiyning ishontirishicha, insonning eng muhim axloqiy
fazilati adolatdir. Agar adolat inson uchun eng muhim, mutlaq
axloqiy fazilat bo‘lsa, insonning boshqa fazilatlari uning xiz-
matkoridir, deydi. Adolat tushunchasini har tomonlama asoslab
berishga harakat qiladi. Xususan, adolat insonning axloqiy
barkamolligini ifodalovchi eng muhim fazilat bo'lsa, adolatsizlik
— inson axloqsizligi tubanlashganligini ifodalovchi alomatdir. 0 ‘z
navbatida, adolat kishilar o'rtasidagi tenglikni, bir toifa kishi-
larning boshqa toifa kishilar ustidan tazyiq o ‘tkazmasligi,
zo'ravonlik qilmasligini ifoda etuvchi ko‘rsatkich vazifasini ham
bajaradi. Adolatning qudrati Qur’oni Karim va Shariat qonun-
qoidalariga amal qilish bilan o'lchanadi.
Adolat, o‘z navbatida, davlatni oqilona boshqarayotgan hukm-
dorlar faoliyati o'lchovchi mezondir. Shuning uchun Koshifiy
adolatni mamlakat farovonligi, boyligi, xazinaning ma’murligi,
shahar va qishloqlaming obodligi bilan bog‘laydi. Qayerda adolat
sizlik hukm suisa, o‘sha yerda mamlakat inqiroz, tanazzulga uchraydi.
Husayn Voiz Koshifiyning fikriga asosan, axloq aqlga
bo‘ysunishi darkor. Inson xush axloq-odobga ega boimog‘i uchun
tinimsiz ilm-fanni egallashi lozim. Fanlar — nazariy va amaliy
263
fanlaiga bo'linadi. Inson axloqiy qiyofasining shakllanishida amaliy
fanlar muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Uning tushuntirishicha,
fanlar uch turkumga bo‘linadi. Birinchi turkumga kasb-hunar
malakalarini shakllantiruvchi fanlarni kiritadi. Ushbu fanlar
yordamida insonda kasb-hunar malakalarini aks ettiruvchi pro
fessional qiyofa hosil bo‘ladi. Ikkinchi turkumga kiruvchi fanlar
— inson kuzatishi bilan bog‘liq. Kuzatishga asoslangan fan hech
qanday dalil, isbotni talab qilmaydi. Uchinchi turkumga — ilo
hiy fanlarni kiritadi.
Xurosonlik olimning fikricha, ilm-fanni inson mol-u dunyo
to ‘plash uchun ishlatmasligi, balki odamlarning kundalik tur-
mushi, yashashi uchun xizmat qildirishi lozim. Ilm-fan qadr-
qiymati amaliyot uchun, kishilarning turli ehtiyojlarini qondirish
uchun qo‘shgan ulushi bilan belgilanadi. U bilim bilan ama
liyot birligini ta ’minlash yo'llari, uslublarini izlaydi. Lekin ilm-
fan bilan amaliyot birligini ta’minlash yo‘llari, uslublarini aniq
belgilab bera olmaydi. Koshifiy amaliyot deganda kishilar ta’lim-
tarbiyasini tushunadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, yoshlar tar
biyasiga ko'proq e’tibor beradi. Bolalarni yoshligidan kasb-hu-
narga o‘rgatish zarur, buning uchun esa har bir tarbiyachi o‘zi
tarbiyalayotgan bolaning yaxshi yoki yomon odatlarini aniq bilib
olmog‘i zarur, deb hisoblaydi.
Koshifiy kishilarni besh guruhga bo'ladi. Birinchi guruhga
mansub kishilar o‘z tabiati, kelib chiqishiga asosan yaxshi,
ezgu, savob ishlar qilishga moyil bo'ladilar. Bunday kishilarni
hamisha qo‘llab-quwatlash zarur. Ikkinchi guruhdagi kishilar
faqat o‘zi haqida o‘ylaydi, boshqalarga hech foydasi tegmaydi.
Bunday kishilarni ham qadrlash, ularni xayrli ishlar qilishga
da’vat etish lozim. Uchinchi guruhga mansub odamlar jamiyatga
na foyda, na ziyon yetkazadilar. Bunday kishilarni yaxshi ham,
yomon ham deb bo‘lmaydi. Ularni yaxshilik qilishga, yomon-
likdan qochishga chorlash darkor. To‘rtinchi guruhga kiruvchi
kishilar birovga yomonlik qilmasalarda, tanbeh berishga loyiq
odamlar hisoblanadi. Beshinchi guruhga axloqsiz-odobsiz, yovuz
odamlarni kiritadi. Bunday kishilarga nisbatan jazo choralarini
qo'llash va ularning tarbiyasi bilan shug'ullanish lozim, deydi.
Naqshbandiya qoidalarini umuminsoniy madaniyatning yuk
sak durdonasi, umumbashariy qadriyat darajasiga ko'tarishda
264
Sharqning mashhur shoiri, ulug‘ gumanist Alisher Navoiyning1
xizmatlari beqiyosdir. Abdurahmon Jomiy, Husayn Voiz Koshi
fiy qarashlarini har tomonlama rivojlantirgan buyuk mutafakkir,
davlatni boshqarishda umuminsoniy axloq normalarining muhim
ahamiyatga ega ekanligini yangi dalillar bilan boyitdi.
Alisher Navoiyning ta’riflashicha, davlat boshida turgan rah-
bar sharoitga qarab ish yuritishi, zarur bo‘Isa yumshoq, lozim
b o ‘lganda qattiqqo‘1, «yaxshiga-yaxshi-yu, yomonga-yomon»
bo‘lmog‘i, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasligini, ayniqsa, jazo
tayinlash va uning ijrosida hushyor bo‘lishni, xususan, ozgina
ayb qilib qo‘ygan gunohkorga me’yoridan ortiq jazo bermaslik-
ni, mabodo, gunohkor qatl etiladigan bo'lsa, ijroni mumkin
qadar kechiktirib bajarishni, chunki aybdor o'lganidan so‘ng
uni tiriltirib bo‘lmasligini uqtiradi2.
Navoiyning fikriga ko'ra, davlatni boshqarayotgan hukmdor
yaxshilik, ezgulik bilan nom chiqarishi, savodxon, ilmli, xusu
san, tarixni yaxshi bilishi, eng muhimi — axloqan pok bo'lishi
zarur. Jamiyatni boshqaruvchi kishi uchun adolatparvarlik o‘ta
zarur xislat ekanligini qayta-qayta takrorlaydi. Shoir shahzo-
dalarga qaratilgan pand-u nasihatlarida adolat normalariga qat’iy
rioya qilishni maslahat beradi. Fuqarolarning arz-dodlariga diqqat
bilan quloq solish lozim ekanligini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |