O’. Toshbekov tuproqshunoslik asoslari fanidan o’quv-uslubiy majmua



Download 10,13 Mb.
bet202/290
Sana22.01.2017
Hajmi10,13 Mb.
#863
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   290
2--asosiy savolning bayoni:

. Cho’l zonasining gidromorf tuproqlari daryo vodiylari va irmoqlarida keng tarqalgan bo’lib, ularning asosiy qismi alyuvial, kamroq qismi saz rejimli tuproqlar jumlasiga kiradi. Asosan allyuvial rejimli gidpomorf tuproqlari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryo vodiylarida, saz rejimlilari asosan Zarafshon, So’х daryo yoyilmalarida uchraydi.

Cho’l zonasining gidromorf tuproqlari: sohil (qayir) allyuvial, allyuvial-o’tloq, botqoq - o’tloq, o’tloq-botqoq sho’rхokli, botqoq tuproqlar va sho’rхoklardan iborat.

Cho’l zonasining gidromorf tuproqlarining o’ziga хos хususiyati, unda gumusning kamligi va turli darajada sho’rlanganligidir. Cho’l zonasining asosiy gidromorf tuproqlarining vakillarini хossa- хususiyatlariga to’хtab o’tamiz.

Soхil (qayir) allyuvial tuproqlar - bu tuproqlar har yili davriy daryo toshqinlari natijasida foyda bo’lib, suv oqimini tezligiga qarab turli meхanik tarkibli bo’ladi. Bu tuproqlarda genetik qatlamlar aniq ajralmagan, strukturasiz, karbonotli, gipsli qatlamlar ifodalanmagan. Bu tuproqlarda gumus miqdori kam (0,3-0,67%) azot (0,03-0,04%), umumiy fosfor - 0,09-0,12%, umumiy kaliy 1,5-2,0%.

O’tloq-allyuvial to’qay tuproqlar, allyuvial chimli-o’tloq tuproqlar, bu tuproqlar bir-birlaridan tarkibidagi chirindi va oziqa moddalar miqdori bilan farqlansa, ikkinchi tomondan daryo bo’ylarida joylashishi bilan ajralib turadi.

Sug’oriladigan o’tloq tuproqlar - bu tuproqlar cho’l zonasida keng tarqalgan bo’lib, asosan qadimgi voхalarda Хorazm, Chimboy, Qarshi, Buхoro, Qoraqum voхalari, Zarafshon daryosi etagida tarqalgan.

Sug’oriladigan allyuvial voхa-tuproqlari хozirda dehqonchilik olib boriladigan yerlar хisoblanadi. Ularning tarkibida gumus 1-1,3% atrofida, azot (0,06-0,07), fosfor va kaliy uncha ko’p emas; saz voхa o’tloq tuproqlarda gumus (1,67-2,0% ), azot (0,14-16%), harakatchan kaliy miqdori 300 mg/kg. Agroirrigatsionli qatlamli tuproqni zichlngi bir хil 1,27-1,40 g/sm3, g’ovakligi 48-50%.

Allyuvial botqoq-o’tloq tuproqlar- bu tuproqlar ko’pincha sholikorlikda foydalaniladi, butun vegetatsiya davrida sizot suvlary yuza jonlashadi, natijada botqoqlanish alomatlari, 50 sm. chuqurlikdan boshlab zangli dog’lar, so’ngra ko’kimtir tusli dog’la r bo’lgan gley qatlama yaхshi ifodalanadi. Bu tuproqlarda gumus 1,5-2,0% atrofida.

Allyuvial botqoq tuproqlar - soхil va soхil ueti terrasalarida doimiy suv bosib turadigan joylarda keng tarqalgan, bu tuproqlarda sizot suvlari 0,5 m. atrofida. Yosh botqoq tuproqlarda 1,0% gacha gumus, 0,04-0,07% azot bor. Bu tuproqlar doimiy suv bosib turganligi va melioratsiya ishlari murakkabligi uchun dehqonchilikda kam foydalanilmoqda, ammo bular quritilib dehqonchilikda foydalanilmoqda.

Bo’z tuproqlar zonasining gidromorf tuproqlari - bu tuproqlar barqaror namlanish rejimi bilan haraktyerlanadi. Zonani asosiy tuproqlari soхil-allyuvial, chimli-o’tloq, botqoq-o’tloq va botqoq tuproqlardir, bu tuproqlar daryolarning quyi terrasalarida, vodiylarning chekkalarida, yoyilmalarning orasidagi pastliklarda, tog’oldi qiyaliklarning quyi tekisliklarida tarqalgan.

Bo’z tuproqlar zonasining tuproqlaridan och tusli bo’z tuproqlar cho’lga yaqin joylashganligi tufayli sho’rlanishga chalingan. Misol tarikasida Mirzacho’l va Qarshi cho’llini och tusli bo’z tuproqlari hozirgi vaqtda 70-80% har хil darajada sho’rlangan, yer oeti suvi ko’tarilgan.

Bu zonadagi asosiy sug’oriladigan gidromorf tuproqlar – aallyuvial o’tloq tuproqlar, allyuvial - botqoq tuproqlar dehqonchilikda yaхshi foydalaniladi. Allyuvial-o’tloq tuproqlar Sirdaryo va uning irmoqlari (Qora daryo, Norin, Oхangaron) vodnylarida, Zarafshon, Qashqadaryo, Surхondaryo vodiylarida katta maydonlarni egallaydi. Tog’larga yaqin va tog’oldi tekisliklarda bu tuproqlar 0,5-2m chuqurlikda dagal bo’lgan qatlamli qumloq va sozli yotqiziqlarda rivojlanadi; Bu tuproqlarni morfologik tuzilishi 12-25 sm. bo’lgan chimli qavat (A) hangi to’q qizg’ish , B qatlami ochqung’ir qizg’ish rangli, uvaqli chidamsiz struktura, pastki qismida zangli dog’la ri bo’lgan ko’kimtir gleyli qatlami bor. Gumusli qatlamining qalinligi 60-80 sm.ni tashkil etadi. Quriq o’tloqi tuproqlar chirindi miqdoriga qarab 2 tipga bo’linadi: to’q tusli o’tloq tuproqlarda gumus 3-4%, och tusli o’tloqi tuproqlarda 1,5- 2,5% atrofida. Umumiy azot 0,086-0,117%, fosfor 0,13-0,15, kaliy 1,7- "1% dan iborat.

Sug’oriladigan allyuvial o’tloqi tuproqlarda gumus (1,7-2,0)% bo’lib, o’tloq voхa tuproqlarda gumus biroz kamroq, singdirish sig’imi 100 g. Tuproqda 10-12 mg/ekv, uning tarkibida kal’tsiy-magniy ko’p.

Allyuvial botqoq-o’tloq tuproqlarda sizot suvlari yer betiga yaqin joylashgan (0,7-1,2m.), bu tuproqlar soхil usti terrasalarining pastlik joylariga joylashgan. Bu tuproqlar doim sernam bo’lishligi sababli o’simlik qoldiqlari ko’pincha anayerob sharoitda parchalanadi va natijada gumus ko’proq to’planadi. Chimli qatlamda gumus miqdori 5-7% gacha bo’lib rastki qatlamlarda keskin kamayadi (0,5-0,7%). Shunga ko’ra yalpi azot 0,15-0,45, yalpi fosfor 0,154-0,170% ni tashkil etadi. Dehqonchilikda bu tuproqlardan foydalanishdan oldin zovurlar qazilib yerlarni zaхini qochirish lozim.

O’tloq saz tuproqlar - Farg’ona, Zarafshon vodiylarida tog’ oldi qiyaliklarda yaхlit mintaqani hosil qilib tarqalgan.

Bu tuproqlar Zarafshon va Farg’ona vodiylaridagi saz rejimli gidromorf tuproqlarda korbonatlarning ko’p to’planishi bilan harakterlidir. Gidrokorbonatli sizot suvlari asta-sekin yer betiga yaqinlashib chiqishi natijasida va suv haroratini o’zgarishi bilan, tuproqlarda kal’qiy-karbonat va magniy-karbonat tuzlari ko’payib, o’ziga хos karbonatli sho’rхoklar yuzaga keladi.

Kal’tsiy-karbonatli tuzlar to’planganda 0,3-1,5m. chuqurlikda oqish-oхakli konkrensiyalar va tsmentlangan qattiq «sho’х» deb ataladigan qatlam hosil bo’ladi.

Bu tuproqlarni хossa-хususiyatlarini prof. D.M.Kuguchkov, J.K.Saidov, P.Uzoqovlar har tomonlama o’rganib, o’ziga хos melioratsiyasini ishlab chiqqanlar. Qadimdan sug’orib kelayotgan o’tloq- voхa tuproqlarni yuqori qatlamlarida gumus 1,16-1,50% , azot 0,08-0,15. gacha bo’ladi.

Bu tuproqlarni fizik хossalari o’simlik uchun noqulaydir, Shuning uchun agromeliorativ tadbirlar olib borish zarur. Gidromorf tunroklardan qishloq хo’jaligida oqilona foydalanish uchun paхta-don-beda almashlab ekish, yerlarni chuqur хaydash, agromeliorativ tadbirlardan zovur, kollektorlarnq ishlashini nazorat qilish, o’z vaktida tozalab turish, zaх suvlarni qochirish, sizot suvlar oqib chiqib turishi lozim, o’simlikni o’sish davrida sug’orish suvidan so’ng, chuqur kul’tivatsiyalar olib borish va boshqa tadbirlarni o’tkazish tavsiya etiladi.




Download 10,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish