O ‘ zbek tili va adabiyoti kafedrasi



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/52
Sana03.03.2022
Hajmi0,9 Mb.
#480051
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
Bog'liq
terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari

 
 
TUSHUNTIRISH XATI 
 
Ish qog‘ozlarining bu turi, odatda, xizmat sohasida, ish joyida yuz bergan 
kamchiliklar yoki o‘qish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim vazifa va 
topshiriqlarning bajarilmay qolish sabablarini bayon etish, izohlash maqsadida 
yoziladigan rasmiy hujjatdir. Tushuntirish xati korxona, muassasa, tashkilot rahbari 
yoki boshqa mutasaddi kishilar nomiga yo‘llanadi. Bu hujjat korxonalararo 
yozishma tarzida bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatlarda tushuntirish xati 


buyurtmachi va ijrochi tashkilotlar, quyi va yuqori idoralar faoliyatiga doir masala, 
hisobot, reja, loyiha, jadval va boshqa shu kabi asosiy hujjatlarga ilova qilinadi. 
Tushuntirish xati ham ko‘proq shaxsiy mazmunga ega bo‘lib, odatda rahbar 
yoki mutasaddi shaxs nomiga yoziladi va unda sodir etilgan xatti–harakatlar, yo‘l 
qo‘yilgan qoidabuzarlik holatlari, bajarilmay qolgan ish, topshiriq yoki vazifalar, 
ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi. Shaxsiy mazmundagi tushuntirish 
xatining zaruriy qismlari: 
– hujjat yo‘llanayotgan tashkilot nomi, rahbarning lavozimi, familiyasi, ismi; 
– tushuntirish xatini yozayotgan kishining ish joyi, lavozimi, familiyasi, 
ismi; 
– hujjat nomi – tushuntirish xati; 
– matn (unda yuz bergan voqea–hodisa, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik, 
kamchilik, nuqson, uni keltirib chiqargan sabablar hamda unga munosabat bayon 
etiladi); 
– tushuntirish xatini yozgan shaxsning imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan 
sana. 
NAMUNA 
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat 
universiteti filologiya fakulteti dekani 
dotsent J.Eltazarovga
shu fakultet o‘zbek filologiyasi bo‘limi
IV kurs talabasi Eshonqulova
Charosning 
TUSHUNTIRISH XATI 
 
2007-yil 23-mart kuni ertalab soat sakkiz yarimlarda fakultet qiroatxonasida 
dugonam Turdiyeva Sitora bilan malakaviy–bitiruv ishimizning xulosa qismini 
qanday yakunlash to‘g‘risida suhbatlashib o‘tirgan edik. Shu payt qattiq shamol 
tufayli qiroatxonaning ikkita derazasi birdaniga ochilib ketdi va deraza raxiga 
gullar ekib terib qo‘ylgan tuvaklardan uchtasi polga qulab tushib, sindi. Biz gullar 
va gultuvaklarning siniqlarini yig‘ishtirib oldik. Gultuvaklarning sinishida hech 
kim aybdor emas. 
2007.27.03. imzo

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish