KUMUSH
Kumush va uning birikmalari. Kumush bilan bog'liq tajribalarni ikkita talaba bajaradi va tushuntiradi. Tarkibida kumush va kumush birikmalari bo'lgan hamma eritma va cho'kmalari maxsus idishga quyilib laborantga topshiriladi.
Kumushning xossalari. a. Ikkita probirka olib. biriga suyultirilgan nitrat kislotadan, ikkinchisiga esa konsentrlangan sulfat kislotadan 5—10 ml soling va ularga kumush sim tushiring. Kuzatilgan hodisalarni izohlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.
b. Kumush simini vodorod sulfidli suvga tushiring. Nima kuzatiladi? Nima uchun kumushdan yasalgan buvumlar havoda qorayadi?
d. Jilvir qog'ozi bilan tozalangan mis plastinkasi va simini 0,01 normal kumush nitrat eritmasiga botiring. Nima kuzatiladi? Moddalarning kuchlanish qatorida kumush qayerda joylashgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |