Nodira Firoqnomalari badiiyati”



Download 44,65 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2022
Hajmi44,65 Kb.
#441303
1   2   3   4
Bog'liq
Nodira Firoqnomalari badiiyati

M u n d a r i j a :
Kirish _____________________________
Asosiy qism :
I Bob.Nodirabegim hayoti va ijodiy faoliyati va qo’llagan lirik janrlari
II Bob. Nodirabegim ijodi o’rganilishi va talqini
III Bob.Firoqnoma va uning o’rganilishi
Xulosa ____________________________________
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati___________________

KIRISH
...Adabiyot xalqning yuragi, elning ma`naviyatini ko`rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo`l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta`sirchan kuchidan foydalanish kerak..
Shavkat Mirziyoyev
1''Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi" ,- deydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo'llagan tabrigida . Abdulla Qahhor aytganidek :"Adabiyot atomdan kuchli" bu gap haqiqat chunki birgina asar orqali butun bir mafkurani yo jar yoqasiga, yo tog' cho'qqisiga olib chiqish mumkin. Bugungi kunda O`zbek adabiyotiga bo`lgan e`tibor kuchayib bormoqda . Birgina Prezidentimizning2 "Kitob Mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tog`risida " 2017-yil 13-sentabr PQ-3271 sonli qaroriga muvofiq Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar olib borilmoqda, kitob mahsulotlarini qayta nashr etish, ularning bugungi kun talabiga mos yani elektron nusxasini yaratish, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o`zbek tiliga tarjima qilish, undan tashqari , milliy va tarixiy asarlarimizni qayta tiklash va ularning qilgan xizmatlarini xalqimizga , yoshlarga namuna, o`rnak sifatida ko`rsatish .2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham "Yosh kitobxon",“Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila”, “Eng faol kutubxonachi” kabi ko‘rik-tanlovlarning saralash va respublika bosqichlarini yuqori saviyada o‘tkazishni yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari har bir Oliy ta`lim muassasalarida yoshlarning ijodkor yoshlarning asarlarini davlar hisobidan erkin nashr etish, ist`dodlarni aniqlash va ularga ko`mak va yordam berish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyada so`zlagan nutqida quyidagi vazifalarni adabiyot ahli oldiga ko`ndalang qo`ydi.
________________________________________
1Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya
3"Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Biz milliy tiklanishdan – milliy yuksalishga erishishni o‘z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydik. Bu ulug‘ maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bo‘lib yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini biz yaxshi anglaymiz. Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga ega."
Bilamizki O`zbek xalqi nihoyatda boy va rang-barang adabiy merosga ega bo`lib, u turli davrlarda yaratilgan xalq og`zaki ijodi namunalari, turli xil asarlar, dostonlar bilan mashhur va ma`lum bo`lgan. Adabiyot bugun rivojlangan narsa emas, uning tarixi juda qadimga borib tarqaladi, faqat u bugungi kunga kelib tomir yoyib takomillashdi. Bir so`z bilan aytganda ko`ngillardan chuqur joy egalladi. Birgina Navoiyning O`zbek tiliga qilgan eng katta xizmati sabab bugungi asarlar paydo bo`ldi. O`ylash mumkin Navoiygacha bo`lmagan yoki bo`lishi mumkin emasmidi deb. Ha bor edi ammo ular arab yozuvidagi va fors tilida yoki boshqa tillarda edi. Navoiy esa arab yozuvidagi o`zbek tilini yaratdi. va bu tilda Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy ,Cho`lpon, G`afur G`ulom , Hamid Olimjonlar, Nodiralar ijod qilishdi. O`zbek adabiyoti o`zining boy xazinasi bn dunyoni lol qoldirib kelmoqda. Birgina Mustaqillik sabab o`rganilmay nashr qilinmay qolingan asarlar nashr qilindi, yozuvchi adiblar hayoti ijodi qayta abadiylashtirildi. Mumtoz, zamonaviy adabiyot namoyondalari asarlari bugungi kunga kelib dunyoning turli tillariga tarjima qilib kelinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 1"Atoqli Adiblar va Mutafakkirlarimiz Ijodiy Merosini Yoshlar O`rtasida Targ`ib Qilish Hamda Adiblar Xiyobonidan Samarali Foydalanish CHora va Tadbirlari To`g`risida " 2020-yil 24- avgustdagi 502-son qaroriga muvofiq muayyan adiblar nomidagi ko`krak nishonlari joriy etish, adiblar nomidagi stipendiyalar '"Adiblar bilan tanishuv "hujjatli filmlari namoyish etish, yoki yaratish, ular ijodini keng o`rganish va ular nomini maktab va Oliy o`quv yurtlariga berish orqali ularni adabiyot malum sohasiga yo`naltirish yosh ijodkorlar uchun to`garaklar yaratish yoyinki, izdoshlar tayyorlashdan iborat. Birgina misol Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona , Namanganda Nodira nomidagi milliy kutubxona va Jizzaxdagi Hamid Olimjon nomidagi maktab. bu qatorni uzoq davom etirish mumkin. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma`ruzasida bugungi adabiyotda qilinayotgan ishlarga to`xtalib
_________________________________
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Atoqli Adiblar va Mutafakkirlarimiz Ijodiy Merosini Yoshlar O`rtasida Targ`ib Qilish Hamda Adiblar Xiyobonidan Samarali Foydalanish CHora va Tadbirlari To`g`risida " 2020-yil 24- avgustdagi 502-son qarori
2010-yildan buyon Yozuvchilar uyushmasining "Ijod "fondi tomonidan "Birinchi kitobim" seriyasida 1milliard 300 million so`m mablag` sarflangani va ularning respublikamiz barcha ta`lim muassasalariga yetkazib berilgani ta`kidladi, va Tariximiz yorutuvchi, Yozuvchilarimiz haqida asarlar va kinofilmlar ishlash vazifasini adiblar va madaniyat soha vakillari, pradyuserlar senaristlarga vazifalar berdilar.
Endi bugungi kun Milliy uyg`onish davri XIXasr ikkinch yarmidan boshlab XX asr adabiyoti namoyondalari va asarlarga to`xtalsak . Bular Komil Xorazmiy, Muhyi, Feruz, Muqimiy, Zavqiy, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Abdulla Qodiriy Avloniy , Cho`lpon, G`afur G`ulom, Oybek, Zulfiya , Usmon Azim , Halima Xudoyberdiyeva, Naim Karimov, Oydin Hojiyeva , Nazar Eshonqul, Muhammad Ali bularni davom etirsak qator hali beri to`xtamaydi. XX asr oxiri -XXI asr boshlaridagi O`zbek adabiyoti ushbu davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi o`zgarishlarni aks ettirib kelmoqda. bunga misol adabiy jurnallardagi maqolalar, asarlar, she`rlar yoyinki elektron jurnallar, asarlar ularning turli variant va mavzular ko`lamining kengligi fikr-so`z erkinligi, kitobxonlar estetikasi, o`qish va kiotoblar muayyan soha darajada keng ishlatilib nashr etilib o`qilib kelinayotganidir. Zamonaviy o`zbek adabiyoti konsepsiyasiga to`xtalsak boya aytganimzdek yuqorida sanaganlarimiz oddiy ko`rinishi bo`lishi mumkin ammo X. Karimovning fikricha,- 1"zamonaviy so`z ijodkorlarining eng muvoffaqiyatli tajribalari ramz va majozlarga tayanganidir".Yo`ldosh Solijonov ham o`zining zamonaviy adabiy jarayonlar konsepsiyasini adabiy janrlarning bo`linish prinsipiga asoslangan holda tuzadi . Olim ta`kidlashicha, zamonaviy o`zbekadabiyoti"...Sharq adabiy an`analarini boyitgan holda jahon adabiyoti tendensiyalarini o`zlashtira boshladik" deydi. Ta`kidlash kerakki, o`zbek ijodkorlari G`arb adabiyotidagi hodisalardan nusxa ko`chirmay yoki ularga taqlid qilmay milliy an`analar va zamonaviy o`zbek adabiy jarayoni taraqqiyotining ichki qonuniyatlariga tayangan holda ularni o`zlashtirmoqdalar. Masalan zamonaviy adabiyot namunalari deb Nazar Eshonqulning "Muolaja", "Bevaqt chalingan bong", "Tobut" bu asarlar o`zida o`zbek millatiga xos xususiyati va Sharq psixalogiyasini aks ettirishda montajdan , Xurshid Do`stmuhammad "Bozor" romanida inson ongining turfa shakli -falsafiy mushohadadan foydalangan. Zamonaviy o`zbek adabiy jarayonida realizm pozitsiyasi ancha kuchliligini ham ta`kidlash joiz Abduqayum Yo`ldoshning "Bankir", "Puankare" shular jumlasidan. bugungi zamonaviy O`zbek adabiyotida quydagi postmodernistik uslub belgilarini ajratib ko`rsatish mumkin:
________________________________
1”Zamonaviy o’zbek adabiy jarayonlar konsepsiyasi” Sharq yulduzi” jurnali Saodat Komilova 2015-5-son

1) o`zbek mumtoz adabiyotdan "iqtiboslar" keltirish; 2) qahramonning "shizoanaliz" usuli bilan sun`iy hayajon asosida ochib berilgan ruhiy holatini oldingi o`ringa chiqarish; 3)mualifning falsafiy pozitsiyasi aks etgan ramzlar kombinatsiyasini qurish 4) olamni birlamchi ko`rinishda qabul qilish ; 5) janr eksperementlari; 6) borliqning o`ziga xos modelini yaratish ; 7) zamonaviylikdan chekinib, o`tmish "izlari" tushgan ifoda tilini yaratish. Bugungi kun yozuvchi hali izlanishmoqda va hali adabiyot ochilmagan qirralari ko`p. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrifi chog`ida quydagilarni ta`kidlab1" ..Bugungi yoshlar qayerda, qaysi sohada o`qishidan qat`iy nazar yuragiga adabiyotni singdirish, badiiy adabiyotga mehr uyg`otish uchun nima qilishimiz kerak? Agar u ma`naviyatli bo`lsa, hamma cho`qilarga yetadi. Kosmonavt ham bo`ladi, injener ham bo`ladi, yozuvchi ham bo`ladi.Yuragiga adabiyot kiritishimiz kerak! Adabiyot kiritish bilan yuragiga ma`naviyat kiritamiz, ma`rifat kiritamiz "deya qat`iy qarorni yozuvchilar oldiga adabiyotshunoslar oldiga asosiy masala qilib qo`ydilar. Adabiyotning asosiy ta`sir maydoni - ko`ngil. Adabiyot ko`ngil tili bilan so`zlashuv sanati. Adabiyot shodlikdan tug`ilgan g`am, xatardan yaralgan shodlik degani.


BirinchPrezidentimiz I.A.Karimov aytib o‘tganlaridek: “Taraqqiyotning taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobilyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy ma’naviy salohiyat – ma’rifatli insonning ikki qanotidir”
Davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek,«Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor.Havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor.Va men ishonaman,Xudo xohlasa,havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham,albatta bo'ladi»

________________________


1Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrifida so’zlagan nutqi
2 Karimov.I.A.Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent.: «Ma'naviyat»,2008-yil,61-bet
2Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.Toshkent: «O'zbekiston»,2017-yil,47-bet.


Download 44,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish