Tilshunoslik va matematik fanlar. Hozirgi paytda matematika fani aralashmagan fan bo`lmasa kerak. Oddiy arifmetik amallardan tortib, murakkab matematik formulalar ham barcha fanlardagi hisob-kitoblarda qo`llanadi. Tilshunoslikda ”Bir bosh bo`lakli va ikki bosh bo`lakli gaplar” degan nomlarning mavjudligi oddiy arifmetik sonlarning qo`llanishiga misol bo`ladi. Endi quyidagi parchaga e’tibor qiling: ”Vaholanki eng tor tovushni 0 raqami bilan, eng keng tovushni 1 raqami bilan belgilasak, tovushlarning bu jihatdan farqi quyidagicha bo`ladi: i – u – o – e – â – a
0 – 0,2 – 0,3 – 0,8 – 0,9 - 1”3
Bu parchada ishlatilgan ifodalar nisbatan murakkabroq formulalarga misol bo`la oladi.
Tilshunoslik va texnik fanlar. Tilshunoslik va texnik fanlardan hisoblangan kibernetikaning o`zaro bog`liqligi shundaki, kibernetikaning mahsuli bo`lmish EHM ham insonga o`xshab axborot qabul qilib, uni uzatish vazifasini bajaradi. EHM yaratilishi uchun inson organizmi asos bo`lib xizmat qilgan. EHMning paydo bo`lishi avtomatik tarjimaning yuzaga kelishiga sababchi bo`ldi.
Tilshunoslik fanining turlari. Tilshunoslik ikkita xususiyatiga ko`ra turlarga bo`linadi:
1. O`rganish obyektining hajmiga ko`ra:
Do'stlaringiz bilan baham: |