Germaniyada kasbiy va oliy ta’lim tizimi
Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talab kuchlidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o‘qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. O‘qish 3 bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi yil asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O‘quvchining birinchi yildan ikkinchi yilga o‘tishida sinov imtihonlari o‘tkazilib, o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi mutaxassislari, Federal Yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtihonsiz, maktab ta’limi to‘g‘risidagi hujjatga asosan amalga oshiriladi.
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O‘z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlarning bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi. O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat xarajatlarini ko‘tara olmasa, o‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliya yordamini oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi13.
Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko‘pdan beri muhokama qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Ba’zi universitetlarda talabalar 7 yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirgunga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.
Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo‘lib, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning ko‘pchiligi kechki bo‘lib, faqat 1989 yilda universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag‘batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag‘ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davrida tinglovchilarga mablag‘ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o‘z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanadilar va bu bilan ish topio‘lari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. Yevangel cherkovi o‘zining 15ta akademiyasida dlozarb mavzular bo‘yicha anjumanlar tashkil etadi. Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar. Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan shug‘ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O‘tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o‘shandan beri “Tadqiqot va o‘qitish birligi” ularning hayotiy prinsiplprigp aylanib qolgan. Oliy o‘quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi – fundamental amaliy tadqiqot bo‘lib, ularga boshqa ilmiy- tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo‘lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.
Germaniya oliy ta’lim tizimi oliy o‘quv yurtlari turlarining ko‘pligi bilan farqlanadi. Germaniyada jami 383 oliy o‘quv yurti bo‘lib, shulardan 103 tasi universitet, 180 tasi amaliy fanlar oliy o‘quv yurtlari hisoblanadi. Birinchi oliy ma’lumotni olish yaqin kunlargacha nemislar uchun ham, chet ellik talabalar uchun ham tekin edi. 2007 yildan beri ba’zi oliy o‘quv yurtlari talabalari har semestrga 500 yevrodan to‘lashlari kerakligi belgilandi (inflyatsiyani hisobga olib oshib bormoqda.)
Do'stlaringiz bilan baham: |