7.3. Desorbsiya
Ma’lumki, adsorbsiya jarayoni aralashmalarni ajratish uchun
qo‘llaniladi va har doim desorbsiya jarayoni bilan ketma-ket
o‘tkaziladi.
Odatda, adsorbentni qayta ishlatish maqsadida unga yutilgan
modda desorbsiya qilib ajratib olinadi. Buning uchun ko‘ðincha
suv bug‘i ishlatiladi. Desorbsiya natijasida olingan adsorbtiv va
suv bug‘i aralashmasi kondensatorga yo‘llaniladi. Unda mahsulot
suvdan cho‘ktirish usulida ajratib olinadi.
Sanoatda desorbsiyaning bir necha usuli qo‘llaniladi.
a) adsorbentga yutilgan komponentlar yutiluvchi moddalarga
nisbatan yuqori adsorbsion qobiliyatga ega bo‘lgan eltkichlar
yordamida siqib chiqariladi;
b) adsorbent qatlamini qizdirish yo‘li bilan nisbatan yuqori
uchuvchanlikka ega yutilgan komponentlarni bug‘latish bilan siqib
chiqariladi.
28- rasm. Adsorbsiya jarayonining prinsipial chizmalari:
a – qo‘zg‘almas donador adsorbentli; b – harakatchan donador
adsorbentli; d – sirkulyatsiyali, mavhum qaynash qatlami.
81
Ayrim hollarda adsorbsiya jarayonida hosil bo‘lgan smola va
boshqa mahsulotlarni tozalash uchun ushbu komponentlar
kuydiriladi.
Desorbsiyaning u yoki bu usulini qo‘llash texnik-iqtisodiy
maqsaddan kelib chiqqan holda tanlanadi. Ikkala usul ham
amaliyotda keng va ko‘ðincha birgalikda qo‘llaniladi.
Adsorbsiya jarayoni tugagandan so‘ng adsorbent qatlamidan
toza bug‘ yoki gaz o‘tkaziladi va yutilgan modda ajratib olinadi.
Desorbsiya jarayonini jadallashtirish uchun yuqori haroratdagi
desorblovchi eltkich adsorbent qatlamidan o‘tkaziladi.
Desorblovchi eltkich sifatida suv va organik moddalar bug‘lari
hamda inert gazlarni qo‘llash mumkin. Desorbsiya jarayoni
tugagandan so‘ng adsorbent qatlami, odatda, quritiladi va
sovitiladi. Qayta tiklash jarayonida faollangan ko‘mirga yutilgan
uchuvchan erituvchilar to‘yingan suv bug‘i yordamida desorbsiya
qilinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yutilgan moddaning
asosiy qismi desorbsiya jarayonining boshida ajratib olinadi.
Jarayon oxiriga borib uning tezligi pasayadi, ammo yutilgan
komponent birligiga suv bug‘ining sarfi juda ko‘payib ketadi.
Shuning uchun suv yoki boshqa organik modda bug‘larini tejash
maqsadida desorbsiya jarayoni oxirigacha olib borilmaydi. Shu
sababli yutilgan komponentning bir qismi adsorbentda qolib
ketadi.
Desorbsiya jarayoni davomida isituvchi bug‘ning bir qismi
butun sistemani isitishga, adsorbentda yutilgan moddani
desorbsiyalash va atrof-muhitga yo‘qotilgan issiqlikni kom-
pensatsiya qilishga sarflanadi. Lekin shuni nazarda tutish kerakki,
isituvchi bug‘ning hammasi adsorbentda butunlay konden-
satsiyalanadi.
Adsorbent qatlamidagi desorbsiyalangan moddalar dinamik
bug‘ yordamida puflab chiqariladi. Dinamik bug‘ adsorbentda
kondensatsiyalanmaydi va qurilmadan desorbsiyalangan moddalar
bilan birga uchib chiqadi.
Òaxminiy hisoblarga ko‘ra, 1 kg moddani desorbsiyalash uchun
3¼4 kg dinamik bug‘ sarflanadi. Seolitlarni qayta tiklash uchun
ko‘ðincha qizdirilgan quruq gaz ishlatiladi. Desorbsiya jarayoni
adsorbsiya kabi qo‘zg‘almas, harakatchan va mavhum qaynash
qatlamlarida olib boriladi.
82
Do'stlaringiz bilan baham: |