Temiryo’l estakadasida ishlash Quyish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. Avtosisterna boshqa-ruvchisi (haydovchi) operator xonasiga kelib, operatorga mah-sulotni olish huquqini beruvchi hujjat (nakladnoy)larni beradi. Operator hujjatlarni tekshirib, ularni yozadigan apparatga qo'yadi va unga tegishli tugmani bosib, beriladigan mahsulot miqdorini (ulushini) teradi hamda quyishga ruxsat beradi. Operator olgan hujjatlarning o'rniga haydovchiga quyish ustuni nomeri yozilgan kalitni beradi. Haydovchi avtosisternani tavsiya etilgan estakada bo'limiga joylashtiradi va sisternaning tepasidagi lyukini (mo'rkanini) ochib, unga mahsulotni to'lib ketishini cheklovchisi bo'lgan quyish ustuni quvurini avtosisterna ichiga qaratib o'rnatadi. Avtosisternani maxsus shtekker yordamida yerga ulaydi. Operator bergan kalit bilan klapanni ochadi. Quyish jarayonida «quyish ketyapti» degan yashil rangdagi yozuv paydo bo'ladi hamda bu yozuv hisoblash schyotchigining ishlayotganligini bildiradi. Operator quyish jarayonini yozadigan apparat va dozalovchi schyotchik signali bo'yicha nazorat qiladi (kuzatadi). Belgilangan miqdordagi mahsulot quyilib bo'lishi bilan klapan-dozator avtomatik ravishda berkitiladi va mahsulotni quyish to'xtaydi. Haydovchi yuqorida izoh qilingan ishlarni teskari tartibda bajarib, kalitni operatorga qaytarib beradi va rasmiylashtirilgan hujjatlarni oladi. Mahsulotni avtosisternaga quyish jarayoni kerak bo'lgan holda istalgan vaqtda operator yoki haydovchi tomonidan to'xtatilishi mumkin. Berila-digan mahsulotning miqdori aniq bo'lmaganda, ya'ni sistemaning sig'imi aniq bo'lmaganda quyish jarayoni sisterna to'lib ketishini cheklovchi moslama bo'yicha olib boriladi. U quyilayotgan mahsulot sathi sisterna bo'g'zigacha 150 mm yetmagan holda quyishni to'xtatadi. Avtosisternaga mahsulotni quyuvchi ustunning umumiy chizmasi 26-rasmda keltirilgan.
26-rasm. Avtosisternaning yuqorisidan quyish uchun germetik (zich yopiladigan) ACH-12 qurilmasi: / — quyish ustuni; 2 — germetik qopqoqli quyish datchigi; 3 — gaz tarmoq liniyasi; 4— quyishni boshqarish pulti; 5— teskari klapan; 6— olovdan saqlagich; 7—nasos agregati; 8— rama; 9— havo ajratuvchi filtr; 10—gidravlik amortizator; 11 — yarim avtomatik dozirovka qiluvchi klapan; 12 — harorat moslovchi (korrektor); 13 — suyuqlik hisoblagichi (schyotchigi).
Qabul qiluvchi va tarqatuvchi qurilmalarni ishlatishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish kerak bo'ladi. To'kish-quyish operatsiyalarini boshlashga qadar hamma kommunikatsiyalarni diqqat bilan tekshirish kerak. Ular mahsulotni oqizmaydigan va ishlash holatida bo'lishlari kerak. Agar qoniqarsiz bo'lsa, to'kish-quyish operatsiyalari bajarilmaydi. Quvurlar, shlanglar va to'kish-quyish qurilmasining metall qismlari yerga ulangan bo'lishi kerak. Momaqaldiroq vaqtida to'kish-quyish taqiqlanadi. Temiryo'l esta-kadasi va operativ tarqatish maydoni yonmaydigan materiallardan quriladi. Ularning yuzasi qattiq silliq qoplamaga ega bo'lishi kerak. Bu to'kilgan mahsulotlarni kanalizatsiya tizimiga oqishini ta'minlaydi.
Vagon-sisternalarni ajratish, ulash operatsiyalari to'kish-quyish punktidan tashqarida bajarilishi kerak. Yuqorida keltirilgan texnika xavfsizligi talablariga chakana savdoga chiqarish qurilmalarini ishlatish jarayonida ham amal qilinadi.