4-MAVZU: ZARARKUNANDALARGA QARSHI UYG’UNLASHGAN KURASH TIZIMI
Reja:
1. Agrotexnik, biologik, fizik, mexanik, kimyoviy, karantin va boshqa kurash choralarini mohiyati.
2. Zararkunandalarga qarshi kurash xususiyatlar.
Asrimizning 2001-2008 yillari davomida olimlarimiz tomonidan madaniy o’simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish tadbirlari tizimi ishlab chiqildi va ishlab chikarishga joriy etildi. Bu tizim har bir o’simlik uchun alohida bo’lib, turli mintaqalar tabiiy sharoitini hisobga olgan holda tuzilgan. O’simliklarni himoya qilish tizimining eng mukammali ularni uygunlashgan himoya qilishdir. O’simliklarni uygunlashtirish (integrirlashgan) yuli bilan himoya kilinganda zararli organizmlarni yo’qotish entomofaglarni maksimal ravishda saqlagan holda olib boriladi «integratsiya» so’zi lotincha bo’lib, «integrare» - «tiklash», «to’ldirish» degan ma’noni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |