Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 0,92 Mb.
bet3/148
Sana01.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#285478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
Bog'liq
2 5350734501477617770

2021 – 2022

MUNDARIJA

T/R

OQUV USLUBIY MAJMUANING TARKIBIY QISMI




1

O’QUV MATERIALLARI: ma’ruzalar matni, seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari (reja, tayanch iboralar, adabiyotlar, mavzu yuzasidan savollar)

5 – 78

2

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI

78 – 79

3

GLOSSARIY

79 – 84

4

ILOVALAR: fan dasturi, ishchi fan dasturi, tarqatma materiallar.

85 – 126

5

TESTLAR.

126 – 133

6

NAZORAT TOPSHIRIQLARI

133 – 137

7

BAHOLASH MEZONLARINI QO’LLASH BO’YICHA MATERIALLAR

138 – 139

8

QIZIQARLI MATERIALLAR

140 – 150

9

ADABIYOTLAR RO’YXATI.

151

10

O’QUV USLUBIY MAJMUANING ELEKTRON VARIANTI






  1. O’QUV MATERIALLARI


MA’RUZALAR MATNI, REJA, TAYANCH IBORALAR, MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR

1 – MAVZU: ETNOLOGIYAGA KIRISH VA TARIXI

R E J A :

  1. Mustaqil fan sifatida Etnologiyaning paydo bo'lish tarixi va ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o'rni.Turli ilmiy maktablar va mamlakatlarda etnologik terminlar va iboralar.

  2. Etnologiyaning turli yondosh fanlar biian aloqalari.

  3. Fandagi asosiy uslub va metodlar. Tarixiy va zamonaviy Etnologiya hamda Etnologiyaning bugungi dolzarb muammolari.

  4. Etnologiyani davrlashlirish.

  5. Rossiya Etnologiya (Etnologiya) maktabi va uning dunyo faniga qo'shgan hissasi (D.N. Anuchin,V.G. Bogoraz-Tan, Ch.Ch. Valixanov, N.N. Mikluxo-Maklay, G.N.Potanin, L.Ya.Shternberg va boshq.).

  6. XX asr oxiri XXI asr boshidagi Etnologiya maktablari va ilmiy konsepsiyalar. Etnologiyadagi yangi qarashlar va muammolar.

TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Etnos, Etnologiya, Etnografiya, urf – odat, turmush tarzi, an’ana, marosim, xo’jalik munosbatlari, etnomadaniy an’analar, Buyuk geografik kashfiyotlar, A.Shavann, J.J.Amper, etnik birlik, Yolkerkunde, Volkskund, xalqshunoslik.

Har qanday fanning fan sifatida shakllanishi insonlar ehtiyoji bilan ma’lum ma’noda bog‘liqdir. Shubhasiz, bu holat etnografiya fani uchun ham taalluqlidir. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yashagan barcha etnoslar o‘ziga xos turmush-tarzi, urf-odatlari va an’analari bilan bir-biridan ajralib turgan. O‘tgan ming yilliklar mobaynida yig‘ilgan bilimlar shundan dalolat beradiki, er sharida garchi turfa xil rasm-rusmlar va urf-odatlarga ega xalqlar yashashlariga qaramay, ularning barchasi tabiatning ajralmas bir qismi tarzida rivojlanganini va aynan tabiiy-geografik hamda xo‘jalik munosabatlari bilan bog‘liq holda o‘ziga xos etnomadaniy an’analarga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Eng qadimgi davrlardan boshlab kishilar nafaqat o‘zlarining balki tevarak atroflarda va uzoq yurtlarda yashovchi el-uluslar, ularning madaniyati, an’ana va marosimlariga qiziqib, ular to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishga harakat qilganlar. Antik davr mualliflari ko‘plab empirik materiallarni yig‘ishga, turli-tuman xalqlarning xo‘jalik va madaniy belgilariga qarab tasniflashga intilganlar. Lekin o‘sha davr mualliflari asosan jangchilar, sayyohlar, elchilar va boshqa mamlakatlarda turli maqsadlarda bo‘lgan kishilarning xotiralari yoki bo‘lmasa o‘zga yurtlar to‘g‘risidagi turli-tuman rivoyatlarga asoslanib ma’lumotlar berganliklari bois ham ularning bizgacha qoldirgan ma’lumotlari ko‘pincha umumiy yoki mavhumiy xususiyat kasb etgan.

Etnografiya-xalqlar to‘g‘risidagi mustaqil fan sifatida XIX - asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Mazkur fanning aynan shu davrda paydo bo‘lishining o‘ziga xos sabablari mavjud. Avvalo, bu davrda dunyo qit’alari orasida iqtisodiy, madaniy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, turli xalqlarning mustamlaka tuzum ta’siriga tushib qolishi va mustamlakachi davlatlarni o‘z mustamlakalarini osonlik bilan boshqarishga intilishi u erlarda yashovchi mahalliy xalqlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishni talab qilar edi. Qolaversa, o‘sha davrda buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi natijasida dunyoning turli mintaqalari orasida o‘zaro etnomadaniy taraqqiyotdagi o‘zaro farqlarni, boshqa ellarda yashovchi etnik guruhlarning o‘ziga xos etnopsixologiyasi va ularning etnik o‘zlikni anglash mexanizmi, tarixning ma’lum davrlarida u yoki bu xalqning tutgan o‘rni, sivilizatsiyalar va madaniyatlar taraqqiyoti hamda tanazzulida etnik omilning o‘rni kabi muammolarni paydo qildi. Ana shu muammolar va savollarning echimi tarzida qator yangi nazariyalar va konsepsiyalar yaratildi. Bu esa etnografiyaning dastlabki ilmiy maktablari va yo‘nalishlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik mazkur ilmiy maktablar va yo‘nalishlar asosida xalqlar to‘g‘risidagi maxsus fan - etnografiya shakllangan. Etnografiya fanining nomi ham boshqa ko‘plab ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi yunoncha- etnos (xalq) va logos (fan) so‘zlaridan olingan bo‘lib, «xalq to‘g‘risidagi fan» degan ma’noni bildiradi1. Etnografiyaning asosiy tadqiqot ob’ekti bo‘lgan «etnos» so‘zi ilk bor qadimgi grek tilida uchraydi. Taxminan mi­loddan avvalgi VI-V asrlarda bu so‘z kelib chiqishi grek bo‘lmagan urug‘ va qabilalarga nisbatan qo‘llanilgan. Aynan shu ma’noda bu ata­ma rim madaniyati va lotin tilida ishlatilgan.

XVIII asrning oxirlariga qadar etnos tushunchasi nihoyatda chegara­langan tarzda iste’molda bo‘ldi. Faqat XIX asrdan e’tiboran bu ter­min ilmiy adabiyotlarda «xalq» («narod») ma’nosida kengroq qo‘l­lani­la boshlagan.

XIX asrgacha "etnografiya" iborasi maxsus fanga nisbatan emas, balki onda-sonda turli etnografik jarayonlarni tavsiflash maqsadida ishlatilgan.

Darvoqe, «etnografiya» termini fanga ilk marotaba 1784 yil A.SHavann tomonidan olib kirilgan. Lekin ushbu fanning taraqqiyoti biroz keyingi davr bilan bog‘liq bo‘lib, fransuz olimi Jan Jak Amper tomonidan 1830 yilda "antropologik" (ijtimoiy) fanlarning umumiy tasnifini ishlab chiqish jarayonida xalqlar va ularning madaniyati to‘g‘risidagi yangi fanning nomlanishi tarzida maxsus izoh berilgan. Keyinchalik mazkur termin Evropa davlatlariga juda tezlik bilan yoyilgan. Umuman etnografiya mustaqil fan tarzida bir qator etnologlar jamiyatlarining (jumladan, 1839 yil Parijda Fransiyadagi etnologlar jamiyati, 1842 yil AQSHda tashkil topgan Amerika etnologlar jamiyatining) tuzilishi bilan rasman tasdiqlangan2. Biroq, shundan keyin turli ilmiy maktablar va yo‘nalishlar o‘rtasida mazkur fanning fanlar tizimidagi o‘rni, tadqiqot mavzusi borasidagi masalalar borasida keskin munozaralar yuzaga keldiki, bu bahslar bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda. Mazkur bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan muammolar orasida fanning mazmuni va nomlanishi borasidagi masala alohida o‘rin tutadi.

Bugungi kunga kelib ayrim mamlakatlarda mazkur fan «etnografiya», yoki «etnografiya» deb nomlansa, qator g‘arb mamlakatlarida ushbu fanni «madaniy antropologiya» yoki «ijtimoiy (sotsial) antropologiya» deb yuritish an’anaga aylangan. Ma’lumki, yaqin o‘tmishda sobiq Ittifoqda elshunoslik fani «etnografiya» deb nomlanib, mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borgan institut va ilmiy tadqiqot markazlari ham shu atama bilan yuritilar edi. Biroq o‘tgan asrning 90-yillaridan e’tiboran ushbu fanga nisbatan «etnografiya» atamasi bilan birga «etnografiya» atamasi ham qo‘llaniladigan bo‘ldi.



Etnografiya yunoncha bo‘lib, «etnos» -xalq «grafiya» tavsiflash degan ma’nolarni anglatgan. Mazkur fanning metodologik masalalariga bag‘ishlangan qator ishlardan ko‘rinadiki, «etnografiya» va «etnografiya» tushunchalarini aynan bir tushunchalar tarzida qabul qilish ham to‘g‘ri emas. Negaki, agar an’anaviy «etnografiya» u yoki bu etnosga (etnik birlikka) oid materiallarni to‘plab, tizimlashtirib va uni ko‘proq tavsiflab bersa, «etnografiya» etnos haqidagi barcha ma’lumotlarni nazariy-metodologik jihatdan tahlil qiladi va bu xususda umumiy xulosalar chiqaradi. Demak, «etnografiya» tushunchasi «etnografiya» tushunchasiga nisbatan nafaqat kengroq tushuncha, balki etnografiyaning ma’lum bir qismi deb aytish mumkin. O‘z navbatida shuni ham aytish mumkinki, har bir mamlakatda mazkur fanning paydo bo‘lishi va nomlanishi o‘ziga xos tarixga ega.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish