II,bob. “Jahon tabiiy resuslari ” mavzusini o`qitishda qo`llaniladigan
pedagogik texnologiyalar
2.1.Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarning qo`llanilishi
O`quvchilarning bilim darajasini aniqlash yo`llari talaygina. Bulardan keng
tarqalganlari: savol-javob, doska oldida og`zaki yoki yozma javob, frontal so`rash,
nazorat ishlari, test sinovlari o`tkazish yo`li bilan bilim darajasini baholash
kabilardir. Bulardan tashqari, ijodkor o’qituvchilar tomonidan o’quvchi bilimini
41
sinashning yangidan-yangi usullari ishlab chiqilgan bo’lib, ular galma-galdan
almashtirilib qo`llab borilishi, dars samaradorligini oshirishda, o’quvchilarning
ushbu fanga qiziqishini uyg`otishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bu bilan
bog’liq usullar bir qancha pedagogik jurnallarda, jumladan, «Xalq ta’limi»,
«Биология в школе», «Xимия в школе», «География в школе» kabi
jurnallarning sahifalarida tez-tez yoritilib borilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida pedagogik texnologiyalarni yaratish va
joriy etish masalalarining qo’yilishi ta’lim samaradorligiga erishish, pedagog
kadrlarni bilimlarini oshirish, pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib
kirish kabi dolzarb masalalarni yechimini topishga qaratilgan ulkan vazifalarni hal
etishga qaratilgandir. Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotini hal qiluvchi muammolar:
xalqimizning ming-ming yillik milliy qadriyatlarini, pedagogik merosni o’rganish
va ta’lim tarbiya jarayonini milliylashtirish jamiyat taraqqiyotida ma’naviyatning
ustuvorligini
ta’minlash
va
ma’naviy
tarbiya
nazariyasini
amaliyotni
takomillashtirish, yoshlar ongiga milliy mafkura, milliy g’oyani singdirish,
vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish, jahon
andozalariga mos ta’lim tizimini yaratish, ilg’or pedagogik tajribalarni
ommalashtirish, pedagog kadrlarni hozirgi davr talabi asosida ta’lim tarbiya ishiga
tayyorlash, pedagogik texnologiya bilan qurollanish kabilar pedagogika fanining
dolzarb vazifasi bo’lib qoladi.
Shuni takidlash lozimki, jamiyat taraqqiyotida ilm, fan, ishlab chiqarish
kuchiga aylangan bugungi kunda ta’lim tarbiya ishida pedagogik texnologiya davri
boshlandi. Yangi pedagogik texnologiyani joriy etishdan maqsad bo’lajak
mutaxassislarni mavjud pedagogik qonuniyatlar va aniq shart-sharoitga asosan
ta’lim-tarbiya jarayonini loyaihalash samarali metod va vositalarni tanlashga
o’rgatishdan iborat. bugungi kun pedagogi pedagogik texnologiya, texnika
rivojlangan mamlakatlar ilg’or pedagogik texnologiyasi, O’zbekistonda kadrlar
tayyorlashning milliy dasturini amalgam oshirish tajribalari haqida nazariy bilimga
ega bo’lishlari, pedagogik jarayonni loyihalay olishlari, ta’lim tarbiya maqsadi,
42
mazmuni va optimal metodlarini ko’nikma va malakasini shakllantirish, pedagogik
diagnostika qobilyatini o’stirishdan iborat. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda
pedagogik texnologiya XX asrning 80 yillarida keng joriy etilgan bo’lsa ham biz
bu borada orqada edik. Zero, pedagogika uzoq davr kommunistik mafkurani
singdirish vositasi, “G’oyaviy” ustuvorlik o’rta asrlar darajasida qolib ketishiga
sabab bo’ldi. Natijada pedagogikaning obro’si, uning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni
pasaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir faoliyat, mehnat, jumladan pedagogik
faoliyat ham ilmiy asoslanganligi erishilgan natijasi bilan o’lchanadi.
Ta’kidlash lozimki pedagogika nazariyasidagi ko’pgina subektiv mavhumlik
barham topdi. Pedagogik texnologiya pedagogika sohasiga ham jahon tajribalari
namuna bo’lib kirib keldi. Pedagogika tarixi ta’lim tarbiya texnologiyalari tarixidir.
Ammo ana shu tajribalar aniq tizimga solinmagan, ularning qonuniyatlari ilmiy
asoslanmagan edi. Pedagogik texnologiya, yangi pedagogik texnologiyaning
alohida o’quv predmeti sifatida o’rganilishi ta’lim tarbiya faoliyatini
samaradorligini amalgam oshiriladi, murakkab pedagogik mehnatni yengillatadi.
Bo’lajak mutaxassis uchun pedagogik texnologiya pedagogik madaniyat,
pedagogik mahorat mezonidir. Bugungi kunda “Nima uchun o’rganish va qanday
o’rganish” didaktikaning asosiy prinspidir.
Yangi pedagogik texnologiya ta’lim tarbiya jarayonini optimal loyihalash,
yuqori natijaga erishishda barcha bug’inlarni, omillarni ishlashini ta’minlash
imkoniyatini beradi. Pedagogik texnologiyani o’rganishda avvalo o’z prensplariga:
fanning maqsadi, mazmuni, didaktik jarayon shogird va ustoz faoliyati
uyg’unligiga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Talaba ya’ni shogird pedagogik
texnologiya bo’yicha o’z malakasini oshiruvchi fanning mohiyatini, ta’lim tarbiya
ishini samaradorligini ta’minlovchi mexanizm ekanligiga iqror bo’lishiga intilishi
zarur. Yuqorida ta’kidlaganimizdek pedagogik texnologiyada o’rganish maqsadi
motibi hal qiluvchi omildir. Pedagogik texnologiyani o’rganishda tarixiylik boshqa
fanlar, ayniqsa psixologiya bilan pedagogik jarayonni amaliyot bilan bog’liq
izchillik prensplariga amal qilinadi. Pedagogik texnologiyani o’z talab qilganidek
43
uni o’rganishda ham texnika vositalari qo’l keladi. pedagogik jarayonni
modellashtirishda zamonaviy texnikadan foydalanish samaradorlik garovidir.
Jamiyatni demokratlashtirish, ta’lim tarbiya jarayonini demokratlashtirish,
yoshlarda mustaqillikni shakllantirish kelajakda bir necha bosqichli imtihonlardan
vos kechishni taqoza etadi.
Har qanday jarayon natejaga erishish maqsadida izchil faoliyat tizimidir.
Ta’lim tarbiya maqsadida tashkil etilgan ob’ekt, sub’ekt o’zaro hamkorlik tizimiga
pedagogik jarayon deyiladi. Shuneng uchun har bir pedagogik jarayon o’ziga xos
qonuniyatlar, maqsad, vositasi, natija mezoniga ega. Pedagogik texnologiyani
“Yangi”, “Ilg’or” urg’ular bilan mavsumiy masalaga aylantirish uning
imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanishdan chalg’itadi. Pedagogik jarayon haqidagi
har qanday yangilik tashabbus jumladan pedagogika ham uning mavjud
qonuniyatlariga asoslanishi maqsadga muvofiqdir.
Jamiyat barqaror, takrorlab turuvchi ma’lum jarayon voqea, hodisalarning
ichki aloqadorligidir. Masalan, pedagogik jarayonning bir butunligi, uning
maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli va metodi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
talabi mafkurasiga mos bo’lmog’i lozim. Agar pedagogik texnologiya pedagogik
jarayonni lohihalashdan boshlanar ekan, avval pedagogik jarayonning bir butunlik
qonuniyatiga amal qilinadi. Pedagogik texnologiyaning ahamiyati, ustunligi ham
shunda. Bir butun shaxsni kamol topdirishda bir butunlikda yondoshish va
pedagigik jarayon tarkibining o’zaro bog’liqligi uning uzviyligini oshiradi. Boshqa
texnologik jarayonda ham biror tizimi yoki bug’in tarkibi ishlamasa butun jarayon,
ishlab chiqarish to’xtaydi. Pedagogik jarayonning bir butunligi talabi ham
pedagogik texnologiyani prinsipi bilan uyg’undir. Shuningdek, ta’lim tarbiya davr
talabiga, jamiyatning rivojlanishi prensplariga, bugungi kunda bozor iqtisodi
tamoillari va istiqlol mafkurasiga mosligi ham yangi pedagogik texnologiyaning
yo’nalishini belgilaydi. Jamiyatning buyurtmasi pedagogik texnologiya va
pedagogik tizmning tarkibiy qismidir. Pedagogik texnologiyaning dolzarbligi,
keng ommalashgani ham uning kafolatli natija, model metodika ekanligidadir.
44
Natijani aniqlashda pedagogik jarayonni talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
vazifalarning o’zaro bog’iqligi qonuniyatiga asoslaniladi. Ma’lumki, pedagogik
jarayonning bu o’ziga xos xususiyati ta’lim tarbiya va rivojlanishining bir-birini
to’ldirishi, shaxsni har tomonlama kamol toptirishi bilan xarakterlanadi.
Demak pedagogik texnologiya ta’lim, tarbiyaning maqsadini, vazifasini
belgilashda anashu qonuniyatga amal qilinishi tabiiy. Pedagogik texnologiyaning
an’anaviy ta’lim tarbiya metodikasidan farqi, ustunligi ham o’quvchi faolligi
prenspiga asoslanishida. Ya’ni bu borada tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash, o’qitish
va o’rganishning birligi va qonuniyati bilan hamohangdir. Jahon pedagogik
tajribasida tarbiyalanuvchining faoliyati ustuvorligi, tarbiyachi uni tashkil qila
bilish mahorati zarurligi ilmiy asoslangan. Ta’lim tarbiyaning 2 tomonlama
xususiyati pedagogik tizm va pedagogik texnologiyada barcha tadqiqotchilar
tomonidan tan olingani e’tiborga molikdir.
Tarbiyalanuvchi, ta’lim oluvchining yosh va shaxsiy xususiyatlari,
imkoniyatini hisobga olish qonuniyati ham pedagogik texnologiyaning asosiy
vazifasi bo’ladi. Pedagogik tizimni loyihalashda, ta’lim tarbiya maqsadi, mazmuni,
metodlari va tarbiya ob’ekti va sub’ekti va faoliyatini belgilashda o’ziga xoslik va
moslik qoidasiga amal qilinishi aksiomadir. Jamoa shaklida o’qitish, jamoa orqali
tarbiyalash mavjud ekan, pedagogik texnologiyada, ta’lim – tarbiya jarayonini
loyihalashda jamoa va shaxsning o’zaro hamkorligiga asoslanadi.
Pedagogik texnologiyaning ta’lim – tarbiya jarayoniga bir butunlikda
yondoshish, barcha bo’laklarning bir xil o’zaro bo’g’liqlikda ishlashi pedagogik
texnologiyaning talabidir. Ma’lumki, texnikada biror butun detall ishlamasa
faoliyat, harakat bo’lmaydi. Pedagogik texnologiyaning an’anaviy ta’lim – tarbiya
metodikasidan ustunligi ham shunda. Agar an’anaviy ta’lim – tarbiya metodikasida
ta’lim – tarbiya maqsadi, mazmuni, yo;l va usullari, vositalari alohida qaralsa, u
yoki bu jihatdan takomillashtirish tahlil qilinsa, pedagogik texnologiyada bir butun
va o’zaro bog’liqlikda o’rganiladi.
45
Reyting sinov daftarchasi. O`tilgan mavzular o’quvchilar tomonidan qay
darajada o’zlashtirilayotganini muntazam tekshirib borish maqsadida geografiya
fani bo`yicha maktabda o’quvchilarning bilim va ko`nikmalarini hisobga olib
boruvchi «reyting varaqasi» joriy qilish mumkin. Sinfdagi har bir o`quvchi alohida
«sinov daftarchasi» tutib, unda geogarfiyani turli mavzular bo`yicha tushunchalar,
qonuniyatlarni qay darajada o’zlashtirganini qayd qiladi. Har bir mavzu bo`yicha
tekshirib ko`rilishi shart bo’lgan yozma, og`zaki so`rovlar, amaliy ishlar yakunning
baholarini o’quvchilar ana shu daftarga yozib boradilar.
Har bir yangi mavzudagi tushuncha va qonuniyatlarning o’quvchilar
tomonidan puxta o’zlashtirilishi, ularning yodida saqlanib qolishda faqatgina
og`zaki yodlash ko`nikmalaridan foydalanib qolinmasdan, balki geografiya
didaktikasining yangi, no’ananaviy usullardan foydalaniladi. Ulardan biri tayanch
konspekt tuzish chuqur tahlil qila bilish usulidir.
Uning mohiyati nimada? Tayanch konspekt alohida so’zlar, hatto ayrim
harflar, formula va boshqa, xildagi konspekt yordamida o`tilgan mavzuni qisqa,
tushunarli holda sinf doskasida ifodalashdan iboratdir. Yangi mavzuni o`tish
jarayonida avvalo, uni mukammal tushuntirib beriladi, so`ngra o’quvchilar mavzu
materiallarini turli xil rasmlar, qisqartma so’zlar, rang-barang indekslar, yordamida
ifodalab, darsni bo’limlarga bo’lib o’rganishadi. Har bir bo’limdagi g’oya,
tushunchalar, maxsus konspekt yordamida ifodalanib o’quvchilarga tushuntiriladi.
Avvalgi yangi mavzu og`zaki hikoyani eshitib, ikkinchi marotaba uni konspekt
yordamida mustahkamlaganlaridan keyin o’quvchilar darsning o’zlashtirilishi
zarur bo’lgan eng asosiy tushunchalarni bilib oladilar va quyidagilarga e’tibor
qiladilar:
1). Nazariy materialni bilish;
2).Tematik kartalarni taqqoslab, ular o’rtasidagi
aloqalarni ko`ra olish va
tushuntirib berish;
3). Geografik nomlari (atamalarni bilish);
4). O`lkashunoslik;
46
5). Berilgan rasmdagi tasvir dunyoning qaysi davlatigaiga tegishli ekanligini
aniqlash bo`yicha bilim va ko`nikmalar tekshirilishini bilishadi.
Darslik o’quvchilar uchun asosiy qo’llanma, ular oladigan bilimlarning eng
muhim manbaidir. O’quvchilarni kitobdan foydalanishga o’rgatish maktab
geografiyasi oldiga qo’yilgan muhim vazifalardan biridir. O’quvchilar darslik bilan
o’qituvchi rahbarligida ishlaydilar. O’qituvchi o’quvchilarni darslik bilan o’quv
yilining boshida tanishtiradi. O’qituvchi darslikning kartalari, sxemalari, jadvallari,
profillari, rasmlari, ilovalari, savollari topshiriqlari va ularning ahamiyatini
tushuntirib, darslik bilan ishlash yo`llari haqida umumiy ko`rsatma beradi. Dars
to’rtta muvofiq ravishda darslikning ilmiy saviyasini ko`tarishga, shuningdek
darslik yordamida o’quvchilarning sinfda va uyda bilim faoliyatini faollashtirishga
e’tibor berilgan. Yangi ilmiy tushunchalar kirtish, ishlab chiqarishning rivojlanishi,
joylashish qonuniyatlari muhim iqtisodiy-geografik faktlar misolida tushuntirish,
o’quvchilarni fan usullari bilan tanishtirish-maktab iqtisodiy geografiiyasi ilmiy
saviyasini oshirishning eng muhim yo`llaridir.
Darslik karta-sxema, diagramma, grafik rasm va jadval kabi illyustratsiya
materillariga boy. Ular darslik mazmunning tarkibiy bo’lagi bo’lib, o’quvchining
ob’yekt va jarayonlarga doir tasavvurlarini muayyanlashtirish, ularning bilim
faoliyatini faollashtirish, mantiqiy tafakkurini tarbiyalash vositasi bo’lib xizmat
qiladi. Illyustratsiya materiallaridan foydalanishda o’qituvchining vazifasi
o’quvchilarga muayyan tasavvur yoki tushuncha hosil qilish bilan birga
illyustratsiya faktlarni tahlil etishga, taqqoslay olish usullarini o`rgatishdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayoni xususan turli tarmoqlarning aloqadorligini aks
ettirgan rasm va sxemalarga alohida ahamiyat berish zarur. Ularni tahlil etish
geografik tasavvur va tushunchalarni muayyanlashtiradi.
Jahon sanoat tarmoqlari tarkibi va qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar
tarkibiga doir diagrammalardan ayrim tarmoqlarning rivojlanish dinamikasini
tushunish mumkin.
Darslikdagi karta-sxemalar darsda ham, uy topshirig`ini bajarishda ham
muhim rol o`ynaydi. Ular xalq xo`jaligining muayyan sohasigagina bag`ishlangan
47
mavzuli karta-sxexmalardan, viloyatlar iqtisodi aks ettirgan majmuali karta-
sxemalardan iboratdir. Karta-sxema bilan ishlash o’quvchilarga karta bilan ishlash
malakasini takomillashtiradi. Illyustratsiya materiallaridan qay o`rinda, qay holda,
foydalanishni bilmoqchi bo’lgan o`qituvchiga darslik muayyan yo`llanma beradi.
Chunonchi, matn orasida berilgan «dioarammaga qarang», «jadvalga qarang» kabi
topshiriqlar hamda har bir mavzu oxiridagi savol topshiriqlar ana shunday
funksiyani bajaradi.
Darslik ilovasidagi jadvallarda xilma-xil mazmundagi statistik ma’lumotlar
berilgan. Bu ma’lumotlar Jahon mamlakatlarining Yer maydoni, aholisi, shaharlari,
xalq xo`jaligining tarkibi va rivojlanishiga doir tasavvur va tushunchalar
shakllanishiga xizmat etish lozim.
Geografiyani kartasiz, tasavvur qilib bo’lmaydi. Maktabda geografiya
o’rganilar ekan, u bilan birga karta ham o’rtaniladi. Geografiya sohasida olib
boriladigan har qanday tadqiqotlar kartasiz bajarilmaydi. Karta geografiya
darslarida bilim olishning asosiy manbaidir. Agar o’quvchi kartaga qarab fikr
yurita olsa u egallagan bilim yanada mustahkamlanadi.
Mustaqil ishlarning turi har bir darsning mazmuni, didaktik madsadi,
o’quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiq belgilanadi. Jahon mamlakatlari
qtisodiy va ijtimoiy geografiyasida o’quvchilar darsda va uyda bajaradigan
mustaqil
ishlar
mamlakatlar
iqtisodiy
geografiyasi
materiallarini ongli
o’zlashtirishga, orttirilgan malaka va ko’nikmalarni mustahkamlashga qaratiladi.
Mustaqil ishlar o’quvchilarni mustaqil xulosa chiqarishga fakt va hodisalarni
umumlashtirishga, raqamlar, kartografik materiallar bilan ishlashga qancha ko`p
da’vat etsa, o`quvchilar faktik materialni shuncha ongli o`zlashtiradilar,
binobarin, o`rganilgan bilim mustahkam bo’ladi. Eng muhimi o’quvchilarda
mustaqil bilim olish ko’nikmasi tarkib topadi. Mustaqil ishlash o’quvchilarni tez
toliqtirmaydi. Kishi olgan bilimini muayyan malaka va ko’nikmasiz amalda tadbiq
qilish qiyin. Biron qoidani, yoki biron qonuniyatni aytish bilan uni turmushda
qo`llash orasida muayyan malaka va ko’nikma zarur. Malaka va ko’nikma tarkib
topishi uchun turli mazmundagi amaliy ishlar o`tkazish kerak. Mustaqil ishlar har
48
qancha ahamiyatga ega bo’lmasin uni mezonga rioya qilmoq lozim. Jahon
mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasidan mustaqil ishlar mezonini
belgilashda dastur talabidagi darslik asos bo’ladi. Lekin bunda har qaysi
o’quvchining saviyasi, xususan geografiyadan bilim darajasi inobatga olinadi. Bu
fanni o’rganish yuzasidan o’quvchilarning mustaqil ishlarni tashkil etish uchun
alohida imkoniyatlar mavjud. Darslikda o’quv materialining fakt va hodisalarni
bir-biriga solishtirib va umumlashtirishga da’vat etuvchi savol va topshiriqlar zarur
miqdorda, o’z o’rnida berilganligini ham, mustaqil ishlar uchun alohida qulayliklar
yaratadi.
Darsda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagilardan iborat:
a) O’quv materialini o’quvchilar mustaqil o’rganib, muayyan xulosa
chiqarishlariga undovchi savollar;
b) Ilgari olingan bilimlarni o’rganilayotgan material bilan taqqoslash;
v) Darslikning illyustratsiya materiali bilan ishlash;
g) Diagramma, jadval tuzish;
d) Darslikdagi savol va topshiriqqarga javob tayyorlash;
e) Jadval ma’lumotlari bilan ishlash;
j) Yozuvsiz karta to`ldirish;
Mustaqil ishlar oddiydan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Mustaqil
ishlarning murakkablashtirib borilishini M.K.Kovalevskaya 3 bosqichga bo’lgan.
1.Yangi fakt va hodisalarni izlashni talab etuvchi nisbatan yengil topshiriqlar.
Bular “Qayerda?”, “Qay vaqtda”, “Qancha?” degan savollarga javob beruvchi
topshiriqlarni o’z ichiga oladi. Masalan, “Dunyoning qayerlarida rangli metall
rudalari joylashganligini aniqlang”, “Dunyoning qaysi qismida chuchuk suv
muammolari mavjud”.
2.Geografik
hodisalarning sabab-oqibatlarini belgilash va tushuntirishni
talab qiluvchi nisbatan murakkab topshiriqlar. Topshiriqlarni berishda “Tushun-
tiring”, “Isbotlang” degan talablar va “Nima uchun”, “Qanday qilib”, “Nega”
degan savollar qo’yiladi. Masalan, “Nima uchun dengizda tashilgan yuklar arzon
49
tushadi” tushuntiring yoki “Subtropik iqlim sharoitida joylashgan mamlakatlar
dehqonchiligining ixtisoslashuviga qanday ta’sir etadi?”.
3.Fakt va hodisalarni umumlashtirishni talab etuvchi nazariy yo`nalishdagi
muhim va qiyin topshiriqlar. Bunday topshiriqlar umumiy tushuncha, qonuniyatlar
va ish usullarini tushuntirishni nazarda tutadi. Masalan, “Tabiiy resurslarga
xo`jalik nuqtai nazardan baho berish nima, turli xo`jalik tarmoqlarini belgilovchi
me’yor nimadan iborat” yoki qanday omillar hududiy ixtisoslashtirishni belgilaydi.
Ayrim mavzularni o`tishda mustaqil ishlarni quyidagicha tashkil qilish
mumkin. O’zbekistonning yozuvsiz kartasida paxta tozalash zavodi bilan kanop
zavodlarini belgilab qo’ying? Qishloq xo`jaligi geografiyasi mavzusini o’rganishda
mustaqil ishni dastlab matn oldidan berilgan savollarga javob tayyorlashdan
boshlash kerak. Bu savollar quyidagilardan iborat:
1.Qishloq xo`jaligi qanday xususiyatlariga ko`ra sanoatdan farq qiladi?
2.Qishloq xo’jaligi qanday tarmoqlardan iborat?
3.Chorvachilik tarmogi rivojlangan dunyo mamlakatlarini aniqlang.
4.Paxtaning asl vatani qayer?
5.Paxtadan qanday mahsulotlar olinishini eslang?
Darslik bilan ishlashdan tashqari, o’quvchilarni qo’shimcha adabiyotlar bilan
ishlashga qiziqtirish, undan zarur geografik ma’lumotlarni topa olishga o’rgatish
lozim. O’quvchilarni qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashga qiziqtirish uchun
o’qituvchi ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlardan qiziq faktlar, ajoyib
o`simliklar yoki hayvonlar haqida, aholining urf-odatlari haqida so’zlab berishi
kerak. Qo`shimcha adabiyotlar yuzasidan beriladigan topshiriqlar bir yoki bir
necha o’quvchiga topshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |