Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya


Ayzenk savolnomasi (Bolalar varianti)



Download 30,29 Mb.
bet82/297
Sana04.04.2022
Hajmi30,29 Mb.
#528647
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   297
Bog'liq
UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022

Ayzenk savolnomasi (Bolalar varianti)
Ayzenk shaxs savolnomasi G’Eysanck Personality inventoru EPIG’ insonning individual-psixologik xususiyatlarini, shuningdek, uning asosiy shaxsiy xislatlari ekstravertlik, intravertlik va turg‘unlikni o‘rganishga mo‘ljallangan. G’HG’Eysinek, 1963 y. Kattalarga mo‘ljallangan ikki"A" va "V" variantlari va bitta bolalar varianti mavjud. 60 savoldan iborat bo‘lib, 24 savol ekstra va intravertlikni aniqlashga va 24 savol neyrotizmni aniqlashga mo‘ljallangan, shuningdek, 9 ta savol "yolg‘onchilik" shkalasidan iborat bo‘lib, sinaluvchining qay darajada haqqoniy javob berayotganini aniqlash mumkin. "Kalit" bilan mos tushgan javoblar 1 ball bilan baholanadi ("ha", "yo‘q" javoblari). 12 balldan ortiq ko‘rsatkich intravertlikdan dalolat beradi. Neyrotizm (turg‘unlik) shkalasi bo‘yicha 12 balldan ortiq ko‘rsatkich hissiy noturg‘unlikni aks ettiradi. Yolg‘onchilik shkalasi bo‘yicha 4-5 ball tanqidiy ko‘rsatkich bo‘lib, sinaluvchining savollariga faqat "yaxshi" javob berishga moyilligidan dalolat beradi. Bu esa neyrotizm, ekstra va intraversiya shkalalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarning ishonchligiga ta’sir qiladi.
Qoidaga ko‘ra, sinaluvchi savollarga javob berganda, unda aks etgan xulq-atvor modelini yoki tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Maxsus kalit jadval yordamida ekstraversiya, introversiya, turg‘unlik omillarini aks ettiruvchi xarakterli xususiyatlar aniqlanadi.

Kalit


Shkala

Savol raqamlari

“Ha” - javoblari

“Yo‘q” - javoblari

Ekstra-intro versiya

1

3

9

13

14

17

19

22

6

33

51

53

59

25

22

30

5

38

41

43



















46

49

53

57




15






















Turg‘unlik

2

5

7

10

13

34

18

21
















23

26




26

31

52

37

39
















42

45




47

50




54

56
















58

60


































Samimiy emaslikka moyillik (yolg‘onchi likka)

8

16

24

28

44










4

2

20

32

36

























40

46










Tipik ekstrovert – boshqa odamlarga tez kirishib ketadigan inson, boshqa odamlar bilan muloqat qilishga, yangi ta’assurotlarga doimo intiluvchi odam. U ulfatlarni yoqtiradi, ko‘p do‘stlari va tanishlari bor, beparvo, umid-ishonch bilan to‘lgan, kulishni yoqtiradigan odam. Tajavuzkor, serjahl, ta’sirchan inson bo‘lib, ko‘pincha daqiqa ta’sirida harakat qiladi. His-tuyg‘ularini qattiq nazorat qila olmaydi, tanishish uchun odatda yaqinlashish uchun birinchi so‘z boshlaydi. Yolg‘iz ishlashni va shug‘ullanishni yoqtirmaydi.


Tipik-introvert – qiyinchilik bilan muloqotga kirishuvchi, uyatchan, og‘ir, o‘z ichki dunyosiga ko‘milgan, o‘z-o‘zini kuzatadigan, tuYuq odam. Yaqin odamlaridan boshqa hammadan ajralgan inson. U o‘z harakatlarini oldindan rejalashtirib oladi, kutilmagan natijalarga ishonmaydi. U qo‘zg‘alishni, tartibni yoqtiradi, hayotda jiddiy. U his-tuyg‘ularini qattiq nazorat ostiga olgan, kamdan-kam jahli chiqadi, qizishib ketmaydi, muloqotdagi va janjallardagi kelishmovchiliklarni jim turib to‘xtatishga intiladi. U diqqatni kuchli bir joyga to‘playdigan va kam harakat talab qiladigan faoliyat turlarini yoqtiradi.
Tipik ekstrovert va introvert qolgan boshqa ko‘pchilik odamlar joylashadigan qutblar hisoblanadi.
Ayzenk savolnomasi bo‘yicha tipik nevrotik qisman Freyd g‘oyalari asosida ishlangan bo‘lib, onglilik va ongsizlik o‘rtasida yorqin nizolar xarakterlaydi, shuning uchun xam salbiy his-tuyg‘ularni yomon boshqaradi. Hissiy noturg‘unlik odatda insonning gap ko‘tara olmasligi bilan bog‘langan bo‘lib, u o‘ziga ishonmaydi, boshqa odamlarning yordamiga qo‘llab quvvatlashiga doimo muhtoj, uning kayfiyati o‘zgaruvchan. U ko‘pincha boshqa jiddiy asos bo‘lmasa-da, o‘zini baxtsiz, boshqalardan yomon his qiladi, ba’zan o‘zini aybdor hisoblaydi. U orzu qilingan har narsadan shubhalanishni yoqtiradi, jizzaki bo‘lib turadi. Nevrotik odatda boshidan kechirgan ko‘ngilsizlikni uzoq vaqt eslab Yuradi, muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqadi. Unga qaror qabul qilish qiyin, vaziyat shuni talab etsa-da, o‘z niyatlaridan voz kechishi ham qiyin. Nevrotik uchun tashqi psixik funktsiyalarni to‘liq saqlash xos.
Hissiy turg‘un inson o‘z hissiy holatini boshqara oladi, odamlar bilan bir xil muloqatga kirishadi, uni muvozanatdan chiqarish qiyin. U boshqalar tomonidan doimiy qo‘llab quvvatlashga muhtoj emas, jizzaki emas.
"Yolg‘onchilik" shkalasi bo‘yicha samimiy emaslik – bu o‘ziga xos da’vogarlik bo‘lib, o‘z ijobiy xislatlarini ortiqcha baholash, o‘zini yaxshi ko‘rsatishga intilishdir. Ko‘pincha anglanmasdan sodir bo‘ladi.

Download 30,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish