«Men kimman» metodikasi
Ushbu metodika yordamida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning o‘z-o‘zini baholashi tashxislanadi. Tadqiqotchi 10 xil shaxs sifatlari haqida savol berib, qaydnomada belgilab boradi va ular ballarga aylantiriladi.
Natijalarni baholash
«Ha» shaklidagi javoblar 1 ball bilan, «Yo‘q» shaklidagi javoblar 0 ball bilan baholanadi. «Bilmayman» va «Ba'zan» javoblariga 0,5 ball beriladi. Bolaning o‘z-o‘zini anglashi umumiy ballar yig‘indisi bilan aniqlanadi.
Bola taraqqiyoti haqida xulosa:
10 ball – juda Yuqori
8-9 ball – Yuqori
4-7 ball – o‘rtacha
2-3 ball – past
0-1 ballgacha – juda past
№
|
Shaxs sifatlarini sharhlash
|
Og‘zaki javoblar shkalasini baholash
|
Ha
|
Yo‘q
|
Ba'zan
|
Bilmayman
|
1
|
Yaxshi
|
|
|
|
|
2
|
Mehribon
|
|
|
|
|
3
|
Aqlli
|
|
|
|
|
4
|
Tartibli
|
|
|
|
|
5
|
Gapga kiruvchan
|
|
|
|
|
6
|
E'tiborli
|
|
|
|
|
7
|
Muloyim
|
|
|
|
|
8
|
Qobiliyatli
|
|
|
|
|
9
|
Mehnatsevar
|
|
|
|
|
10
|
Rostgo‘y
|
|
|
|
|
2. Shaxs so‘rovnomalarining keng tarqalgan namunalri
Shaxsni o‘rganishda turli maxsus metodikalardan foydalanish bilan birga shaxsning qiziqishlariga, ehtiyojlariga, uning atrofdagi odamlar bilan munosabatiga tegishli va boshqa savolnomalar ham keng qo‘llaniladi. Savolnomalar yordamida tadqiqot o‘tkazish eksperimental psixodiagnostik tekshiruv o‘rnini bosmaydi, ularni to‘ldiradi, chuqurlashtirishi mumkin.
Bolalarni tekshirishda savolnomalardan foydalanish o‘z xususiyatlariga ega. Masalan, bola mustaqil ravishda savolnoma qog‘ozini to‘ldirishi mumkin emas, chunki savolni noto‘g‘ri tushunib, noto‘g‘ri javob berishi mumkin. Tadqiqotchi bolani savol bilan tanishtirishda, uning ma’nosini tushuntiradi, shundan so‘ng javobni maxsus qog‘ozga belgilab qo‘yadi.
R.Kettell testining bolalar varianti
Bu metodika bog‘cha bolalari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun maxsus mo‘ljallangan bo‘lib, Kettellning kattalar uchun mo‘ljallangan 16-omilli shaxsni o‘rganish testining moslashtirilgan variantidir.
Testning tuzilishi.Test bola shaxsining asosiy xususiyatlarini ifodalovchi shkalani o‘z ichiga oladi. Har bir xususiyatning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Masalan, aqliy rivojlanganlik – aqliy rivojlanmaganlik. Shkalaning eng minimal va eng maksimal nuqtalari oralig‘i 10 ballni tashkil etadi. O‘rtachasi esa 5,5 ball. Quyida 11 ta shaxs xususiyatlari tavsifi berilgan. Metodika bo‘yicha shaxs xususiyatlarining 3 xil rivojlanish darajasi bor: quyi (1-3 ball), o‘rtacha (4-7 ball), Yuqori (8-10 ball).
Har turli shaxs xususiyatlarining rivojlanishini aniqlashda ikki oxirgi qutb hisobga olinadi va quyi miqdori qabul qilingan shkala bo‘yicha ularga mos miqdoriy baholar va qisqacha ta’riflar beriladi.
I. Ekstroversiya
Bu shkala bo‘yicha yuqori ball 8-10 ball bo‘lib, bolaga – ochiq ko‘ngil, ko‘ngilchan, kirishuvchan, hamma narsada qatnashuvchan na odamlarga e’tiborli deb ta’rif beriladi.
Bu shkala bo‘yicha past ballar 1 dan 3 gacha. Bunday bolalar esa kamgap, «ichimdagini top», birovga ishonmaydigan, atrofdagilarga beparvo bolalardir. Mazkur shkala bo‘yicha Yuqori ball to‘plagan bola ijobiy his-tuyg‘ularga ega, quvnoq, kirishimli, tez til topishadigan, deb tavsiflanadi.
Xuddi shu shkala bo‘yicha past balli bola birovga ishonmaydigan, arazchi, ichki his-tuyg‘ularini yashira olmaydigan va atrofdagilar bilan til topisha olmaydigan, deb hisoblanadi. Ular ko‘pincha qaysar va xudbindirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |