Test natijalarini talqin qilish.
Aytib o’tilganidek tanlov natijalari talqinining usullaridan biri asosiy ranglar o’rnini baholashdir, agar ular 5 dan keyingi o’rinlarni egallasalar, demak ular tavsiflaydigan xususiyatlar, ehtiyojlar qondirilmagan, bundan xavotirlik, salbiy holat kelib chiqadi.
Asosiy ranglarning o’zaro holatini ko’rib chiqamiz.
Agar N 1 va N 2 (ko’k va yashil) yonma–yon bo’lsa (funksional guruh tashqil qilib), ularning umumiy tomoni sub’ektiv ichki yo’nalish qayd qilinadi.
N 2 va N 3 yashil va qizil ranglarning yonma–yon joylashuvi qarorlar qabul qilishda mustaqillik, tashabbuskorlikni bildiradi.
N 3 va N 4 (qizil va sariq) ranglarning yonma–yon bo’lishi tashqi yo’nalganlikni anglatadi.
N 1 va N 4 ranglarning (ko’k va sariq) uyg’unlashuvi sinaluvchining muhitga bog’liqligi to’g’risidagi tasavvurni kuchaytiradi.
N 1 va N 3 (ko’k va qizil) ranglar yonma–yon bo’lganda (bir funksional guruh tashkil qilib), ko’k rang bilan tavsiflanuvchi mustaqillik, erkinlik, sub’ektning tashqi yo’nalganligining ijobiy balansi deb ta’kidlanadi.
N 2 va N 4 (yashil va sariq) ranglarning birikmasi sub’ektning qaysarligiga, mustaqillikka, o’zligiga intilishini tashqi muhitga bog’liqligiga qarshi qo’yish deb tushuniladi.
Lyusher asosiy ranglarni talqin qilishda ular quyidagi psixologik ehtiyojlar ramzidir deb hisoblaydi:
N 1 (ko’k) – qoniqishga, osoyishtalikka, muhim ijobiy bog’lanishlikka ehtiyoj.
N 2 (yashil) – o’z–o’zini tasdiqlash;
N 3 (qizil) – faol harakat qilish va muvaffaqiyatga erishishga bo’lgan ehtiyoj;
N 4 (sariq) – istiqbol, ezgu umidlar va orzularga ehtiyoj.
Agar asosiy ranglar 1–5 o’rinlarda joylashgan bo’lsa, demak bu ehtiyojlar malum darajada qoniqtiriladi, yoki qoniqtirilayotgan sifatida qabul qilinadi; agar ular 6–8 o’rinlarda bo’lsa, demak qandaydir ziddiyat, tashvish, noqulay holatlar tufayli qoniqmaslikni bildiradi. Inkor qilinayotgan rangni stress manbai deb qarash mumkin. Masalan, inkor qilinayotgan ko’k rang osoyishtalik, bog’lanish yo’qligidan qoniqmaslikni bildiradi.
M. Lyusher ranglar tanlovi tahlili orqali ishchanlikni baholash imkoniyatlarini quyidagi holatlar orqali amalga oshirishni taklif qilgan:
Yashil rang faoliyatning murakkab sharoitlarida ish qobiliyatini taminlovchi iroda kuchining harakatchanligini bildiradi.
Qizil rang ishchanlikni saqlashga yordam beruvchi iroda kuchi va maqsadga erishishga intilishdan qoniqish hissini ifodalaydi.
Sariq rang muvaffaqiyatga bo’lgan umidni, ba’zi qismlarni anglanmay, keyingi ish rejalari bo’lmagan faoliyatda ishtirok etganidan yuzaki qoniqishni aks ettiradi.
Agar bu uchchala rang qator boshida va bir joyda bo’lsa faoliyat mahsuldorligi ishchanlikning yuqoriligidan dalolatdir. Agar ular qatorning ikkinchi yarmida va bir–biridan ajralgan bo’lsa taxmin (prognoz) biroz noxushroq bo’ladi.
Tashvish ko’rsatkichlari: Agar asosiy rang 6–o’rinda turgan bo’lsa «–» shaklda belgilanadi, qolganlari (7–8 o’rindagilar) ham «–» shaklida belgilanadi. Ularni inkor qilinayotgan ranglar, tashvish, salbiy holat sababchisi deb bilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |