Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya


Guruh ichidagi va guruhlararo eksperimentlarning yutuq va kamchiliklari



Download 30,29 Mb.
bet138/297
Sana04.04.2022
Hajmi30,29 Mb.
#528647
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   297
Bog'liq
UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022

3. Guruh ichidagi va guruhlararo eksperimentlarning yutuq va kamchiliklari

Guruh ichidagi eksperimentlar

Guruh ichidagi eksperiment

Yutuqlar

Kamchiliklar

Yutuqlar

Kamchiliklar

Ishtirokchilar sonining ko'p bo'lishi

Bir - biriga ta'sirni kuchliligi

Guruhlararo raqobat

Guruhlararo farq

Eksperimentga kamroq vaqt sarflanishi

ABBA tengligi guruhni aralashishiga halaqit beradi

Tenglashtirish kerak emas

Ko'p ishtirokchilarning kerak bo'lishi

Gurhlararo o'zgaruvchanlikni kamligi

Ta'sir qilish diapazoni muammolarni hal qilishi mumkin

Tanlovlar guruhdagi o'zgaruvchanlikni kamaytiradi

Ko'p vaqt ketishi







Ishtirokchilarni tasodifiy bo'lish mumkin

Guruhlarni hosil qilish ko'p kuch talab etadi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Guruhlararo o’tkaziladigan eksperimentlarning yutuqlari nimada?
2.Guruhlararo eksperimentlarni tuzishda nimaga e`tibor berish lozim?
3.Guruh ichida eksperimentlar guruhlararo eksperimentlardan qaysi jihati bilan farqlanadi.
4.Negativizm deb nimaga aytiladi?
5.Nonkonformizm tushunchasi qanday guruhga nisbatan qo’llanadi?

MAVZU: EKSPERIMENTLARNI LOYIHALASH
Reja:
1.Bitta o’zgaruvchili eksperimentlar.
2.Faktorli loyihalar.
Tayanch tushunchalar:
Interpolyatsiya. Ekstrapolyatsiya, Ikki darajali eksperiment. Tub effekti. omilli reja. rotatsion eksperimentlar. Shift effekti, faktor. Faktorli eksperiment.Gomogen.geterogen
1. Bir o’zgaruvchili eksperimentlar
Oddiy eksperimentda bir mustaqil o’zgaruvchi ikki darajaga ega bo’ladi. Ayrim tadqiqotchilar mazkur darajalarga mos keluvchi guruhlarni eksperiment guruhi va nazorat guruhi deb nomlashni ma`qul ko’radilar. Ba`zi hollarda nazorat sharti – biron-bir ta`sirning mavjud emasligi aniq-ravshan bo’ladi. Masalan, sizni biron-bir dorining xulq-atvorga ta`siri qiziqtirsa, nazorat guruhi bu dorini olmaydi, eksperiment guruhi esa – oladi. Bu yerda nazorat guruhi kuzatilayotgan effekt eksperimentda ishtirok etishining o’zi bilangina paydo bo’lmaganini ko’rsatishga ham yordam beradi. Boshqa hollarda, ayniqsa mustaqil o’zgaruvchining bir necha darajalaridan foydalanilganida, qaysi guruhni nazorat guruhi deb nomlash zarurligi aniq bo’lmaydi. Shu sababli odatda, mustaqil o’zgaruvchini tavsiflash uchun daraja atamasi ishlatiladi. Nima bo’lganda ham biz real eksperimentga ega bo’lish uchun kamida ikki darajadan foydalanishimiz lozim. Aks holda mustaqil o’zgaruvchining o’zgarishi xulq-atvorda o’zgarish Yuz berishiga sabab bo’lgan, deb aytish mumkin bo’lmaydi, chunki taqqoslashni amalga oshirish mumkin emas.
Ma`lumotlarga qaraganda, eksperimental psixologiya endigina paydo bo’lgan davrda bir o’zgaruvchili va ikki darajali eksperimentlar odatdagi bir hol hisoblangan. Fanimiz o’zining shakllanish bosqichida bo’lgani bois, tadqiqotchilar mustaqil o’zgaruvchi ta`sirining xususiyatini aniqlashdan ko’ra, umuman mustaqil o’zgaruvchi biron-bir ta`sir ko’rsatadimi, degan savolga javob topish bilan ko’proq shug`ullanganlar. Boz ustiga, ular yanada murakkab eksperimental omillarni tahlil qilish uchun zarur tekshirishlarning statistik metodlarini hali ishlab chiqqan bo’lmagan. Bir qator holatlar uchun metodlar mavjud bo’lgan, biroq, qoida tariqasida, o’rtacha tadqiqotchiga ular yaxshi ma`lum bo’lmagan.
Bugungi kunda jurnallarning muharrirlari odatda eksperimentda ta`sirlarning ikkitadan ortiq darajalarini ko’rishga umid qiladilar. Ba`zan juda yaxshi bajarilgan ikki darajali eksperimentlar maqbul deb qaraladi (ayniqsa bir nechta eksperimentlar to’g`risida xabar berilganida), biroq tipik eksperiment odatda darajalar to’plamiga ega bo’ladi. Shunga qaramay ikki darajali eksperimentdan birinchi qadam sifatida foydalanishga yo’l qo’yiladi. Boshlovchi eksperimentatorlar bunday eksperimentni o’tkazishni o’rganib olishlari lozim. Ayrim hollarda ikki darajali eksperimentlar qimmatli natijalar berishi mumkin.

Download 30,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish