Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya


Tobe o’zgaruvchini tanlash: operatsional tushuncha, validlik, ishonchlilik



Download 30,29 Mb.
bet128/297
Sana04.04.2022
Hajmi30,29 Mb.
#528647
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   297
Bog'liq
UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022

1. Tobe o’zgaruvchini tanlash: operatsional tushuncha, validlik, ishonchlilik
Tobe o’zgaruvchi qandaydir mustaqil o’zgaruvchining ta`sirida xulq-atvorda ro’y beradigan o’zgarishdir. Tekshirish uchun xulq-atvordagi o’zgarishlarning xilma xil ko’rsatkichlari predmet qilib olinishi mumkin. Tobe o’zgaruvchi sifatida qanday jarayon yoki hodisani tanlashimiz yakunda nimani tekshirishimizni ma`lum qiladi.
Keling, “Zo’ravonlik tasvirlangan teleko’rsatuvlar bolalardagi agressivlikni oshiradimi?” degan savolga qaytaylik. Tasavvur qilaylik, biz tajribada agressivlik darajasiga teleko’rsatuvlar ta`sirini tekshirishni rejalashtirganmiz. Bunday holatda biz avvalo agressivlik tushunchasiga operatsional ta`rifni aniqlashtirib olishimiz kerak bo’ladi. Chunki agressivlik deganda nimani tushunishmiz bolaning qaysi harakatlarini agressiya toifasiga kiritishimizni belgilab beradi.
Avvalo, shuni ta`kidlash kerakki, biz keltirayotgan misolga o’xshash vaziyatda tadqiqotchi birinchi navbatda tobe o’zgaruvchi sifatida gavdalanayotgan agressivlikning mezoni, agressiv xatti-harakatlarni ifodalovchi alomatlar deganda nimalarni qabul qilishini hal etishi kerak. Bu masalani hal etishning usullaridan biri ekspertlar guruhiga har bir bolaning o’yin vaziyatidagi xatti-harakatlari tasvirlangan videolavhani ko’ rsatib, ularga 7 balli shkala asosida bola xulq-avtorida agressiyaning namoyon bo’lishi darajasini baholashdir. Boshqacha usulni qo’llab, ya`ni bolalarga turli muammoli vaziyatlarga tushib qolgan bolalar haqida hikoya qilib berib, ularning o’rnida o’zlari bo’lganda qanday yo’l tutishlarini so’rash orqali ham ushbu masalani yechish mumkin. Shuningdek, bolalarning agressiv toifaga kiruvchi o’yinchoqlar (masalan, to’pponcha, pichoq va h.) va noagressiv o’yinchoqlar (masalan, mashinalar, qurilish uskunalari, qo’g`irchoqlar va h.) bilan o’ynashini kuzatishimiz mumkin. Kuzatuv natijasida biz har bir toifa o’yinchoqlar bilan bola qancha vaqt o’ynayotganini qayd etib, bu belgini agressivlik ifodasi sifatida qabul qilishimiz mumkin. Shubhasiz, qo’yilayotgan ilmiy-tekshiruv masalasining bu jihatini hal etishning yana boshqa xil usullarini o’ylab topsa bo’ladi. Muhimi shuki, ilmiy tekshiruvga kirishayotganda, albatta, operatsional ta`rifni aniqlashtirib olish shartdir.
Ba`zida tobe o’zgaruvchi go’yo aniq ko’rinib turgandek bo’lganda ham, operatsional ta`rifni aniqlashtirish qiyinchilik tug`dirishi mumkin. Masalan, faraz qilaylik, ikki tadqiqotchi evolYutsion psixologiyada ilgari surilayotgan ayrim nazariyalar statistika ma`lumotlari bilan qanchalik tasdiqlanishini tekshirmoqchi. Jumladan, shunday taxminlardan biriga ko’ra, odam o’zi bilan birga yashayotgan odamlar orasida o’ziga irsiy jihatdan qondosh-qarindosh bo’lganlarga nisbatan ularga genetik aloqasi yo’q odamlarni ko’proq o’ldiradilar. Go’yoki bu yerda har bir toifaga kiruvchi odamlar orasida kimlarga nisbatan ko’proq qotillik jinoyati sodir etilganini hisoblashning o’zi kifoyadek tuYuladi. Ammo qotillik deganda nimani tushunish kerak? Ba`zi mamkalatlarda qotillik jinoyati tofasiga qotillikka urinish va behosdan odam o’ldirish kiritiladi. Bu holda o’tkazilayotgan tekshiruv qanday yakunlanganidan qat`iy nazar barcha suiqasdlar va ehtiyotsizlik sababli ro’y bergan qotilliklarni hisobga olish zarur bo’ladi. Tasodifiy qotilliklarning ko’pchiligi, xuddi mashinada odamni urib Yuborish holati kabi vaziyatlarda aslida qotillik niyati bo’lmaydi. Niyatning bo’lishi qanchalik muhim? Agar niyat muhim bo’lsa, unda qotillikka urinishni ham qotillik deb hisoblash kerak. Yoki faqatgina sud hukmi bilan aybdor, deb topilganlarni qotillar toifasiga kiritish mumkinmi? Bir qarashda oxirgi tilga olingan yondashuv to’g`riday: hisob kitobga aybdorligi isbotlanmagan odamlarni kiritmagan ma`qul. Ammo ayblovlar sonini sanash yana boshqa xil raqamlarni berishi mumkin. Detroytda bir yilda sodir qilingan qotilliklarda 20 ta erkak o’z xotinini o’ldirganda aybdor deb topilgan, 9 ta ayol o’z erining qotili sifatida qayd etilgan. Bu raqamlar go’yo oiladagi qotilliklar ko’proq erkak kishilar tomonidan sodir qilinishini ko’rsatayotganday. Biroq aslida bunday qotilliklar ko’proq ayollar tomonidan sodir etiladi. Faqatgina qotil xotinlarning jinoyat ishlari 75% holatlarda tergov-surishtiruvsiz tugallanadi, qotil erlar orasida esa bu ko’rsatkich 20% tashkil etadi, xolos. Tadqiqotchilarning ko’rsatishicha, ayblovlarning o’zini hisoblash jinoyatchilardan ko’ra ko’proq da`vogarlarning xulq-atvori haqida ma`lumot beradi. Ushbu misoldan ham ma`lum bo’layaptiki, tobe o’zgaruvchilarni operatsional aniqlash mustaqil o’zgaruvchilarni aniqlashtirishdan oson emas.
Tobe o’zgaruvchilarni aniqlashtirishda biz nafaqat operatsional ta`riflar masalasini, balki amalga oshiriladigan tekshiruv valid va ishonchli bo’lishini ham nazorat qilib turishimiz kerak.

Download 30,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish