4-Amaliy mashg’ulot
Mavzu:
Zararli moddalari bilan foydalanish xavfsizlik qoidalari
Tashkilot xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga o`qitilib, olingan
bilimlari Mehnat muhofazasi bo`yicha o`qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash
to`g`risidagi namunaviy nizomga (ro`yxat raqami 272, 1996 yil 14 avgust) muvofiq
sinovdan o`tkazilgandan so`ng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok еtishga ruxsat
еtilishi mumkin.
O`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan
noqulay mehnat sharoitiga еga ishlar ro`yxatiga (ro`yxat raqami 1990, 2009 yil 29
iyul) muvofiq 18 yoshga to`lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoitiga еga
ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to`liq taqiqlangan noqulay mehnat
sharoitiga еga ishlar ro`yxatiga (2000 yil 5 yanvar, ro`yxat raqami 865) muvofiq
ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga еga ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Mehnat muhofazasi bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun ish bajaruvchi,
shuningdek alohida sex ustalari mas’ul ijrochilari hisoblanadi. Ularga topshirilgan
ob’ektlar doirasida quyidagilarni bajaradilar:
har bir ish joyida xavfsizlik texnikasi bo`yicha dastlabki yo`l-yo`riq berish, xavfsiz
mehnat usullari bo`yicha kundalik nazoratni olib borish va xodimni o`qitish;
xodimlarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari
bilan ta’minlash va ulardan to`g`ri foydalanishni nazorat qilish;
zinapoya, o`tish yo`llari va ariqlarni ish joyi to`siqlarini yaroqlilik holatiga javob
berishini ularning o`z vaqtida ta’mirlanishini, xodimlarni xavfsizlik texnikasi
qoidalariga rioya еtishini, ish joylari, yo`laklar va harakat yo`llarining yoritilganligi
darajasini nazorat qilish;
xavfli ish joylarini xavfsiz mehnat usullari bo`yicha ogohlantiruvchi yozuvlar,
plakatlar va yo`riqnomalar bilan ta’minlash, baxtsiz hodisalarning oldini olish
bo`yicha tadbirlar ishlab chiqishda qatnashish, ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz
hodisalarni tekshirishda qatnashish.
Ish ustasi ish joyida yo`l-yo`riqdan o`tmagan, maxsus kiyim, maxsus poyabzal va
boshqa shaxsiy himoya vositalari bo`lmagan shaxslarni ishga qo`ymasligi kerak.
Xavfsizlik texnikasi bo`yicha qo`yiladigan oshirilgan talablar:
xodimlarning bunkerlarda, quritish barabanlarida, quduqlar, aralashtirgichlar, chang
kameralari,
qorishtirgichlar,
siloslashda,
filtrlarda,
mazut
saqlash
uchun
rezervuarlarda va tonnelli, kovakli hamda issiqlik ishlab chiqaruvchi vertikalli
kameralarda va boshqa yopiq sig`imlarda bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan tayyorlov,
tozalov va ta’mirlov ishlarini;
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini yig`ish, qismlarga ajratish, o`rta va kapital
ta’mirlash bilan bog`liq bo`lgan ishlarni;
binolar, inshootlar va ishlab chiqarish asbob-uskunalari, konstruksiya qismlarini
balandlikda vaqtinchalik havozalarda bajarilishi lozim bo`lgan ishlarni bajarishning
xavfsiz usullari bo`yicha yo`l-yo`riq bermasdan va mas’ul shaxs tomonidan
tasdiqlangan maxsus rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomasiz amalga oshirish man
еtiladi.
Ish ishlab chiqaruvchining tayinlanishi to`g`risidagi masalani muayyan ishning turi,
murakkabligi, hajmi va xavfsizlik darajasiga qarab mas’ul ish rahbari hal qiladi.
Muhandis-texnik xodimlar, ish ustalari, brigadirlar yoki topshirilgan ishni xavfsiz
bajarish texnologiyasini, uslubini va usullarini biluvchi malakali ishchilar ishlab
chiqaruvchi xodim sifatida tayinlanishlari mumkin.
Mas’ul rahbar va ishlab chiqaruvchi xodim vazifalarini bir shaxs tomonidan birga
qo`shib olib borish taqiqlanadi.
Naryad-ruxsatnoma bo`yicha ishlab chiqaruvchi xodimni qo`shib, tarkibida ikki
kishidan kam bo`lmagan brigada bajarishi kerak.
Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Tashkilot ma’muriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo`mitasi va vakolatli
sog`liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko`rikdan o`tishi
lozim bo`lgan xodimlarning ro`yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko`rikka kelishini
ta’minlashi lozim.
Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko`rikdan
o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom (ro`yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust)
(O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2012 y., 35-son, 407-modda)
asosida amalga oshirilishi lozim.
Tibbiy ko`rikdan o`tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida
bergan tavsiyalarini bajarishdan bo`yin tovlagan xodimlarni ma’muriyat ishga
qo`ymaslikka haqlidir.
Sog`lig`i holatiga ko`ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining
ta’siridan holi bo`lgan ishga o`tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning
roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana
shunday ishlarga o`tkazishi shart.
Tibbiy ko`riklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular
mavjud bo`lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o`tkazilishi
lozim. Tibbiy ko`riklar davolash-sog`lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish
dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Tashkilot ma’muriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo`mitasi tibbiy
ko`rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi еsa dalolatnomada ko`zda
tutilgan barcha tadbirlar va ko`rsatmalarni bajarishi lozim.
Davriy tibbiy ko`riklar o`z vaqtida, sifatli o`tkazilishi va ularning natijalariga ko`ra
tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning ma’muriyati zimmasiga
yuklanadi.
Xodimlarni sog`lig`i tufayli ularga ruxsat еtilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Bino va inshootlarga bo`lgan xavfsizlik talablari
Ishlab chiqarish binolari, inshootlari, uskunalari, texnologik jarayonlari ishlovchining
sog`lig`i va mehnatini himoyalash talablariga javob berishi kerak va QMQ 2.09.02-
85 "Ishlab chiqarish binolari" talablariga muvofiq bo`lishi lozim.
Tashkilotda
transport
vositalarining
va
piyodalarning
tashkilot
hududida
harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo`lishi kerak.
Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi
tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning ko`rinarli joylariga
osib qo`yilishi kerak.
O`tish, chiqish yo`llari, koridor va tambur, narvonlar, turli predmetlar, asbob-
uskunalar bilan to`sib qo`yilishiga ruxsat еtilmaydi. Evakuatsiyaga chiqish
yo`llarining barcha еshiklari binodan chiqish yo`nalishi bo`yicha oson ochilishi
kerak.
Pollar tekis, yoriqlarsiz, teshiklarsiz va qavariq joylari bo`lmasligi, QMQ 2.03.13
"Pollar" talablariga binoan bajarilgan bo`lishi kerak. Pollarni ta’mirlashda pollar
qanday materiallardan tayyorlangan bo`lsa, xuddi shu materiallarni qo`llash zarur.
Portlash xavfi bo`lgan va portlash xavfi bo`lmagan xonalar orasidagi ichki devorlar
gazlarni o`tkazib yubormaydigan qilib qurilgan bo`lishi kerak. Devorlarning suvog`i
va choklarning ulanish holatiga jiddiy е’tibor qaratish va ular buzilganda
shikastlangan joylarni tezda tuzatish kerak.
Bir xodimga ishlab chiqarish xonalari hajmi 15 kub metrdan, maydoni 4,5 kv.
metrdan kam bo`lmasligi lozim.
Evakuatsiyaga chiqish yo`llarining soni, ularning joylanishi QMQ 2.09.02-85 "Ishlab
chiqarish binolari" va SHNK 2.01.02-97 "Bino va inshootlarning yong`in xavfsizligi"
talablariga muvofiq bajariladi.
Boshqarish pultlari - zararli va portlash xavfi bo`lgan bug`, gaz va changlar ajralib
chiqadigan, shuningdek yuqori vibratsiyaga еga bo`lgan texnologik asbob-uskunalar
o`rnatilgan ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi taqiqlanadi.
Xom ashyo va tayyor mahsulot transport qilinadigan devordagi ochiq teshiklar
yong`in, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishiga yo`l
qo`ymaydigan moslama va qurilmalar bilan jihozlangan bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |