4-qoida.
Nima uchun shuncha ko‘p odam ingliz tilida
gapira olmaydi? Men o‘z tajribam hamda izlanishlarim
natijasida bitta xulosaga keldim: ular har bir darsni chuqur
o‘rganishmaydi. Bugun bir mavzuni, ertaga ikkinchisini o‘rganib
ketaveradi. Chuqur o‘rganish – bu ingliz tilini o‘rganish uchun
asosiy kalit hisoblanadi.
16
NATURAL ENGLISH
speak english easily, fast and automatically
Demak, darslarimizning har birini ko‘rsatilgandek eshiting.
Ya’ni har bir darsni kamida 7 kun yoki 10 kun, kuniga kamida
1 soatdan vaqt ajratib, 20 martadan 30 martagacha (imkon bo‘lsa,
yanada ko‘proq) eshiting. 40 marta tinglasangiz, juda zo‘r.
50 marta bo‘lsa, super. Shoshilmang. Sekin-sekin ildamlang.
Sekin bo‘lsa-da, chuqur o‘rgansangiz, yaxshi gapirib ketasiz.
Birdaniga ko‘p dars eshitish kerak emas.
4-qoidaning xulosasi:
chuqur o‘rganing.
5-qoida.
Grammatikani hikoyalar yordamida o‘rganing.
Bizning mashg‘ulotlarimizda POV darslari deb nomlangan
darslar bor. Bu darslarda bir hikoya turli zamonlarda, masalan,
avval o‘tgan, keyin kelasi, so‘ng hozirgi zamonda beriladi. Bir
hikoyani har xil zamonda eshitaverganingizdan keyin o‘z-o‘zidan
ingliz tilida zamonlardan to‘g‘ri foydalana boshlaysiz. Shu tarzda
grammatikadan testlarni ham osonlik bilan yechasiz va yuqori
ko‘rsatkichlarga erishasiz.
5-qoidaning xulosasi:
POV hikoyalaridan foydalaning.
6-qoida.
Men ingliz tilim juda zo‘r deb o‘ylar edim. Toshkentga
o‘qishga kelganimda amerikalik hamda avstraliyalik ingliz tilida
gapiruvchilarni uchratib qoldim. Ingliz tilini qanchalik yaxshi
bilmayin, ular bilan umuman gaplasha olmadim. Chunki ular
juda tez gapirishardi, tushunib ulgurmasdim. Men biladigan
salomlashish usullaridan umuman foydalanishmasdi. Boshqacha
gapirishardi. Sezdimki, biz o‘rganayotgan va ular gapiradigan
ingliz tili ancha farqli. O‘rganayotgan ingliz tilimiz haqiqiy
amerikaliklar yoki avstraliyaliklar, britaniyaliklar gapiradigan
jonli til emas, balki soxta bir narsa ekan. Siz haqiqiy ingliz
tilini o‘rganing. Tezkor suhbatlar grammatikani tahlil qilib
o‘tirishingizni kutmaydi. Siz birdaniga ingliz tilida o‘ylashni
o‘rganing. Buni keyingi qoidamda tushuntirib ketaman.
6-qoidaning xulosasi:
haqiqiy ingliz tilini o‘rganing,
kitoblarda yozilgan soxta tilni emas. U ingliz tili sizga umuman
kerak bo‘lmaydi.
17
Jumanazar Khushbakov
Do'stlaringiz bilan baham: |