Darslardan qanday foydalanish kerak? Har bir dars kamida 2-3 ta qismdan iborat. Bir dars tarkibidagi
dars qismlarining nomi bir xil bo‘ladi. Bu darslarning hammasi
birga eshitiladi.
Har kuni bir darsning ichidagi hamma qismlarni baravar olib
boring.
Bir hafta yoki undan ko‘proq vaqt davomida FAQAT BITTA
NOMDAGI darslarni eshiting.
BU JUDA MUHIM!!!
Siz faqat mana bu eshitish rejasiga to‘liq amal qilganingizda-
gina natijaga erishasiz:
BITTA DARSNI BIR HAFTA DAVOMIDA HAR KUNI!
Ba’zi darslarning 3 tadan ko‘proq qismlari bor.
Xo‘sh, darslar qanday qismlardan tarkib topgan?
* Qo‘llanmada har bir eshitiladigan darslarning yozma shakli
ham bor. Kitobni faqat o‘qimang. Yodlamang. Kuniga bir necha
marta o‘qisangiz ham bo‘ladi. Dastlab eshitganingizda tushunma-
sangiz, kitobni olib lug‘atdan foydalanib tarjimasini bilib oling.
Kitobdan qachon foydalanish kerakligi yozilgan joyga diqqat
qiling.