36
7 - diod 20 - xalqa
8 - orqa podshipnik 21 - oldingipodshi‟nik
9 - kontakt xalqa 22 - rotor chulg‟ami
10 - rotor vali 23 - rotor
11 - shetka 24 - statorchulg‟ami
12 - chiqish “30” 25 - stator
13 - shetka ushlagich 26 - oldingiqo‟qoq
Aylanuvchi yoki rotorli uyg‟otish chulg‟amli (kontaktli) uch fazali
generatorlar ikki asosiy qismdan tuzilgan: startyor va rotor. Korpus o‟zaklariga
fazaviy chulg‟am g‟altaklari o‟rnatilgan. Ularning soni uch karra ko‟p. Bu
chulg‟amlar fazoda biri ikkinchisiga nisbatan 120
ga surilgan. Fazaviy g‟altak
simning boshi a, v va s izolyatsiyalangan qismlarga, oxiri esa “nolinchi” nuqta hosil
qilib o‟zaro ulanadi. Fazaviy g‟altaklarning bunday ulanishi uchburchak usulida
ulash deb ataladi.
Generator rotori chulg‟ami o‟zgarmas tokni qismlar SH va M, cho‟tka va
kontakt halqalar orqali oluvchi ikki qutbli elektr magnitdan iborat. Generator
ishlayotganda rotor uyg‟otish chulg‟ami aylanadi, bu generator tipini belgilaydi.
Rotor aylanganda uning uyg‟otish chulg‟ami hosil qilgan magnit maydoni fazaviy
g‟altaklar o‟ramini kesib o‟tadi va ularda o‟zgaruvchan e.yu.k. hosil bo‟ladi. Rotor
aylana boshlaganda uyg‟otish chulg‟amiga tok akkumulyator batareyasidan keladi,
biroq generator uyg‟ongach, chulg‟am o‟z generatoridan to‟g‟rilangan o‟zgarmas tok
bilan ta‟minlaydi. Generator qismlarida kuchlanishning ortishi va tokning
ko‟payishini cheklash uchun bu tipdagi generatorlar kuchlanish rostlagichlari va tok
cheklagichlar bilan jihozlanadi.
Uch fazali generatorlar borgan sari keng tarqalmoqda chunki ularda kontakt
halqalari va cho‟tkalar yo‟q, bu esa ularning tuzilishi va ularga xizmat ko‟rsatishni
osonlashtiradi va akkumulyator batareyasidan uyg‟otilishi mumkin (tashqi nagruzka
uzilganda). qo‟zg‟almas uyg‟otish chulg‟ami generator, shuningdek startyor va
rotorga ega. Startyor chulg‟amini hosil qiluvchi fazaviy chulg‟am g‟altaklari
korpusning o‟zaklariga joylashgan. CHulg‟amsiz ko‟p uchli yulduzcha rotor sifatida
xizmat qiladi. Uyg‟otish chulg‟ami po‟lat vtulkaga qo‟zg‟almas qilib o‟rnatiladi va
qo‟shimcha ravishda generator qopqoqlariga ham mahkamlangan. U o‟zgarmas tok
bilan qismlar M va SH orqali ta‟minlanadi. Rotor aylanganda yulduzcha uchlari
uyg‟otish chulg‟ami o‟zagining toretsi atrofida harakatlanadi. SHu chulg‟am hosil
qilgan magnit oqimi vtulkadan havo tirqishi orqali rotor yulduzchasiga o‟tadi va uni
magnitlaydi. O‟z navbatida rotorning magnit oqimi fazaviy g‟altaklar o‟ramini kesib
o‟tadi va ularda induktsiyalangan e.yu.k. ni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: