Namangan muhandislik-qurilish


Elektrolit tayyorlash va akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/252
Sana24.01.2022
Hajmi7,74 Mb.
#408115
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   252
Bog'liq
elektir javoblari

 Elektrolit tayyorlash va akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash. 
Akkumulyator  uchun  elektrolit  sulfat  kislota  va  distilangan  suvdan 
tayyorlanadi. Akkumulyator uchun sulfat kislota katta shisha idishlarda zavodlardan 
keltiriladi.  U  bilan  ehtiyot  bo‟lib  ishlash  kerak,  chunki  u  juda  kuydiradi. 
Disterlangan  suv  qayta  haydash  apparatlari  distillyatorlarda  tayyorlanadi.  Ayrim 
hollarda filtrlardan o‟tkazilgan qor yoki yomg‟ir suvini ishlatish mumkin, (biroq qor 
tunuka tomdan olinmagan va metall idishga solinmagan bo‟lishi shart). Juda yuqori 
darajadagi  sof  elektrolit  akkumulyatorlar  batareyasining  uzoq  muddat  ishlashini 
ta‟minlanishi esda saqlash kerak. 
 
Elektrolit  tayyorlanayotgan  suvga  qo‟shiladigan  kislota  miqdori  iqlim 
mintaqasi fasl va separator materialiga bog‟liq. Aralashma densimetr (2 - rasm, a) 
yoki  kuchlanish  vilkasi  (2  -  rasm,  b)  bilan  o‟lchanadigan  ma‟lum  miqdoriga 
zichlikka  keltiriladi.  15

S  ga  keltirilgan  elektrolit  zichligi  quyidagi  miqdordan 
oshmasligi lozim: 
 
Qishda  temperaturasi  -  40

S  gacha  bo‟lgan  rayonlar  uchun  1,31;  qishda 
temperaturasi - 30

S gacha bo‟lgan rayonlar uchun esa butun yil davomida 1,25. 
 
Elektrolitning  muzlash  temperaturasi  uning  zichligi  oshishi  bilan  pasayadi. 
Masalan, zichligi 1,30 bo‟lgan elektrolit - 68

S da, zichligi 1,25 bo‟lgan elektrolit - 
50

S da muzlaydi. 
 
Elektrolit,  odatda  toza  sopol  yoki  ebonit  idishda  (shisha  idishdan  mustasno) 
tayyorlanadi.  Bunday  ko‟zoynak  taqib,  rezina  qo‟lpoq,  rezina  fartuk  va  rezina  etik 
kiyib ishlash kerak. 
 
 
                             a)                                                b) 
2.3-rasm. Qo‟rg‟oshin-kislotali akkumulyatorlar batareyasining 
zaryadlanganligini tekshirish asboblari: 
1.2a - rasm aryometr, 1.2b - rasm yuklanish vilkasi. 


 
23 
Dastlab  idishga  suv,  so‟ngra  sulfat  kislota  ingichka  oqim  tarzida  qo‟yiladi. 
Aralashma  shisha  yoki  rezina  tayoqcha  bilan  obdon  aralashtiriladi.  Suvni  kislotaga 
quyish  mumkin  emas,  chunki  bunda  aralashma  sachrab  ketadi.  Bunga  sabab 
aralashmaning  yuqori  qatlamidan  katta  issiqlik  ajralib  chiqishidir.  Elektrolit  yoki 
kislota  tomchisi  teriga  tegsa,  shu  joyni  tezda  novshadil  spirtning  10%  li  suvdagi 
eritmasi yoki (juda bo‟lmasa) sovuq suv bilan yuvish kerak. 
 
Belgilangan zichlikda elektrolit tayyorlash uchun 1l distilangan suvga 15

S da 
zichligi 1,83 bo‟lgan sulfat kislotadan quyidagicha olish kerak: 
Elektrolit zichligi.      1,23      1,25     1,27       1,28        1,29        1,30      1,31, 
Sulfat kislota, (l).      0,285    0,310    0,345    0,365      0,385      0,405     0,475. 
 
Yangi  akkumulyatorlarga  zaryadlash  oxiridagi  elektrolit  zichligiga  nisbatan 
0,02 kam  zichlikdagi  elektrolit quyiladi. Agar  elektrolit  zichligini  o‟lchashda  uning 
temperaturasi  15

S  dan  past  yuqori  bo‟lsa,  unda  uning  u  yoki  bu  tomonga  har  bir 
gradus  sog‟ishiga  0,0007  ga  teng  bo‟lgan  tuzatish  kiritiladi.  Agar  elektrolit 
temperaturasi 16

S dan yuqori bo‟lsa, bu son densimetr ko‟rsatkichlariga qo‟shiladi 
va agar u 16

S dan kam bo‟lsa ayiriladi. 
 
Elektrolit  akkumulyatorga  shisha  yoki  plastmassa  voronkadan  shunday 
quyiladiki,  uning  sathi  plastinalardan  10  -  15mm  yuqori  bo‟lsin.  Elektrolit 
temperaturasi  quyish  oldindan  25

S  dan  yuqori  bo‟lmasligi  lozim.  To‟ldirilgan 
batareya  elektrolit  aktiv  massa  teshiklariga  yaxshi  shimilguncha  4  -  6  soat  turishi 
kerak. Agar keyin elektrolit sathi kamaysa, unda kamiga quyiladi. 
 
 
 
2.4-rasm. E 107 akkumulyator tekshirgich. 
1-  voltmetr;  2-  kronshteyn;  3-  korpus;  4-  yuklanish  rezistorlari;  5-  kontakt 
oyoqcha; 6- kontakt gayka; 7- dastak; 8- shchup. 
Indikator 
UZDJ
  avtomobillarining  akkumulyator  batareyasiga  o‟rnatilgan 
bo‟lib, akkumulyatorning texnik holatini baholash uchun xizmat qiladi. Batareyaning 
texnik holatiga ko‟ra quyidagi rangga ega bo‟lishi mumkin:  

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish