Namangan muhandislik-qurilish instituti


Metallarni  korroziyasining  oldini  olish  usullari



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/84
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#248541
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84
Bog'liq
5-mavzu

Metallarni  korroziyasining  oldini  olish  usullari.  Metallarni  korroziyadan  saqlash  uchun 

bir necha chora-tadbirlardan foydalaniladi: 

1.  Metall  sirtini  boshqa  metall  bilan  koplash.  Temirni  rux  bilan  qoplash  anod  qoplama 

deyiladi. Qoplama yemirilmaguncha qoplanuvchi metall yemirilmaydi. Temirni mis yoki qalay bilan 

qoplash  katod  qoplama  deyiladi.  Katod  qoplamani  biror  joyi  ko’chsa,  qoplanuvchi  metall  tezda 

ishdan chiqadi. 

2. Metall sirtini metall bo’lmagan moddalar bilan koplash. Lak, buyoq, rezina, surkov moy-

lari (solidol, vazelin, emal) bilan ishlov berish. 

3. Metallarga turli qo’shimchalar kiritish. Odatdagi po’latga 0,2-0,5% mis qo’shish yo’li bi-

lan  po’latning  korroziyaga  chidamliligi  1,5-2  marta  oshirish  mumkin.  Zanglamaydigan  po’lat  tar-

kibida 12% ga qadar xrom bo’ladi. Bunday po’latlar legirlangan po’latlar deyiladi. 

4. Metall sirtida kimyoviy birikmalar hosil qilish usuli bilan qoplamalash. Maxsus kimyoviy 

operatsiyalar o’tkazib, metall sirtini korroziyaga chidamli birikmalar pardasi bilan qoplash mumkin. 

Bunday pardalar — oksidli, fosfatli, xromatli va h. pardalar nomi bilan yuritiladi. Metall sirtida kor-

roziyaga chidamli oksid parda hosil qilish jarayoni oksidirlash deyiladi. Metall buyumni oksidlash-

ning  uch  xil  usuli  mavjud:  1)  metall  buyum  sirti  yuqori  haroratda  organik  moddalar  bilan  oksi-

dlantiriladi (qoraytiriladi, ko’kartiriladi va hokazo); 2) metall buyum (MnO

2

, NaNO


3

, K


2

Cr

2



O

7

 kabi) 



oksidlovchi  moddalar  ta’sirida  konsentrlangan  ishqor  eritmasi  bilan  suyuqlikning  qaynash  haro-

ratigacha qizdiriladi; 3) metall buyumni biror elektrolit eritmasi ichida anod qutbga joylab elektroliz 

o’tkaziladi, bu jarayon anodirlash deyiladi. 

Korroziya jarayonining tezligiga eritmalarda bo’lgan ionlar, ya’ni H

+

 va OH


 ionlari (eritma 

muhiti - pH) katta ta’sir ko’rsatadi. H

+

 ionlari ko’paysa korroziya kuchayadi, OH



 ionlari temirning 

korroziyalanishini susaytiradi, ammo amfoter metallarning korroziyalanishini tezlashtiradi. 

Korroziyani  tezlashtiruvchi  moddalar  korrozion  aktivatorlar  deyiladi.  Korrozion  muhitga 

qo’shilganda  metallarning  korroziyalanishini  susaytiruvchi  moddalar  korrozion  ingibitorlar 

deyiladi. Masalan, aminlar, mochevina, aldegidlar, xromatlar, fosfatlar, nitritlar, silikatlar va h. kor-

rozion ingibitorlardir. 

 

 



Nazorat uchun savol va mashqlar. 

 

1.  Metallar  korroziyasi  deb  nimaga  aytiladi?  Kimyoviy  va  elektrokimyoviy  korroziya  orasida 



kanday farq bor? 

2.  Ushbu metallar bir-biriga tegib turadi: Zn va Fe, Fe va Sn, Fe va Cu. 

Shu metallar juftlaridan qaysilari sulfat kislotada ancha shiddatli eriydi? 

3.  Odatdagi po’latning suvda korroziyalanish jarayonlarining tenglamalarini yozing? 

4.  Metallarni korroziyadan himoya qilishning eng muhim usullarini aytib bering? 

5.  Metallar korroziyasining ingibitorlari nimadan iborat va ular qanday hollarda ishlatiladi? 

 

 

Mavzuga oid tayanch iboralar. 



 

1.  Korroziya        

 

5. Katod qoplama  



2.  Korrozion aktivatorlar 

  

6. Elektrokimyoviy korroziya  



3.  Korrozion ingibitorlar 

 

7. Gaz korroziya  



4.  Anod qoplama 

 

  



8. Kimyoviy korroziya. 


«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan  ma’ruzalar matnlari. 

   62    

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 



 

1.  Rahimov X.R. «Anorganik ximiya», T.: «O’qituvchi»-1984. 

2.  Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy  asoslari. - 

T.:O’zbekiston, 2000. –5-9 b. 

3.  Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. «Umumiy va anorganik kimyo», T.: 

«O’qituvchi»-1996. 

4.  Glinka N.L. «Umumiy ximiya», T.: «O’qituvchi»-1986. 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan  ma’ruzalar matnlari. 

   63    

 


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish