Namangan davlat universiteti Urugʻli meva daraxtlarining bioekologik xususiyatlari hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi uygʻunlashgan xolda kurashish Voqqosxonov Sirojiddin



Download 3,28 Mb.
bet12/21
Sana18.07.2022
Hajmi3,28 Mb.
#820702
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Hosilni yig’ish. Hosilni o’z vaqtida yig’ib olish zararkunandalarning kamayishiga olib keladi. Paxta o’z vaqtida terib olinmasa, g’o’za biti (Aphis gossypii), beda biti (Aphis medicagints) ko’payib tolaning sifatini buzadi va yaroqsiz qilib qo’yadi. Beda o’z vaqtida o’rib-yig’ib olinmasa, urug’ining to’kilishinatijasida urug’xo’r (Bruchophagus roddi) ko’payadi, g’alla donining to’kilishi natijasida shved pashshasi (Oscinella frit) rivojlanadi. Biologik usul. qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalarining juda tez rivojlanishi, ko’payishining oldini olishda, ularni yo’q qilishda bu zararkunandalarning tabiiy dushmanlaridan, yirtqichlardan, parazitlar va kasallik qo’zg’atuvchi organizmlardan foydalanish zarur. Hozirgi kunda bizda bu usul juda katta maydonlarda ko’plab o’simliklarning zararkunandalariga qarshi qo’llanilib kelmoqda. Respublikamizda 700 dan ortiq biolaboratoriya va biofabrikalar mavjud bo’lib, ularda bir necha xil entomofaglar ko’paytirilib, ishlab chiqarishga joriy etilmoqda.
Biologik usulni keng qo’llash zararkunanda va ular entomofaglarining, ya`ni kushandalarining chuqur biologiyasini o’rganishni taqozo etadi. Biologik usulga ko’ra, qishloq xo’jalik ekinlarining kushandalari ko’plab sutemizuvchilarni, hasharotlarni, yirtqich hasharotlar, xonqizi (Cocinellidae), oltinko’z (Chrusopa), o’rgimchaklar va boshqa hasharotlarni qirib, ular sonini kamaytirib, iqtisodiy xavfni bartaraf etadi.
Qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalarining maxsus nazoratchilari bo’lib, ularning soni bir nechtadan bir necha o’nlab bo’lishi mumkin. Masalan, kuzgi tunlam (Agrotis segetum)ning 70 dan ortiq, fitonomus (Phytonomus variabilis)ning 40 ga yaqin parazitlari mavjud.
Karantin usuli. O’simliklar karantini ilgari bo’lmagan, lekin boshqa davlatlarda mavjud edi. Bu tadbir davlatimizda juda xavfli bo’lgan qishloq xo’jalik ekinlarining zararkunanda, begona o’t va kasalliklarining kirib kelishi va tarqalishining oldini olishdan iborat bo’lgan davlat tadbiridir. «Karantin» so’zi italyan tilidan olingan bo’lib, 40 kunlik muddatni bildiradi. Chunki ayrim sharq davlatlaridan kelgan kemalar shuncha muddat ushlab turilgan. Bu birinchi marta 1374-yili Italiyada qonun bilan belgilangan. Bu so’z tezlik bilan boshqa davlatlarda ham qabul qilindi.
Chunki bu vaqtda vabo kasalligi keng tarqalgan bo’lib, bu kasallik tarqalgan shahar va viloyatlar bilan aloqa qilish man etilgan. Qishloq xo’jaligi karantin xizmati o’simlikshunoslik, chorvachilik va o’rmonchilikni juda xavfli bo’lgan boshqa joylardan infeksiya kelib qolishidan himoya qilishdan iboratdir.
1851-yili Parij konferensiyasida karantin xizmati bo’yicha aloqalarga va keyinchalik o’simliklar karantiniga ham asos solindi. O’simliklar karantin tizimini xalqaro masshtabda 1877-yili Lozanie (Shveytsariya) yevropada keng tarqalgan filloksera ta`sirida katta maydonlarda toklarning nobud bo’lishiga qarshi o’tkazilgan xalqaro konferensiyaning ahamiyati katta bo’ldi. AQShda karantin qonuni 1912-yilda chiqarilgan AQSh qishloq xo’jalik vazirligiga va karantin xizmatiga taalluqli bo’lgan. Rossiyada karantin qonunshunosligi 1873-yildan boshlangan.
1929-yildagi karantin bo’yicha 24 davlat vakillari ishtirokida o’tkazilgan karantin xizmatini nazorat qilish o’simliklarni olib kelish va olib ketish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqilib, sertifikatlar berishga asos soldi. Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat bilan shug’ullanuvchi komissiyasi 1951-yili 50 davlat ishtirokida o’simlik mahsulotlari bilan savdo-sotiq ishlarini, mahsulot almashinuvida karantin xizmatini o’rniga qo’ydi.
1958- yilda sobiq qishloq xo’jaligi vazirligi tasdiqlagan karantin obektlari ichida 33 ta zararkunanda, 15 ta kasallik qo’zg’atuvchi tur va 9 ta begona o’tlarga qaratilgan. Bizda oxirgi qo’llangan qaror sobiq qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan 1980-yil 24 mayda chiqarilib, unga 70 ta obekt kiritilgan, shundan 33 tasi zararkunandalar, 11 tasi zamburug’lar, 8 tasi bakterial kasallik qo’zg’atuvchilar, 2 tasi nematoda va 16 tasi begona o’tlar edi.
Ituzumdosh o’simliklarning juda xavfli zararkunandasi bo’lgan kolorado qo’ng’izi (Leptinotarsa decemlineata) 1859-yilda Kolorado shtatida kartoshka ekilgan maydonlarda topilgan va juda xavfli hasharot ekanligi tasdiqlangan. Bu zararkunanda birinchi jahon urushioldidan Frantsiyada borligi ma`lum bo’ldi.
1950-yillarda bu zararkunanda Germaniyada ko’plab kartoshka ekilgan maydonlarga zarar yetkazdi. Keyinchalik Polsha, Belorussiya va Ukrainada paydo bo’ldi. 1972-yili O’zbekistonda Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida kartoshka ekilgan maydonlarda uchragani qayd qilingan. Hozir bu qo’ng’iz respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida uchraydi. 1990-yilda Rossiyada ko’p tarqalganligi uchun u karantin obekt qatoriga kiritildi.
O’simliklar karantinining asosiy vazifasi - o’simliklarni tashqi va ichki karantin bo’yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirishdan iborat bo’lib, bu tadbirlar quyidagilarga qaratiladi: respublika hududini chetdan kirib kelib, xalq xo’jaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo’lgan karantindagi xavfli zararkunandalardan, kasalliklar va begona o’tlardan muhofaza qilish.

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish