Namangan davlat universiteti madaniyatshunoslik



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/142
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#783891
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142
Bog'liq
Мажмуа таргибот 3-курс

Nazorat savollari. 
1.Targ`ibot – tashviqot ishida OAVning o`rni nimada? 
2.Ommaviy axborot vositalari deganda nimani tushunasiz? 
3.Madaniy-marifiy soha targ`ibotchilari qanday faoliyat olib borishadi?
4.Ommaviy auditoriya va u bilan qanday ishlash mumkin? 
 
Mavzu: Targ’ibot-tashviqot ishlarini rivojlanishida fan, ta`lim, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar 
va axborot texnologiyalarining o`rni 
Reja: 
1.
Targ’ibot-tashviqot ishlarini rivojlanishida fan, ta`lim, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va 
axborot texnologiyalarining o`rni. 
2.
Fan va ta`limga oid qaror, farmon, qonunlarning targ`iboti. 
3.
 
Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid targ`ibot-tashviqot ishlari.
 


83 
Tayanch
iboralar. 
Targ’ibot-tashviqot ishlarini rivojlanishida fan, ta`lim, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va 
axborot texnologiyalarining o`rni, Fan va ta`limga oid qaror, farmon, qonunlarning targ`ibot-
tashviqot ishlari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid targ`ibot-tashviqot ishlari. 
Fan yoki ilm-fan 
ilmiy metod
 bilan toʻplangan bilimlarning tartibli tizimidir. Fan — 
dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash 
bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy. manzarasi asosini 
tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. 
Fanning bevosita maqsadi oʻzining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf 
etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib 
berishdir. 
Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan boglik holda maydonga 
kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega boʻlgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari 
mifologiya sifatida qad. Sharq va Yunonistonda paydo boʻla boshlagan. Mifologiya fanga oʻtish 
boʻsagʻasida maʼlum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya 
oʻrnini naturfalsafa egalladi. Avestoda mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, 
Aristotel va boshqa kadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, 
goho ayrimayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi 
tushunchalar, isbotlash usuli paydo boʻldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey 
tomonidan geom., mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi. Oʻrta 
asrda Sharq olimlari Fanga ulkan hissa qoʻshdilar. Ular qad. fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni 
saklash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar. Ayni vaqtda F.ni 
yangi yutuklar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. Oʻrta Osiyoning buyuk olimlari 
ilmfanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonunqoidalarni kashf etdilar. Muhammad 
alXorazmiy tenglamalar haqidagi F. sifatida algebra va toʻngʻich algoritmparni yaratdi, 
astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Axmad al Fargʻoniy 
astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geogr. va geodeziyaga oid stereografik 
proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xoʻjandiy (10-asr) kub tenglamalar nazariyasini 
chuqurlashtirdi. Mahmud Koshgʻariy oʻz davrining qomusi boʻlgan "Devonu lugʻotit turk"ni 
yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn 
Sino tabobatning ilmiy zaminini qoʻydi (11-asr) Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Kushchi 
sonlar nazariyasiga muhim hissa qoʻshdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pogʻonaga 
koʻtardilar (15-asr). Yevropada Uygʻonish davri arafasida, 12-asr boshlaridan alXorazmiy, Ibn 
Sino, alKindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo 
da Vinchi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar 
tabiat haqidagi F.larni rivojlantirdilar. Astrologiya oʻrnini astronomiya, alkimyo oʻrnini kimyo 
egalladi. 
Yangi davr deb ataluvchi zamonda Fanning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning 
muhim tarmogʻi va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16—17-asrlarda klassik 
fizikaning poydevori qurildi. Fanning nazariya darajasiga koʻtarilganligi tafakkurning induktiv 
va deduktiv rivojlanishiga yoʻl ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan 
dinamikaning asosiy qonuni sifatida taʼriflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan 16—19-asrlarda 
xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va boshqa ijodi mexanikani moddiy 
nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika Fanishu darajada mantiqiy 
rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan 
qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar. 
Sanoatda tub oʻzgarishlar yuz berishi (18-asr oxiri) tufayli Fanning taraqqiyotida yangi 
bosqich boshlandi. 19-asrda fizikada yangi F.lar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo 
boʻldi, biol.da evolyutsion taʼlimot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saklanish 
va oʻzgarish qonuni shakllandi, astronomiya va mat.da yangi konsepsiyalar rivojlandi 
(J.Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, Ch.Darvin, T.Shvann, M.Shleyden va boshqalar). Geom. 


84 
sohasida inqilobiy taʼlimot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi 
yagona emasligi, balki noyevklid geom.lar ham borligi N.Lobachevskiy tomonidan bayon etildi 
va keyinchalik isbotlandi. DM.Mendeleyevning davriy sistemasi xar xil kimyoviy elementlar 
orasidagi ichki boglanishni ifodaladi. Mat. va fizikada 20-asrda ham katta yutuklar qoʻlga 
kiritildi, texnika F.larida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo boʻldi. F. va texnikaning 
yanada rivojlanishiga taʼsiri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va 
kimyo 
fanlaridagi 
muvaffaqiyatlar 
hujayralardagi 
biologik 
jarayonlarni 
yanada 
chuqurroqoʻrganishga imkon berdi, bu hol qishloq xoʻjaligi va tibbiyot F.larining rivojlanishiga 
olib keldi. Fanning ishlab chiqarish bilan yaqin hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy xayot bilan 
aloqalari mustahkamlana boshladi. Hozirgi F.lar fantexnika inkilobinnng muhim tarkibiy qismi 
hisoblanadi. 
Fan tizimi umuman kuyidagi katta guruhlarga boʻlinadi: tabiiy fanlar, gumanitar fanlar, 
texnika fanlari va ijtimoiy fanlar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda koʻp mustaqil fan sohalari 
ajraladi. Mustaqil fanlar bir-biriga bogʻliq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli 
muammolarini yechishga toʻgʻri keladi, bu hol hrz. paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni 
keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol boʻla 
oladi. Bu muammo texnika fanlari, Yer toʻgrisidagi fanlar, biologiya, matematika, tibbiyot, 
iqtisodiyot va boshqalar bilan qoʻshilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiytexnik muammolarni 
hal qilish uchun xoz. fanlarda tadqiqotlarni dasturiymaqsadli tashkil etish metodi keng 
qoʻllaniladi. Ilmiy tadqiqotlarni 2 ga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul 
qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning , bu 
tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiyamaliy muammolarni hal qilish uchun qoʻllash 
amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan 
oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar 
oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy 
etish hozirgi davr fani uchun muhim vazifalardan biridir. 
Hozirgi davrda fan jamiyat taraqqiyotini olgʻa siljituvchi kuch va vosita boʻlib 
qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, taʼlimtarbiya, 
axloq normalarini vujudga keltirish, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashda fan alohida oʻrin 
tutmoqda. Mustaqillik sharoiti O`zbekistonda Fanning rivojiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi. 
Avvalo, fanimiz strukturasi keskin oʻzgardi: maʼnaviy fanlar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi 
tiklandi, hadis bilimlariga yoʻl ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi 
ancha boyidi, yangi oliy oʻquv yurtlari, un-tlar tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi olimlar bilan 
mustah.kam ijodiy aloqalar oʻrnatdi. Buning natijasida tabiat va texnikatexnologiya haqidagi 
F.larimiz xam jahon andozasi darajasiga koʻtarila boshladi. Olimlarimiz ilmfanning dolzarb 
sohalarida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik 
modellash, informatika va hisoblash texnikasi qamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik 
jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyargenetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, qishloq 
xoʻjaligi, paxta seleksiyachiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviykimyoviy xossalarini 
oʻrganish bilan bogʻliq, energiyaning noanʼanaviy turlarini yaratish — Quyosh energiyasini 
kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish borasidagi tadqiqotlar ana 
shular jumlasidandir. 
Taʼlim
— 
bilim
 berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, 
kishini
 hayotga va 
mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga 
oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv 
yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish 
jarayonini ham bildiradi. 
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi 
bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning 
kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati 
taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib 
borgan. Taʼlim mohiyat-eʼtibori bilan dars berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) 


85 
faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish 
jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi — oʻqituvchi va 
taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida 
shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy 
vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga Taʼlim orqali oʻtadi. 
Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar Taʼlimni jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy 
tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar, baʼzisi Taʼlimning sinfiy xarakterga 
ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy 
qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini taʼkidlaydi. 
Taʼlimning maqsadi obʼyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, 
taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik 
tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari, 
qistuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir. Taʼlim jamiyat qurilishining 
muhim muammolarini hal qilish — jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy 
munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi. 
Taʼlim oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini 
oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Didaktik 
tamoyillarda taʼlimning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi. Taʼlimning 
maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq 
tarixan oʻzgarib boradi. OʻzRning 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi 
qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Taʼlim tizimining barcha yoʻnalishlarini 
takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996-yildan boshlab 
lotin imlosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv 
asosida dasturlar, qoʻllanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi, oʻqituvchilar lotin imlosi 
asosidagi yangi 
oʻzbek alifbosi
 boʻyicha qayta tayyorlash kurslaridan oʻtkazildi. Xalq taʼlimi 
boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorgarligini belgilaydigan „Tashhis markazlari“ 
tashkil etildi. Oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab 
bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, Taʼlim 
amaliyotini diagnostik taxdil etish, Taʼlim muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi 
qator pedagogik yangiliklar joriy etildi. 
Taʼlim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shartsharoit, fan va texnika, sanʼat 
holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasbhunar kollejlari, oʻrta maxsus va oliy 
oʻquv yurtlaridagi Taʼlimning mazmuniga umumiy maʼlumotdan tashqari muayyan kasb va 
mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus bilim, malaka va koʻnikmalar ham kiradi. Taʼlim 
mazmuni oʻquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. Taʼlimda qoʻyilgan 
maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (maʼruza, suqbat, 
tajribalar oʻtkazish, koʻrgazmali qurollarni qoʻllash, kuzatish, mashq va shu kabi)dan 
foydalaniladi. Oʻquv jarayonida texnik vositalar (kino, televideniye, radio, kompyuter, EHM va 
boshqalar)ni keng qoʻllash taʼlim metodini ishlab chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi. 
Taʼlimni tashkil etishning umumiy taʼlim, alohida (individual) taʼlim, tashkiliy taʼlim, 
sinfdars taʼlimi, kurs tizimi taʼlimi va boshqa turlari mavjud. Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar, 
oʻquvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq taʼlim tobora takomillashtirilib, yangi 
metod va shakllari ishlab chiqilmoqda. Xususan, taʼlimning keng umumiy maʼlumot asosida 
kasbiy ixtisoslashishning ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari —
 
radio

televideniye

film

kompyuter
, vaqtli 
matbuotdan
, shuningdek, oʻz ustida ishlashning turli 
shakllaridan foydalanilmoqda. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish