Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Populyatsiyalar ekologiyasi va ekosistemalar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/77
Sana15.05.2021
Hajmi0,8 Mb.
#64408
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Bog'liq
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni

Populyatsiyalar ekologiyasi va ekosistemalar 
(Ekotizim va ularning tasniflanishi) 
 
Reja  
1. 
Populyatsiya xaqida tushuncha 
2. 
Populyatsiyalar  dinamikasi 
3. 
Ekosistemalarning  biologik  mahsuldorligi 
4. 
Ekosistemalar  dinamikasi 
5. 
Quruqlik  va suv ekosistemalarining  tuzilishi 
 
Populyatsiya  deganda  biz  ma’lum  territoriya  yoki  akvatoriyani  egallagan 
bir tur doirasidagi individlarning  birlashmasini  tushunamiz. 
Populyatsiyalar  ekologiyasining  ob’ekti  qilib  butun  ekosistema,  ya’ni 
o’simliklar,  hayvonlar  va  mikroorganizmlar  populyatsiyalarining  barqaror 
kompleksi  va  ular  egallab  turgan  terrritoriya  yoki  akvatoriyasi  olinadi.  Bu  esa 
sistemali  yondashish  deyiladi.  Ekologiyada  bir  necha  yondashish  mavjud  bo’lib, 
ular  ichida  qabul  qilingani  ekosistemali  va  populyatsiyalarni  o’rganib 
yondashishlaridir.  Ulardan  birinchisi  asosiy  e’tiborni  ekosistemaga,  ikkinchisi  esa 
populyatsiyaga  qaratadi. Demak, ular  orasidagi farq ob’ektida. 
Populyatsiyali  yondashishda  asosiy  ahamiyat  turga,  ayniqsa  xo’jalik 
ahamiyatiga  ega  bo’lgan  turga  beriladi.  Bu  turlar  qishloq  xo’jalik  zarakunandasi, 
yoki  kasallik  tarqatuvchi  yoki  muhofaza  qilinishi  lozim  bo’lgan  noyob  turlar 
bo’lishi mumkin. 
Populyatsiyalar  ekologiyasining  asoschisi  ingliz  olimi  CH.  Elton  bo’lib, 
populyatsiyalar  ekologiyasi  fani  1930-yilda  vujudga  keldi.  CH.  Elton  o’zining 
"Hayvonlar 
ekologiyasi" 
kitobida 
ayrim 
organizmlarni 
o’rganishdan 
populyatsiyalarni  o’rganishga  o’tish  kerakligini  aytgan.  CHunki  bu  darajada 
moslashish  va  boshqarish  yaqqol  ko’rinadi,  bunda  asosiy  masala  populyatsiya 
sonining  dinamikasi  hisoblanadi. 


Populyatsiyalar  to’g’risidagi  ma’lumot  populyatsion  genetikada  paydo 
bo’lib,  sistematikada  tur  murakkab  sistema  deb  qaralganidan  keyin  rivojlana 
boshladi. 
Amaliy  ehtiyojlar  ham  populyatsiyalar  ekologiyasining  rivojlanishiga 
sabab bo’ldi. 
Populyatsiyalar 
 
ekologiyasining 
 
rivojlanishiga 
S.A.Severtsov, 
S.S.SHvarts,  N.P.Naumov,  G.A.Viktorov  katta  hissa  qo’shdi.  O’simliklar 
populyatsiyasini  o’rganishga  Sinskaya  Ye.N.  (1948),  T.A.Rabotnov.,  A.A.Uranov 
asos  soldi.  S.S.SHvartsning  "Hozirgi  ekologiyaning  uslublari"  nomli  asarining 
birinchi  qismida  "Ekologiya—  populyatsiyalar  to’g’risidagi  fan"  deyilgan, 
populyatsiya  esa  hayvonlar  uchun  asosiy  va  birdan  —bir  yashash  formasidir 
deyilgan. 
Populyatsiyani  o’rganishda  ikkita  metodologik  yondashish  mavjud: 
birinchisiga  muvofiq,  dastlab  organizmlarning  xususiyatlaridan  kelib  chiqadi, 
keyin  ular  populyatsiyaning  xususiyatlari  bilan  bog’lanadi.  Ikkinchisiga  binoan 
populyatsiyaning  xususiyatlari,  yashash muhiti  bilan  bolanadi deb ta’kidlanadi. 
Populyatsiya,  bir  butun  sistema  shaklida,  tashqi  omillar  bilan  bog’langan 
holda  o’rganiladi.  Hozirgi  vaqtda  biologiyada  "populyatsiyalar  biologiyasi"  sohasi 
mavjud.  Bunda,  populyatsiyaning  joydagi  roli  —  konsument,  produtsent  va 
redutsentlar,  xar—xil  yoshdagi  jinsiy  guruh  va  ozuqa  zanjirining  biotsenozdagi  roli 
o’rganiladi.  Ekologik  yondashish  populyatsiyalarning  muhit  fizik—geografik 
omillariga  moslashishini  o’rganish  bilan  birga,  biotik  bog’lanishlarga  bog’liq, 
organizmlarning  ko’payish  va  boshqa  organizmlar  bilan  ekosistemada  birga 
yashashini  ham o’rganadi. 
Ekologik  yondashishda quyidagilar  o’rganiladi: 
1)  populyatsiyaning  ekologik  strukturasini  maxsus o’rganish; 
2)  populyatsiyalarning    tur    ichidagi  bir-biroviga  bog’liqligi  va  ta’sirini 
o’rganish; 
3)  tashqi  muhit  o’zgarishiga  bog’liq,  makon  va  zamonda  populyatsiyadagi 
genotipik  tarkibining  o’zgarishini  o’rganish. 


Populyatsiya-bu 
tabiiy 
tarixiy, 
genetik 
evolyutsion 
sistemadir. 
Populyatsiyalar  ekologiyasi  katta  ahamiyatga  ega  bo’lgan  hayvon  va  o’simliklarni 
ko’paytirish  yo’llarini  topish  maqsadida  vujudga  keldi.  Bunda,  har  xil  parazitlar, 
kasal tarqatuvchi  organizmlar  hisobga olinadi. 
Populyatsiyalar  ekologiyasi  kam  uchraydigan  va  yo’qolib  ketayotgan 
turlarni  qo’riqlashning  ilmiy  asoslarini  ishlab  chiqadi.  Atrof  —  muhitdagi  ko’p 
hayvon  va  o’simliklar  tartibsiz  iste’mol  kilinishi  natijasida  yo’qolib  ketadi.  Uni 
tiklash  choralari  populyatsion  ekologiyasining  vazifalari  qatoriga  kiradi.  Buning 
uchun  populyatsiyalarni  tabiiy  sharoitda  o’rganish  kerak,  masalani  o’rganishda  va 
hal  qilishda  matematik  —  statistik  metodlari  katta  rol  o’ynaydi.  Populyatsiya 
to’g’risida  ayrim  omillar  orqali  munozara  qilinadi.  Populyatsiyalar  esa  doimiy 
o’zgarishda  bo’ladi.  Populyatsiya  tarkibi  uning  zamon  va  makonda  tarqalishi 
to’g’risda  ma’lumotlar  dispersiya  orqali  aniqlanadi.  Vaqt  ichidagi  o’zgarishlar  esa 
populyatsiyalar  sonining  o’zgarishida  bilinadi.  Populyatsiyalar  ekologiyasida 
o’sish  tezligi,  populyatsiya  sonining  o’zgarishi  kabilarning  matematik  modellari 
ishlatiladi.  Bu modellarni  tuzish, yashovchanlik  va o’lish terminlari  bilan  bog’liq. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish