HUQUQIY DAVLAT
—
o‗z faoliyatida huquq tomonidan cheklangan davlat.
Davlat va huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo‗lib, butun faoliyati
huquqqa bo‗ysunadigan davlatning ideal tipini ifoda etadi. U shaxs erkinligi, xavfsizligi
va sha‘nini himoya qiladi, xalq irodasiga itoat etadi. Inson va davlat munosabatlari
konstitutsiya bilan belgilanadi va ular bir-birlariga nisbatan mas‘uldirlar. U rivojlangan
fuqarolik jamiyati mavjudligini, qonun ustivorligi, shaxs erkinligi, huquqlarning
kafolatlanishi; hokimiyatlar bo‗linishi; qonunlar bajarilishini nazorat mexanizmlari va
konstitutsiyaviy nazoratning mavjudligiga asoslanadi. Hozirgi kunda etishish lozim
bo‗lgan maqsad tarzida qaraladi. Davlatning rivojlanganlik darajasini belgilab beradi va
uning quyidagi belgilari mavjud: a) fuqarolarning huquq va erkinliklarini huquqiy va har
tomonlama kafolatlanishi; b) huquq va qonunning ustuvorligi; v) qonunlarning to‗g‗ri
amal qilishi; g) fuqarolarning davlat oldidagi mas‘uliyati va aksincha davlatning
fuqarolar oldidagi mas‘uliyati; hokimiyatlarning taqsimlanish prinsipini amaliyotga
tatbiq qilinishi; d) jamiyat tomonidan qo‗llab-quvvatlanadigan, demokratiya, qonuniylik
va konstitutsiyaviylik rejimlarining mavjudligi. Huquqiy davlatning shakllanishi va
faoliyat yuritishning muhim shart-sharoitlaridan bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
mamlakatda fuqarolik jamiyatining shakllanganligi; jamiyatning barcha yoki ko‗pchilik
a‘zolarining siyosiy va huquqiy ongining yuqori darajada ekanligi; ularning mamlakat
ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok eta olishi uchun umuminsoniy madaniyatga ega
bo‗lishi; mamlakatda bir-biriga zid bo‗lmagan yagona qonunchilik tizimining mavjudligi.
Huquqiy davlat nazariyasi bilan uni amalga oshirish o‗rtasida katta farq bor. Hozirgi
paytda huquqiy davlat nazariyasi dunyodagi ko‗pgina davlatlarning konstitutsiyalarida
o‗z aksini topgan. Mas., 1978-yilda qabul qilingan Ispaniya Konstitutsiyasining 1-
moddasi 1-bandida quyidagilar mustahkamlab qo‗yilgan: «Ispaniya – bu sotsial, huquqiy
va demokratik davlat bo‗lib, bu davlatda oliy qadriyat erkinlik, adolat, tenglik va siyosiy
hurfikrlilik hisoblanadi». 1949-yilgi GFR asosiy qonunga ko‗ra «Germaniya Federativ
Respublikasi demokratik va sotsial federativ davlat bo‗lib hisoblanadi» (20-modda)
hamda ularning konstitutsiyaviy tuzilmasi Asosiy Qonunga zid kelmasligi kerak (28-
modda). Huquqiy davlat to‗g‗risidagi g‗oyalar Avstriya, Gretsiya, Italiya, Fransiya,
Shvetsiya, Shveytsariya va b. bir qator yuqori darajada rivojlangan davlatlarning
115
konstitutsiyalarida belgilab qo‗yilgan. 1993-yilgi Rossiya Konstitutsiyasida huquqiy
davlat to‗g‗risidagi g‗oya to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗z aksini topgan. Uning birinchi moddasida
«Rossiya Federatsiyasi – Rossiya respublika boshqaruv shaklidagi demokratik, federativ,
huquqiy davlatdir»,–deb yozib qo‗yilgan. 1992-yilda qabul qilingan O‗zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasini muqaddimasida ham huquqiy demokratik davlat
to‗g‗risidagi g‗oya o‗z ifodasini topgan. Huquqiy davlat to‗g‗risidagi g‗oya va
nazariyalarni dunyodagi ko‗pchilik mamlakatlar tan olsalarda, ammo uni amaliyotda
hamma davlatlar to‗laligicha qo‗llamaydilar. Hozirgi paytda huquqiy davlat to‗g‗risidagi
g‗oyani to‗liq hayotga tatbiq qilgan biron-bir davlatni uchratmaysiz. Huddi shu ma‘noda
huquqiy davlat to‗g‗risidagi nazariyalar har qanday demokratik davlat intilishi kerak
bo‗lgan ideal, etalon vazifasini o‗taydi.
116
Do'stlaringiz bilan baham: |