Nafas olish tizimining asosiy kasalliklari. O’rvi, bronxit, Zotiljam kasalligi klinikasi, davosi



Download 28,19 Kb.
bet1/9
Sana02.01.2022
Hajmi28,19 Kb.
#307569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dokument microsoft word 6


Nafas olish tizimining asosiy kasalliklari. O’RVI, bronxit, Zotiljam kasalligi klinikasi, davosi.

Reja:
  1. Nafas olish tizimining kasalliklari haqida umumiy ma’lumot.

  2. O’RVI va bronxit kasalligi haqida umumiy ma’lumot.

  3. O’RVI va bronxit kasalligining etiologiyasi, klinikasi, davosi va oldini olish chora tadbirlari.

  4. Zotiljam kasalligi etiologiyasi, klinikasi , davosi va oldini olish.

  5. Nafas yo’llarida uchraydigan boshqa kasalliklar (yiringli kasalliklari va chirishi).


Adabiyotlar:

  1. Ichki kasalliklar F.I.Kamarov, V.G.Kukes., A.S. Smetnyov., Tibbiyot nashriyoti, Moskva 1981 yil 4-85 betlar.

  2. Ichki kasalliklar A.B. Sharopov. Abu Ali Ibn Sino nashriyoti Toshkent 1991 yil 3-40 betlar.

3. Tibbiyot hamshiralari o’quv qo’llanmasi Ramazonova R.A. Syomina Yu. G. Toshkent O’qituvchi nashriyoti 224-232 betlar.

Pulmonologiya-bu nafas organlari kasalliklari to’g’risidagi fan bo’lib, hozirgi kunda 400 dan ortiq nafas organlari kasalliklari aniqlangan. Hozirgi kunda butun dunyoda o’pkaning surunkali nospsifik kasalliklari tez ko’payib bormoqda, bularga surunkali bronxit, surunkali zotiljam, o’pka emfezimasi, bronxoektaz kasalligi, o’pkaning surunkali absessi, bronxial astma kasalligi, o’pkaning surunkali yallig’lanishi, o’pkaning nasliy va rivojlanish nuqsonlari kiradi. Sog’liqni saqlash vazirligining bargan ma’lumotlariga ko’ra-bugungi kunga kelib o’pkaning surunkali nospesefik kasalliklari, nafas organlari sili va o’smalaridan bir necha bor ko’payib ketgan.

O’pkaning surunkali nospesefik kasalliklari-vaqtinchalik ishga yaroqsizlik, nogironlik bo’yicha va o’lik ko’rsatkichi bo’yicha ham ortib bormoqda. Angliyada, Germaniyada, Fransiyada, Gollandiyada o’limning 10-11 ni o’pkaning surunkali nospesefik kasalliklariga to’g’ri keladi.

Pulmonologiya sohasiga katta hissa qo’shganlardan B.E.Votchaya, N.S.Molchanov, E.M. Mariyev, A.P.Dembo, A.I. Strukov. Yo’tal, nafas qisishi, balg’am tashlash, qon tuflash, ko’krakdagi ba’zi og’riqlar nafas olish a’zolari kasalliklarining asosiy belgilari hisoblanadi.


Bronxit

Bronxial shilliq pardasining yallig’lanishi bronxit deyiladi. Kasallik kechishiga qarab o’tkir va xronik bo’ladi.

Etiologiyasi va patogenezi. O’tkir bronxitning kelib chiqishiga bir qator sabablar: yuqumli kasalliklar (gripp, qizamiq, o’pka sili, ich terlama, tepkili terlama), zaharli kimyoviy moddalar (ammiak, xlor, kimyoviy jangovar zaharlovchi moddalar) ta’siri, a’lo ayrim qismlarining yallig’lanishi sabab bo’ladi. Chekish, chang muhitda mehnat qilish, shamollash, tananing darmonsizlanishi va shunga o’xshash sabablar bronxitning vujudga kelishiga imkon beradi. Bundan tashqri, ba’zi mikroorganizmlar (mikrokokklar, streptokokklar) ham bronxitning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Shamollashning xarakteriga qarab bronxit-koratal, yiringli shilimshiq yiringli bo’ladi.

Kasallik belgilari. O’tkir bronxit quruq yyo’tal bilan boshlanib, bemor o’zini noxush sezadi, yo’talganida ko’kragi og’riydi, eti uvishadi, ishtahasi pasayadi, nafas olishi qiyinlashadi, uyqusi notinch bo’ladi, isitmasi ko’tarilib, 8-14 kun davom etadi. Auskultatsiya qilinganda ko’pincha bronxial shilliq qavati bo’rtganligi sababli nafas olish qattiqroq eshitiladi. Bronxlar shilliq qavat bilan berkilib qolgan bo’lsa, nafas olish susayadi. Yirik bronxlar zararlanganda, xirillash eshitiladi. Bronxlardan ko’p ekssudat (qonning suyuq qismi) chiqqanda ho’l, xirillash tovush eshitilishi mumkin.

Davolash. Bemorning harorati yuqori bo’lsa, o’rinda qimirlamay yotish buyuriladi. Uch mahal 0,5 g dan aspirin ichish tavsiya etiladi. Juda ko’p iliq ichimlik ichib turish aytiladi. Oyoqqa issiq kompress qilinadi. Orqada banka yoki gorchichnik qo’yiladi. Yo’talni yengillashtirish maqsadida iliq sutni borjomi ma’danli suv bilan aralashtirib, yoki ichimlik soda bilan birga ichish tavsiya etiladi. Basharti, yo’talganda ko’krakda kuchli og’riq paydo bo’lsa, sodaga kodein, dionin, aralashtirib beriladi. Yo’talganda balg’am ko’chishi, qiyin bo’lgan hollarda, balg’anm ko’chiradigan termopsis, altey ildizi damlanadi, malina choy, sholg’omli sho’rva, behini dimlab beriladi.

Kasallikning oldini olish. Buning uchun atrof-muhitni toza saqlash, qattiq sovuq qotishdan saqlanish, tamaki chekmaslik, spirtli ichimliklarni suiste’mol qilmaslik kerak. Doimiy badantarbiya va sport bilan shug’ullanish, tanani chiniqtirish o’tkir bronxitning oldini olish muhim omillardan biri hisoblanadi.

SURUNKALI BRONXIT

Xronik (surunkali) bronxit uzoq davom etishi, vaqti-vaqti bilan o’zgarib, qaytalanib turishi bilan o’tkir bronxitdan farq qiladi.

Etiologiyasi. Xronik bronxit inyeksiyalar, o’tkir bronxitdan so’ng nafas olish yo’llariga chang, nikotin uzoq vaqt ta’sir etishi, spirtli ichimliklar ko’p iste’mol qilinishi, shuningdek yurak va o’pkaning surunkali kasalliklari natijasida paydo bo’ladi. Kasallik havosi chang-to’zondan iborat bo’lgan, sanitariya qoidalari buzilgan, korxona ishchilarida ham uchraydi. Bu kasallik oqibatida ko’pincha bronxospazm va o’pka emfezemasi kelib chiqadi.

Kasallik belgilari. Bemor yo’talganda balg’am ajratadi, nafas olish qiyinlashadi va umumiy lohaslik kuzatiladi. Surunkali bronxit sekin-asta avj oladi va yilnnig sovuq fasliga zo’rayadi. Dastlabki bemor faqat ertalab yo’talib, yopishqoq balg’am tashlaydi. Vaqt o’tgan sayin yo’tal zo’rayib, ko’pincha dapkir-dapkir tutadigan bo’lib qoladi. Balg’am miqdori asta-sekin ko’payib, shilimshiq-yiringli, balg’amga aylanadi. O’pkani auskultatsiya qilganda, nafasning qattiqligi, xirillash eshitiladi.

Asoratlari. O’tkir va surunkali zotiljam, bronxo-spastik sindrom, bronxoektazlar, bronxial astma, o’pka, emfezemasi, nafas yetishmovchiligi, o’pka kasalligida yurak zararlanishi.

Davolash. Kasallikni qo’zigan paytda etiotrop va patogenetik davo qo’llaniladi, bemor kasalxonaga yotqizish kerak. Yengilroq kechadigan surunkali bronxitni kunduzgi kasalxonada yotqizish kerak. Yengilroq kechadigan surunkali bronxirtni kunduzgi kasalxonada davolasa bo’ladi. Bemorni davolashga kirishishdan oldin kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablarini bartaraf etish choralarini ko’rish lozim. Asosan, simptomatik davolanadi, ba’zan qaynab turgan suvga soda solib ingalyatsiya qilinadi. Ayrim hollarda bemorga suvi issiq dengizbo’yi kurortlarida davolanish tavsiya etiladi. Yo’talganda balg’am ko’chishi uchun termopsis yoki altey ildizlari qaynatib kodein bilan qo’shib beriladi. Antibiotiklar balg’am florasining antibiotiklarga ta’sirchanligi hisobga olgan holda beriladi. Bronxial yo'llarining yaxshiroq ochilishi uchun balg’am ko’chiruvchi moddalar mukolitik dori-darmonlar, davolovchi bronxoskopiyadan keng foydalaniladi. O’pka gipertenziyasini kamaytirish uchun kislorod nafas olinadi.

O’ng qorincha yetishmovchiligida yurak glikozitlari, siydik haydovchi vositalar qo’llaniladi. Yo’talga qarshi mukaltin, bizolvon qo’llash mumkin.

Tanani qarshiligini oshirish uchun vitaminlar (A,C,D), aloye damlamasi va boshqalar qo’llaniladi. Nafas gimnastikasi ham o’rinlidir.

Fizioterapevtlik davo keng qo’llaniladi. Rossiya davrida davolanish uchun Qrimning Janubiy sohili, O’rta Osiyo kurortlariga va tog’ iqlim kurortlariga yuborilganda yaxshi natijaalr olingan. Quyosh nuridan foydalanish tavsiya etiladi.

Profilaktikasi. O’tkir va xronik bronxitning kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslik uchun havoning ifloslanishi, grippning oldini olish, chang zararli gazlardan tozalash choralarini ko’rish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanish, tanani chiniqtirish, burun halqumini sog’lom tutish, spirtli ichimliklar ichish, chekish kabi yaramas odatlarga qarshi kurashish kerak. Profilaktika maqsadida ayerozol va elektroayerozol davolash usuli ham o’tkaziladi.

ZOTILJAM

Bu o’pka yallig’lanishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. O’tkir zotiljam nafas olish a’zolari kasalliklari orasida ko’p uchraydigan, asosan, o’pka to’qimalar (alveola, oraliq to’qima, mayda qon tomirlari)ning o’tkir yallig’lanishi bilan kechadigan kasallikdir.

O’tkir zotiljam bilan har qanday yoshdagi odam kasallanishi mumkin. Ammo bu kasallik yosh bolalar va qariyalar orasida ko’p uchraydi. Agar kasallik o’z vaqtida aniqlanmasa, to’g’ri davolanmasa, har xil og’ir asoratlarni keltirib chiqarishi, hatto o’limga olib kelishi ham mumkin.

Sabablari. Bakteriyalar, viruslar, mikoplazmalar, rikketsiyalar, zamburug’lar, allergiya, fizik va kimyoviy omillar.

Krupoz zotljam. Etiologiyasi. Kasallikni Frenkel pnevmokokki keltirib chiqaradi. Bu mikroorganizm sharsimon, juft-juft bo’lib, diplokokk deb ham ataladi. Ba’zan boshqa sharsimon mikroblar ham sababchi bo’lishi mumkin.

Bundan tashqari, alkgolizm, kishini zaiflashtirib qo’yuvchi kasalliklar oqibatida ham zotiljam kelib chiqadi. Krupoz zotiljam o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, bunda yallig’lanish jarayoni o’pkaning zararlangan qismidan uning butun bo’lagiga va plevraga tarqaladi.

Krupoz zotiljam lobulyar zotiljamdan farqli ravishda, plevropnevmoniya va bo’lim zotiljami deb ataladi. Krupoz zotiljamida yallig’lanish ekssudati fibrindan iborat bo’lganligi uchun fibrinoz zotiljam deb ham ataladi. Krupoz zotiljamda o’pkadan anatomik o’zgarishlarning 4 ta rivojlanish bosqichi bor.

Qonga to’ilsh bosqichi: 1-2 kun davom etadi, bunda avleolalarda seroz suyuqligi yig’iladi. Bu davrda avleolalarda havo va suyuq ekssudat bo’ladi, o’pkaning elastligi ancha kamayadi.


Download 28,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish