Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


 Germaniya fashizmining o‗zi ga xos jihatlari. «Pivo isyoni»



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/154
Sana07.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#327419
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154
Bog'liq
5.mavzular to'plami 70 soat 1 kurs 2021x

4. Germaniya fashizmining o‗zi ga xos jihatlari. «Pivo isyoni». 
Tayanch  iboralar:
 
patefon,  individualizm,  liberalizm,  neytralitet,  izolatsionizm,  fraksiya, 
totalitarizm
 
1. AQSHda iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy muammolar. 
Urushga    boshqa  davlatlardan    keyin    qo‗shilgan,    harbiy    harakatlardan    uzoqda 
joylashgan    AQSH    ancha    kam    qo‗shin    yo‗qotdi,    ammo    urushda  ishtirok    etish 
Amerika  biz nesi  uchun  juda  katta  foyda  keltirdi. 
 
Urushdan  oldin    Yevropadan  qarz  dor  bo‗lgan    AQSH  endi  uning  kreditoriga 
aylandi.    Urushdan  keyin    AQSH  qash shoqlashgan  va vayron  bo‗lgan    Yevropadan 
olimlar  va  ilmiy  kashfiyotlarni  yig‗ib  oldi,  yangi  ixtirolarni  ishlab  chiqarishga  joriy 
qildi, yangi texnika va texnologiya larning ajoyib muvaffaqi yatini namoyish etdi. 
 
1924  –  1929-yillari  jadal  rivojlangan    AQSH  iqtisodiy  jihatdan  dunyoning  eng 
rivojlangan  mamlakatiga  aylandi.    AQSHda  iqtisodning  eng  yangi  sohalari:  
elektrotexnika,  kimyo,  aviatsiya,  neft  sanoati,  avtomobilsozlik,  kino  sanoati,  radio 
texnika jadal rivojlandi.  Kir yuvish mashinalari, sovitkichlar, fotoapparatlar,  patefon 
va  radiopriyomniklar  ommaviy  ishlab  chiqarila  boshlandi.  1920-yillar    oxiriga  kelib 
har  ikki  amerikalikning    bitta  sida  radiopriyomnik  bor  edi.    Shu  yillari  yo‗lovchi 
aviatsiyasi davri boshlandi. 
 
Shunday  sharoitda    1928-yili  kongresga  bo‗lib  o‗tgan  saylov  larda  yana 
respublikachilar  g‗alaba  qozondi.    Ular  partiyasidan  prezidentlikka  nomzod  Gerbert  
Guver    1929-yil    yanvarda  AQSH  ning  navbatdagi  prezidenti  qilib  saylandi.  Ammo  
Amerikacha gullab-yashnash va ilg‗or kapitalistik mamlakat lar iqtisodiyotining bo‗sh 
tomoni ham bo‗lib, u doimiy  yuz beradigan inqirozlarda namoyon bo‗ladi.  1929-yil  
24-oktabrda  Nyu-York  fond birjasida  bosh langan  inqiroz  tufayli  barqaror  rivojlanish 
davri  tugadi.    AQSHning  ortidan  butun  kapitalistik  dunyo  jahon  iqtisodiy  inqirozi 
girdobiga sho‗ng‗idi.  Bu inqiroz kapitalistik xo‗jalik shaklining  XIX   asr oxiri – XX 
asr boshlari uchun xos bo‗l gan tarixiy evolutsiyasini yakunladi. 
1930-yillarning  boshiga    kelib    AQSH  kapitalistik  dunyoning  tan  olingan 
yetakchisiga,  texnik    taraqqiyotning  yalovbardoriga  aylandi.    Iqtisodiy  inqirozning 
butun  qudrati  ham  shu  yerda    namoyon  bo‗ldi.    Xo‗jalikning  an‘anaviy  tipi  o‗z 
imkoniyatlarini yakunladi.  1929  – 1932-yillari sanoat ishlab chiqarishi hajmi  50  % 
ga qisqardi,  13   mln.ga yaqin kishi o‗z ish joylaridan mahrum bo‗ldi. 
AQSH  prezidenti    Gerbert    Guver    Amerikacha  individualizm  va  liberalizm 
tamoyillarini himoya qilib, hech qanday ijtimoiy choralar ko‗rishga rozi bo‗lmadi. 
 
1932-yil  noyabrdagi  saylovlarda    Guverga  qarshi  demokratik  partiyadan  
Franklin  Ruzvelt nomzodi qo‗yildi.  O‗ta shuhratparast bo‗lgan bu shaxs o‗z umrini 
siyosiy faoliyatga bag‗ishladi.  U  AQSH prezident ligiga qatorasiga to‗rt marta (1932, 
1936, 1940, 1944) saylangan yagona shaxs.  Shuning o‗zi ham uning  AQSH tarixidagi 
g‗oyat katta rolidan dalolat beradi. 
Franklin    Ruzvelt  umumiy  muhit  talabi  dan  kelib  chiqib,  nutqlaridan  birida:  
«Men  Amerika  xalqiga yangi  kurs  va‘da  qila man», – dedi.  «Yangi  kurs» degan 


319 
 
bu  jozibador  so‗z  ommaviy  shior  va  siyosatning  nomiga  aylandi.  «Yangi  kurs»  
Amerika  kapitalizmining  xarakterini  o‗zgartirib  yubordi.    U  AQSH  iqtisodini  yangi, 
buyuk davlat chilik intilishlari avj olgan davrga mosladi. 
Shu  tariqa  1930-yillarning  ikkinchi  yarmida    AQSH  va  uning  orti  dan  butun 
kapitalistik  
dunyo  iqtisodiy  inqirozdan  chiqib  oldi.  Ayni paytda  ular  boshqa bir,  ko‗proq  tashqi 
siyosat bilan bog‗liq muammolarga duch keldi. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish