8
“Marketing – tovarlar yaratish, taklif qilish va ayirboshlash vosita- sida
shaxslarning ham, guruhlarning ham ehtiyoj va talablarini qon- dirishga
yo‘naltirilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir”. Marketingbo‘yicha taniqli
mutaxassis F. Kotler marketing faoliyatini ayirboshlash
orqali insonlar
talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat, deb tushun- tiradi. Ingliz
mutaxassisi Dj. Steyner fikricha, marketing strategik rejalashtirish va
boshqaruv
jarayonidagi
asosiy vazifa
bo‘lib, uning maqsadi -
iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish va korxonalar daromadini
ta’minlash hisoblanadi. Korxona faoliyatining barcha yo‘na- lishlari, ya’ni
ishlab chiqarish, moliyaviy va sotuv sohasida integ- ratsiyani yo‘lga qo‘yish.
2
1960-yilda Amerika Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan quyidagi tarif
ma’qullandi. Marketing-ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha yetib
borgunga qadar tovar va xizmatlar oqimini yo‘lga qo‘yish, tashkil qilish bilan
bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. 1985-yilga kelib esabu tarif yanada
to‘liqroq
qilib tavsiflandi, ya’ni “Marketing-narx shakllantirish, g‘oyalarni
siljitish va amalga oshirish, tovar va xizmat- larni ayirboshlash orqali sotish
natijasida alohida shaxslar va tashkilotlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan
jarayon”.
AQShda 1966-yilga kelib marketing masalalari bo‘yicha shug‘ul-
lanuvchi 350 ga yaqin firmalar faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu firmalar yirik
kompaniyalar uchun pullik shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazib 300
mln. dollarga yaqin daromad ko‘ra boshladilar. Keyinchalik
marketing faoliyati bilan yirik universitetlarning tadqiqot guruhlari,
markazlari, savdo – sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari shug‘ul- lana
boshladilar. 1967-yildan boshlab Angliyaning 500
dan ortiq firmalari
bozorda raqobatbardosh bo‘lish uchun bozor tadqiqotlari olib borishni yo‘lga
qo‘yishdi. Bu tadqiqotlarga 5000 dan ortiq talabalarni jalb qilishdi.
Marketing rivojlanishining jarayoni unga bo‘lgan yondashuv va
fikrlarning tobora ko‘payib borishiga sabab bo‘ldi. 1972-yilda F.Kotler mikro
va makromarketing tushunchalarini asoslab berdi.
marketing faoliyati bilan yirik universitetlarning tadqiqot guruhlari,
markazlari, savdo – sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari shug‘ul- lana
boshladilar. 1967-yildan boshlab Angliyaning 500 dan ortiq firmalari
bozorda raqobatbardosh bo‘lish uchun bozor tadqiqotlari olib borishni yo‘lga
qo‘yishdi. Bu tadqiqotlarga 5000 dan ortiq talabalarni jalb qilishdi.
Marketing rivojlanishining jarayoni unga bo‘lgan yondashuv va
fikrlarning tobora ko‘payib borishiga sabab bo‘ldi. 1972-yilda F.Kotler mikro
va makromarketing tushunchalarini asoslab berdi.
Mikro marketing - ma’lum bir kompaniya tomonidan bajariladigan ishlarni
nazarda tutadi. Makro marketing — butun jamiyatning yashash tarzini nazarda
tutadi.
1976-yilga kelib, Shelbi Xant “marketing- ayirboshlash
jarayoni haqidagi
ilmlar majmuasidir”, deb xulosa qildi.
9
Ko‘rib turibmizki, marketing faoliyatining naqadar keng qamrovli
ekanligi sababli turli olimlar tomonidan bir-birini inkor etmagan holda turli
tariflar berilishiga olib keldi.
AQSh va G‘arbiy Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida marketing
masalalari bo‘yicha
milliy institutlar, turli assotsiatsiya, maktab va tadqiqot
markazlarining tashkil etilishi bu sohaning rivojlanishiga olib keldi.
Marketing g‘oyalarining rivojlanishini Yevropa Marketing Qo‘mitasi va
Angliya Xalqaro Marketing Assotsiatsiyalari targ‘ibot qildilar.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari va Rossiya bozor
munosabatlariga o‘tilgandan so‘ng marketing faoliyati firmalar va korxonalar
faoliyatiga jadal sur’atlar bilan joriy etila boshlandi.
1990-yilda Rossiya Marketing Assotsiatsiyasi tashkil etildi va uning
Prezidenti etib professor G.G.Abramshvili tayinlandi.
80-90-yillarda
marketingning
globallashuv
jarayoni
kuzatildi.
Avstraliyaning Kanberre shahrida 1992-yilda Global Marketing bo‘yi- cha
Xalqaro Konferensiya bo‘lib o‘tdi. Uning shiori bo‘lib «Marketing – bu
hamma narsa», «Marketing – bu BIZNES», deb jarangladi.
Marketingning
fan va o‘ziga xos san’at sifatida shakllanishi va takomil- lashuviga ko‘plab
xorijiy mutaxassislar B.Berman, G.Bolt, M.Bruk, A.Vayman, X.Vays, X.
Verli, D. Gardner, D.Garst, X.Grenross, E.Dixtl,P.Druker, R.Kamp, F.Kotler,
J.Lamblen, T. Levitt, S. Madjaro, Meffert X., R. Nishlag, Dj.Evans va
boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar.
2
Г.Л.Багиев, В.M.Taрасевич.Маркетинг. 4-eизд. -СПб.,”Питер” 2012 г.