Mustaqil ish mavzu: Tarmoq topologiyasi Guruh: Bajardi: Tekshirdi: Nukus 2022 tarmoq topologiyasi reja



Download 217,55 Kb.
bet1/6
Sana12.06.2022
Hajmi217,55 Kb.
#658737
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TARMOQ TOPOLOGIYASI


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Nukus filiali Kompyuter injiniringi fakulteti

KOMPYUTER TARMOQLARI


fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Tarmoq topologiyasi


Guruh:


Bajardi:
Tekshirdi:


Nukus 2022
TARMOQ TOPOLOGIYASI

Reja:



  1. Kirish.

  2. Lokal va global tarmoqlarning umumiy ta’rifi.

  3. Birrangli va koprangli tarmoqlar.

  4. Tarmoq topologiyalari: Umumiy shina (bus), Yulduz (star), Halqa topologiyasi (ring), Yacheykali topologiya (mesh), Aralash topologiya (hybrid), 3D Torus topologiya.


KIRISH
Bugungi axborotlashgan jamiyatga yetib kelgunga qadar kompyuterlarni birlashtirish, fayllar va turli ko’rinishdagi xabarlar, ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratish borasida ko'plab tadqiqotlar olib borildi. Dastlab kompyuterlarni juft-juft qilib birlashtirishga erishildi, ko'p o'tmay bir nechta kompyuterlarni birlashtirish uchun texnik qurilma va dasturiy ta'minot yaratildi. Shu tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga keldi. 
Axborotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirishda ko'p kompyuterli birlashmalardan — kompyuter tarmoqlaridan foydalaniladi.
Kompyuterlararo ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash uchun lokal tarmoqlardan foydalaniladi. Aynan ana shu kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi axborotlashgan tizimlarni shakllanishiga asos bo’ldi.


Lokal va global tarmoqlarning umumiy ta’rifi.
Tarmoq – maxsus vosita yordamida bib-biriga ulangan va ular orasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi kompyuterlar guruhidir. Ikki kompyuter orasidagi ulanish, bevosita (ikkinuqtali ulanish) yoki qo‘shimcha aloqa qismlari bilan ulangan bo‘lishi mumkin.
Kompyuter tarmoqlari asosiy qo‘llanishi axborot almashinuvi bo‘lgan logik va fizik, bosqich yoki tarkibidan tashkil topgan magistral axborot tuzilmalarini ko‘rsatadi.
Fizikaviy sathda kompyuterlar orasidagi fizik ulanishini ta’minlovchi tarmoq komponentlari bilan ko‘rsatilgan. Bunday komponentlar asosan: tarmoq interfeysi (tarmoq xaritasi yoki tarmoq adapteri platasi, standart yoki kengaytirilgan kommunikatsion yoki parallel port yoki multiport plata), ma’lumot jo‘natishning tarmoq muhiti (koaksial, ikkisimli kabel, mis para yoki optik tola) va bog’lama elementlari (marshrutizatorlar, konsentratorlar, qaytargichlar (takrorlagich- repiterlar, xablar(hub)), o‘chirib yoqgichlar (switch) va ohirlovchi elementlari (terminatorlar, konnektorlar, razyomlar, zaglushkalar).
Mantiqiy sath – bu tarmoqdagi mavjud fizik komponentlardan foydalanish imkonini beruvchi xilma-xil dasturiy ta’minotdir. Ko‘pgina DT ichidan bir nechta turini: operatsion sistemalar tarmoq protokollari demon-jarayonlari va drayverlari, server-dasturlar va tarmoq servislar yoki xizmat mijozlarini ajratish mumkin.
Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlari sanoati, rivojlanishining yuqori cho‘qqisini bosib o‘tmoqda va bir muncha tarixga ham ega. Personal kompyuterlar orasidagi tarmoq o‘zaro munosabatlari erasi, ikki xil arxitekturaga, protsessor va albatta operatsion sistemaga (masalan, VMS va IBM-PC/XT) ega bo’lgan kompyuterlar kommunikatsiya portlari (COM:) bo‘yicha, axborot jo‘natish tezligi sekundiga atigi 1K bo‘lib, boshqaruv qo‘lda sinxronlashtiriladigan maxsus tayyorlangan dastur yordamida oddiy ma’lumot jo‘natishdan boshlangan. Hozir esa, 20 yildan so‘ng, biz tarmoqlarni aniq lokal va globalga tuzilganini kuzatishimiz mumkin, integratsiya jarayonida, bir necha yuzta kompyuterli tarmoqlar haligacha lokal tarmoq hisoblanadi, global tarmoq esa, o‘n mingta ulangan kompyuter sistemalarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumot almashinuvi tezligi 200 Mbit/s, 10 Mbit/s esa, boshlang‘ich bazali va past baholi konfiguratsiya hisoblanadi. Endilikda kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarni nafaqat qabul qila, yoki jo‘nata oladilar, balki to‘plami tobora kengayib borayotgan ko‘pgina servis imkoniyatlarni yaratyapti. Bu o‘chirilgan ma’muriyatchilik, elektron pochta, o‘chirilgan pechat, taqsimlangan ma’lumotlar bazasi, o‘chirilgan kirish sistemalari va taqsimlangan boshqaruv sistemalari, qidirish sistemalari, telekonferensiya va b.
Yuqorida aytib o’tilganidek, tarmoqlar lokal va globalga bo‘linadi, lekin faqat bu ularning yagona klassifikatsiyasi emas. Ular birrangli va ko‘prangli, birmartali va ko‘pmartali, ochiq va yopiq va b. bo‘linadi. Klassifikatsiyaning ko‘p xilligidan eng muhim va ko‘p ishlatiladiganlari ko‘rib chiqiladi. Tarmoqlarni kategoriya va turga ajratishning ko‘pgina klassifikatsion prinsiplari, dasturiy ta’minotning turi va xiliga asoslangan. Boshqacha qilib aytganda, birgina jismoniy asosda bir necha xil, tur va sinf tarmoqlarini shakllantirish mumkin.
Tarmoqqa ulangan kompyuter ish stansiyasi (Workstation) deb nomlanadi. Qoida bo‘yicha bu kompyuterda inson ishlaydi. Tarmoqda shunday kompyuterlar borki, ularda hech kim ishlamaydi. Ulardan tarmoqdagi boshqaruv markazi va axborot yig‘uvchi sifatida foydalaniladi. Bunday kompyuterlar server deb nomlanadi. Agar kompyuterlar bir-biridan nisbatan yaqinda joylashgan va yuqori tezlikdagi tarmoq adapterlari (axborot jo‘natish tezligi 10-100Mbit/s) yordamida ulangan bo‘lsa, bu tarmoqlar lokal deb nomlanadi. Lokal tarmoqlardan foydalanishda, kompyuterlar odatda, bir xona, bino yoki yaqin joylashgan uylarda joylashgan bo‘lishi kerak. Lokal kompyuter tarmoqlari, odatda, ishlatish va dasturiy ta’minot xarakteri bo‘yicha korporativ xarakterga ega bo‘ladi va biror bitta tizimga taalluqli yuzdan ortiq kompyuter sistemalarini birlashtiradi.
O‘z tarkibida ko‘pgina kompyuterlarni integratsiyalaydigan va (asosiysi) ma’lum masofada joylashgan turli arxitektura bazasi va dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlarni ulash uchun mo‘ljallangan tarmoq va tarmoq teznologiyalarida qo‘llaniladigan, zamonaviy talablarga javob beradigan kompyuter tarmog‘i global hisoblanadi. Bir-biridan ma’lum masofada joylashgan kompyuterlar yoki butun lokal tarmoqlarni ulash uchun modemlar, hamda, ajratilgan yoki sun’iy yo‘ldoshli aloqa kanallari qo‘llaniladi. Odatda, bu tarmoqlardagi axborot jo’natish tezligi, lokalga qaraganda sezilarli darajada pastroq bo‘ladi. Hozirgi vaqtda bir nechta global kompyuter tarmoqlari va ularning protokollari mavjud, masalan, RelCom, CompuServ, Internet va b. Bunday tarmoqlarning ko‘pi mingtacha server va o‘ntalab, yuzmingtalab foydalanuvchilarga ega va xalqaro maqomini olgan, chunki, har xil mamlakat va qit’alarning kompyuter sistemalarini bog‘laydi. Lokal va global kompyuter tizmilari dasturiy ta’minot protokollari va tashkil etish prinsiplari har xil va bir xil ya’ni o‘xshash bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tarmoqni faqat tarmoq o‘zaro harakati, turi, belgisi va bazali dasturiy ta’minoti bo‘yicha lokal yoki global deb bo‘lmaydi. Misol tariqasida 3.11.-rasmda tarmoq tuzilishi keltirilgan.

3.11.-rasm. Tarmoq tuzulishiga misol.

Barcha tarmoqlar, shu jumladan, globallar ham tijorat tarmog‘iga bo‘linadi – bunda ularga kirish va servis xizmatlari pullik va notijorat – ya’ni “shartli bepul”. Shartli chunki tarmoq xizmatlariga ulanish va foydalanish, hamda aloqa tizimlaridan foydalanish uchun foydalanuvchi qandaydir qismini to‘laydi, lekin uning bahosi tijorat tarmog‘idan ancha kam va servis darajasi ham shunga yarashadir. Tijorat tarmoqlari tarmoq xizmatlarini taqdim etuvchi professional tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va yuqori darajali tijorat tarmoq servisini taqdim etish maqsadida faoliyat yuritadi. Notijorat tarmoqlar esa, ko‘ngilli jamiyat va axborot tuzilmalari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llanadi va aniq tarkibga, boshqaruv, maqsadli tarkib va rivojlanish strategiyasiga ega bo‘lmaydi[1].





Download 217,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish