Apple kompaniyasi haqida qiziqarli maʼlumotlar
10 dekabr 2019, 09:20
1 613
Texnologiya
1. Apple kompaniyasiga 1976 yil 1 aprelda Stiven Pol Jobs, Stiven Gari Voznyak va Ronald Gerald Ueynlar tomonidan asos solingan.
2. Apple birinchi 30 yil ichida Apple Computer Inc. deb nomlandi. Keyinchalik u 2007 yil 9 yanvar kuni Apple Inc deb o‘zgartirildi. Kompyuter so‘zi uning elektron bozorini kengaytirish uchun olib tashlangan.
3. 2009 yilda Apple sotgan har bir iPhone uchun 625 dollar foyda ko‘rgan va ularning soni 40 millionga yetdi.
4. Dunyo bo‘ylab Apple uchun 80 000dan ortiq xodimlar ishlaydi.
5. Kuniga 340 000 iPhone sotiladi. 2012 yilda Apple eng ko‘p telefon sotgan yil hisoblanadi.
6. Apple daromadi daqiqasiga 300 000 AQSh dollariga teng.
7. Stiv Jobs buddist hisoblanadi.
8. “Dulcimer” - iPod uchun kod nomidir.
9. Stiv Jobs Apple kompaniyasining har bir xodimiga bepul iPhone sovg‘a qiladi.
10. Apple barcha mahsulotlarini havo orqali yetkazib beradi. Cathay Pacific kompaniyasining eng katta yuk mijozi bu Apple'dir.
11. 1997 yilda Bill Geyts Apple'ni inqirozdan saqlash uchun 150 million dollar sarmoya kiritgan.
12. Apple kompaniyasi ishlab chiqargan texnikalar oldida chekish mumkin emas, chunki uning kafolatiga putur yetishi mumkin.
"Apple" – shaxsiy kompyuterlar, iPod audio-pleyerlar va dastur taʻminoti ishlab chiqaruvchi amerika korporatsiyasi. Shaxsiy kompyuterlar va zamonaviy grafikli interfaysga asoslangan koʻp vazifali operatsion tizimlar olamida boshlab berganlardan biri hisoblanadi. Bosh ofisi – Kupertino, Kaliforniya shtatida joylashgan.
2007 yil 9 yanvargacha 30 yil davomida korporatsiya nomi “Apple Computer” edi.
70-yillar
Kaliforniyada Steve Jobs va Steve Wozniak tomonidan asos solingan. 1970 yilning oʻrtalarida ular “Motorola 6502” prosessori bazasida birinchi shaxsiy kompyuterni ishlab chiqishadi. Oʻnlab shunday kompyuterlarni sotib, yosh tadbirkorlar moliyaviy daramod olishdi va 1 aprel 1976 yil da Kompaniyasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazishgan.1976 yilda ishlab chiqilgan “Apple I” birinchi dasturlashtiruvchi mikrokompyuter boʻlmagan. Birinchilik “Alʻtair 8800” kompyuteriga tegishli, 1974 yilda yaratilgan va kataloglardan tarqatilgan. Ammo, “Alʻtair” texnik tomondan “shaxsiy kompyuter” sifatida kvalifikatsiyalanman bo’lgan, chunki yigʻish imkoniyatiga ega boʻlmagan va dastur yordamida maʻlumotlarni chaqirish imkoniga ega boʻlmagan. Yillar davomida kompaniya “Motorola” prosessorli, firma tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizimli oʻzining “Macintosh” kompyuterlarini ishlab chiqarib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |