Musiqa savodxonligini rivojlantrishda zamonaviy pedagoggning ijodkorlik qobiliyati


Musiqa savodini oshirishda pedagogik texnologiya talablari



Download 0,83 Mb.
bet8/22
Sana08.01.2023
Hajmi0,83 Mb.
#898341
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Mirjadamalov Olim (dissretatsiya ishi) Musiqa savodxonligini rivojlantrishda zamonaviy pedagoggning ijodkorlik qobiliyati

1.4. Musiqa savodini oshirishda pedagogik texnologiya talablari
Davlat ta’lim standartlari ommaviy xalq musiqa pedagogikasi professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari, katta ashulachilar, maqomchilar, dostonchilik asarlarining elementar asoslarini me’yorlashtiradi.
Musiqa ta’limidan davlat ta’limi standartlari asosida yangi ta’lim mazmuni o’quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda asosan tarbiyani birga olib borish lozimligi ta’kidlanadi. SHu bois, musiqa madaniyati ta’limning yangi mazmuni, yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishni nazarda to’tadi.
Bunda o’quvchilar musiqa san’atini butun nafosati bilan o’rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo’lib qo’shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi.
Shuning dek, ushbu mavzu orqali o’rganilayotgan o’quvchilar musiqiy iqtidori, hususan, tarbiya ko’nikmalarini rivojlantirish, musiqa san’atiga mehr va ishtiyokini oshirish, musiqa san’atiga qiziquvchi o’quvchilarning iqtidorini rivojlantirish uchun zarur shart – sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa tarbiyasining asosiy vazifalarini tashkil etadi.
Musiqa ta’limi ham muayyan tashkiliy shakllarda amalga oshiriladiki, biz ularni dars o’tish, ekskursiya, amaliy va labaratoriya mashxulotlari, lektsiya, seminar, diktant, nazorat testi va boshqalar tarzida tushunamiz. Gurux usulida va yakkka tartibda o’qitish tarixan tarkib topgan va rivojlanmoqda.
Har qanday xolatda ham o’qituvchi o’quvchilarga bilim berish bilan birga tarbiyalab boradi, uni o’zlashtirishi jarayoniga raxbarlik qiladi, o’quvchilarning harakatlarini tekshirib nazorat qilib boradi.
Vatanga bo’lgan munosabat ma’naviyat darajasiga ko’tarilib, inson faoliyatiga maqsad va yo’nalish berish- vatanparvarlik ekanini o’zlari ham chin dildan his etib, ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish yo’lida jonbozlik ko’rsatmoqdalar. Ularning eng asosiy maqsadi bilim, ko’nikmalar berish bilan birga yoshlarni oqilona tarbiyalaydilar ham.
Tarbiya jarayonida yurtni e’zozlash, Vatanga bo’lgan munosabatni oshirish an’anaviy qo’shiqlar orqali ko’proq namoyon bo’ladi. Inson uchun ona kabi muqaddas va mo’’tabar ekanligini, insonda bitta ona bo’lganidek, Vatan ham yagonaligini bizlar ana Shunday qo’shiqlar orqali o’qib, o’rganish bu – ma’naviyat belgisidir.
Yangi o’sib kelayotgan shaxsning ma’naviyati rivojidagi an’anaviy qo’shiqlar xaqidagi tushunchasini mustahkamlashda barcha ta’lim mo’tassadilari qatori musiqa o’qituvchilari ham jonbozlik ko’rsatishlari zarur. Har bir o’quvchi musiqa darsiga boshqa darslardan ko’ra ko’proq qiziqadi. Bu davrda, o’qituvchilar zo’r ishtiyoq bilan darsga ishtirok etayotgan o’quvchilarga an’anaviy qo’shiqchilik g’oyalarini singdirib borsalar maqsadga muvofiq bo’ladi.
Men yuqorida mavzuimni Vatan tushunchasi bilan boshlashimning boisi yurtimizda mana Shunday talabalik imkoniyatini qo’lga kiritishimizda bizning tinch va osoyishta Vatanimizda yashayotganimiz, keng imkoniyatlardan foydalanishimiz ham ona Vatanimizga bo’lgan yuksak muhabbatimiz timsolidir.
Musiqa madaniyati darslarida Vatan xaqidagi an’anaviy qo’shiqlarni o’rgatish jarayonida o’qituvchi-murabbiylarning o’zlari ham Vatanni yuraklariga jo aylab, so’ngra o’quvchilarga kerakli tushuncha va ko’nikmalarni berishlari lozim.
Musiqa o’qituvchisi dars jarayonida qo’shiq o’rgatish, musiqa tinglash, musiqa savodxonligi bilan birga musiqaga ritmik jo’r bo’lish va musiqali harakatlar bajarish jarayonida ham o’rganilayotgan qo’shiq ruhiyati bilan yashashi lozim, bunda albatta o’qituvchining ma’naviy qobiliyati yuksak bo’lishi zarur.
Hozirgi kunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnalogiyalar, dars o’tishning noan’anaviy usullari, xususan , interfaol usul keng joriy etilyapti.
Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar inson saloxiyati hamda ularning o’zaro ta’sirini inobatga olib o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo’llashning to’zilish metodidir .
Musiqa darsi o’tishning zamonaviy pedagogik usullariga doir ko’plab qo’llanmalar mavjud, bunday uslublarni ilg’or musiqa muallimlarining o’zlari kashf qilganlar va ular yaxshi samara bermoqda. Xususan, “mavzu qanday bayon qilganda uning necha foizi o’quvchi yodida saqlanadi, u tomonidan o’zlashtiriladi?” degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o’tkazilajak tajriba yakuni “anglash piramidasi” degan nomni oladi. Agar o’quvchi eshitsa , kuylasa, chalsa, ritmik harakatlar bajarsa, mavzuni o’rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa, ular bilan ashula yo’zasidan muloqotda bo’lsa, baxslashsa, ko’proq tarbiyalanib boradi, o’qituvchining o’rgatayotgan ko’nikma va malakalari yodda qoladi, o’zlashtiriladi.
O’quvchi mavzu yo’zasidan o’rtoqlari, muallim bilan o’z muloqotga kirishishi, amaliy mashg’ulotlarda qatnashishi, darsdan olgan bilimlarini gapirib bera olishi kerak. Ana shunda olingan bilim mustaxkam bo’ladi . Turli uslublarni o’rganib, taqqoslab, hamkasblar bilan fikrlashib , har bir ustoz o’z uslubini yarata oladi .
Respublikamizda "Ta’lim to’g’risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda DTS talablari asosida ish olib borish kasb ta’limini rivojlantirishda asos bo’ladi. To’qqiz yillik umumiy o’rta ta’lim joriy etilgach, barcha o’quv fanlar qatori musiqa madaniyati fanidan milliy ijro ustivorligida va hozirgi zamon talabi asosida yangi dastur yaratildi.
Dastur asosida darsliklar, uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar, tahminiy mavzuli ish rejalari yaratilmoqda, Chunki, musiqa tabiatiga ko’ra inson hissiyotiga kuchli ta’sir eta olish hususiyati bilan birga o’quvchilarni nafosat olamiga olib kirish, musiqa idrokini shakllantirish, musiqa savodxonligini oshirish va axloqiy-g’oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir.
Davlat ta’lim standartlarida belgilanganidek, musiqa idrokini shakllantirishda ijrochilik uslublarining dolzarbligi mahalliy-uslubiy qo’shiqlaridan foydalanish, mahalliy bastakorlarning asarlarini o’rganish musiqa madaniyati darslarida qo’l keladi. Har bir qo’shiqni o’rganilar ekan qo’shiq harakteridan kelib chiqib unnig ifoda vositalari ham shunga mos bo’ladi. SHu bilan birga o’quvchi qo’shiqdagi alterasiya va dinamik belgilarini o’rganib, shular asosida qo’shiqning mazmunini ochib berishi va sof kuylashi lozim.

Musiqa savodi darsining mustaqil faoliyati sifatida emas, balki barcha faoliyatlari turlari bilan bog’lab tahlil qilinishi va uni ongli idrok etilishi lozim. Musiqa savodi notalar haqida ma’lumot emas, balki notagacha bo’lgan davr, musiqa janrlari, shakllari, milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish, ijrochi, tinglovchi, kompozitor va bastakorlar haqida va nihoyat musiqa ifodalari kuy, temp, registr, dinamika va boshqalar bilan tanishtirishni o’z ichiga oladi.
Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilar musiqa tinglash, qo’shiq kuylash, cholg’u asboblariga jo’r bo’lish kabi harakatlarni bajarish bilan birga albatta ritmik harakatlarni to’laqonli ravishda bajarishlari shart. Bu bilan o’quvchining tinglash, diqqatni bir joyga to’plash, musiqa ohangiga mos harakatlar bajarish, chapaklar asosida ritmga jo’r bo’lish orqali qobiliyatlari rivojlanadi.
Qo’shiqlarda ifoda etilgan tabiatning go’zalligi, o’ziga xos husn chiroyi yil fasllarining takrorlanmas xususiyatlarini idrok etish va his qilish, maqsadga muvofiq uyushtirib boriladigan qisqa va qiziqarli suhbatlar, savol-ja Yoshlar tarbiyasi va musiqa san’ati inson uchun muhim ahamiyat kasb etib bugungi kunda rivojlandi, uning qirralari jilolandi. Go’zal milliy ohanglar, ular borasida milliy an’analar tiklandi. Ulug’ musiqashunos olimlarning ishlari qaytadan ko’rib chiqildi. San’atimiz darg’alari davlatimiz tomonidan yuksak mukofotlar bilan taqdirlandilar.
Musiqa darsi o’tishning zamonaviy pedagogik usullariga doir ko’plab qo’llanmalar mavjud, bunday uslublarni ilg’or musiqa muallimlarining o’zlari kashf qilganlar va ular yaxshi samara bermoqda. Xususan, “mavzu qanday bayon qilganda uning necha foizi o’quvchi yodida saqlanadi, u tomonidan o’zlashtiriladi?” degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o’tkazilajak tajriba yakuni “anglash piramidasi” degan nomni oladi.
Har bir qo’shiqni o’rganilar ekan qo’shiq harakteridan kelib chiqib unnig ifoda vositalari ham shunga mos bo’ladi. Shu bilan birga o’quvchi qo’shiqdagi alterasiya va dinamik belgilarini o’rganib, shular asosida qo’shiqning mazmunini ochib berishi va sof kuylashi lozim.
Darsning samaradorligiga erishish, kasb mahoratini to’lik bajarishda o’qituvchi-pedagoglar DTS talablari hamda yangi pedagogik texnologiya asosida istagan faoliyatlar orqali ko’zlagan maqsadiga erishishi mumkin. Bizga ma’lumki, musiqa tarbiyasi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Unda o’zbek musiqa madaniyati va xalq musiqasining nodir namunalari orqali yosh avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa amalga oshiriladi. Bugun Shunday darslar tashkil etilsinki, pedagog faol va tashabbuskor bo’lsin, uning shogirdlari esa mustaqil va erkin fikrlay oladigan yoshlar bo’lib yetishsinlar.
Ushbu usuldan bolalarning bilimini oshirish, odob-axloq ko’nikmalarini mustahkamlash uchun sinfdan tashqari tashkil etilgan tarbiyaviy tadbirlarda foydalanish mumkin, ya’ni intellektual xalq misolida. Boshlang’ich sinf o’quvchilari orasida a’lochilar bilan birga o’zlashtirmovchi bolalar ham mavjud. Endi ularga tarbiyaviy usulning yangicha metod o’ylab topish lozim. Bunday usullar zamonaviy texnologiyalarning interfaol usullarida mavjud bo’lib, ulardan oqilona foydalanish ustozlrga bog’lik.
Tarbiya juda nozik masala. Bolaga, ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilariga faqat to’g’ri, zamonimizga, jamiyatimizga mos keluvchi misollar bilan, ko’rgazmalar bilan tarbiyaviy jarayonni davom etitirsh kerak. Agarda biror marta anglashilmovchilik bo’lsa, albatta kelgusidagi dar yoki mashg’ulotda to’zatish kiritish lozim.
Interfaol usulini qo’llashdan maqsad-o’quvchilar tomonidan tadbirni puxta o’zlashtirishga erishish bilan birga ularni faollikka undash, ularda hamkorlikda ishlash, ma’lum vaziyatlarni boshqarish hamda mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Interfaol usuli quyidagicha olib boriladi:

  1. o’quvchilar juftlikka biriktiriladilar;

  2. juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushunchalar (tayanch so’zlar, notalar nomi, ovoz sozlash usullarini, belgilar) ni kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklatiladi;

  3. o’qituvchi o’quvchilar bilan hamkorlikda guruhlar tomonidan topshirishning bajarilishini tekshiradilar;

  4. topshiriqni to’g’ri bajargan guruhning bir a’zosi o’qituvchi rolini bajaradi va topshiriqning echimini yozuv taxtasiga yozadi;

Sinf o’quvchilari yozuv taxtasida qayd etilgan fikrlarni farqlaydilar (tayanch so’zlar, notalar nomi, ovoz sozlash usullari, belgilarini anglatishni aytadilar ) to’g’ri javob bergan o’quvchi o’qituvchi rolini bajarib, juftliklarga mavzu moxiyatini yorituvchi sxema, jadval yoki tasvir yaratishni topshiradi va o’qituvchi yordamida topshiriqning bajarilishini tekshiradi.
O’quvchilar birligini yanada mustahkamroq bilib olish uchun, odob-axloqqa oid savollarini kichkina qora qutiga solishadi. Savolni tortib olib javob berishiga qarab baholanadi.
"Bilaman, bilishni xoxlayman. Bilib oldim" metodi. Ushbu metod o’quvchilarga muayyan mavzular bo’yicha bilishlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar jarayonida o’quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg’ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat taxlil etiladi. Guruhlarning faoliyatlari quyidagicha ko’rinishda tashkil etilishi mumkin:
1) har bir guruh umumiy sxema asosida o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg’ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo’yicha umumlashtiriladi.
2) guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Tarbiyaviy tadbir bo’yicha beriladigan savollar Vatan, vatanparvarlik bo’yicha beriladi:
- O’zbekiston Davlat madhiyasining mualliflarini bilasizmi?
- Kuylashni bilasizmi?
- Vatan tushunchasini bilasizmi?
- Vatan haqida kuylashni bilasizmi?
- Quyidagi raqamlar o’rniga notalar nomini yozing:
Musiqa darsi dastur asosida rejalashtirilib, ko’rgazmali qurollar bilan musiqa o’qitishning og’zaki, amaliy, taqqoslash metodlaridan foydalangan holda, darsda o’quvchilarni e’tiborini o’ziga jalb qilib, raqs elementlari, musiqali bolalar o’ynab, musiqaga mos qadam tashlash, chapak chalishni mayin ifodali qilib kuylash bilan metodik talablar asosida olib boriladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish