Model bloklarining o’rinlarini almashtirish. Model ichidagi bloklarning o’rni sichqoncha yordamida ularni surish yo’li bilan almashtiriladi. Bunda Simulink bloklarni o’zaro bog’lovchi liniyalarni qaytadan chizadi. Bir necha blokni birgalikda surish uchun ular ajratiladi va ajratilgan bloklardan biri yangi o’ringa suriladi. Natijada qolgan ajratilgan bloklar ham ular orasidagi nisbiy masofalar va bog’lovchi liniyalar o’zgarmagan holda suriladi.
Model ichida bloklardan nusxa olish quyidagi ikkita usuldan biri yordamida amlga oshirilishi mumkin:
tumasini bosgan holda blokni kerakli joyga surish;
sichqonchaning o’ng tugmasini bosgan holda kerakli joyga surish, bunda blokka navbatdagi tartib raqami beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |