Мундарижа сўзбоши


Zilzila. Seysmologiya, seysmik to’lqinlar tushunchasi. Zilzila – endogen relef hosil qiluvchi omil sifatida. Tsunami



Download 0,7 Mb.
bet23/69
Sana28.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#187445
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
2 5426970729327365526

3.Zilzila. Seysmologiya, seysmik to’lqinlar tushunchasi. Zilzila – endogen relef hosil qiluvchi omil sifatida. Tsunami.

Yer po‘sti va yuqori mantiyada qatlamlarning to‘satdan siljishi, yorilishi va sinishi natijasida hosil bo’ladigan zilzilalar ham muhim relef hosil qiluvchi endogen omil hisoblanadi. Zilzilalarning geomorfologik roli yoriqlar hosil bo’lishida, yer po‘stining bo’laklarining yoriqlar bo‘yicha vyertikal va gorizontal yo‘nalishda siljishida hamda burmalanish jarayonlarida o‘z ifodasini topadi.

1981 yil 23 oktyabrda Yaponiyaning Gifu provintsiyasida ta’sir doirasi 1000 000 km ga etgan kuchli zilzila bo’lgan. Natijada yerning ustki qismida katta yoriq paydo bo’lib, bu yoriqning bir tomoni ikkinchi tomoniga nisbatan 6 metrcha ko‘tarilib tashlangan. 1948 yil 6 oktyabrda Ashxobodda bo’lgan zilzila natijasida yer yuzasida ko‘plab yoriqlar (uzunligi bir necha yuz metr) hosil bo’lgan. Ular bo‘yicha yer massasi vyertikal yo‘nalishda amplitudasi 1 metrgacha etgan siljishlar kuzatilgan.

1949 yili 10 iyulda Tojikistonning Xait rayonida yuz byergan zilzila ta’sirida CHoko’rak tog’ining yuqori qismi o’zilib, Obidara-Xauz daryosining darasiga uloqtirib tashlangan, ko‘p joylarda yoriqlar paydo bo’lib, surilish hodisalari kuzatilgan. 1960 yili 21 mayda CHilida bo’lgan zilzila vaqtida 380 kv. km maydon yer sathining cho‘kishi natijasida suv ostiga g’arq bo’lgan. 1902 yili dekabr oyida Andijon shahrida ro‘y byergan zilzila oqibatida Qoradaryo vodiysida loyli vulkanlar kuzatilgan.

Zilzilalarning geomorfologik oqibatlari nihoyatda xilma-xildir: yoriqlar hosil bo’ladi, ba’zan keng quruqlik uchastkalari va dengiz tagi ko‘tariladi yoki cho‘kadi, tog’ qulashlari, surilmalar, qor ko‘chkilari bo’ladi, yer osti suvlarining rejimi va harakati o‘zgaradi, epitsentr dengiz tagida bo’lganda esa dengiz yuzasida nihoyatda tez tarqaladigan o‘ziga xos tsunami to‘lqinlari vujudga kelib, orollar hamda matyeriklar qirg’oqlarining relefini o‘zgartiradi.

2004 yil 26 dekabrda Hindiston, Myanma (Birma), Avstraliya litosfyera plitalarining to‘qnashuvidan Hind okeani tarixida kuchli yer qimirlash sodir bo’ldi. Uning magnit ampilitudasi 9 (Rixtyer shkalasi bo‘yicha), quvvati 2x1025 YERG (10 lab vodarod bombosi) ga teng bo’lgan. Zilzilaning epitsentri Sumatra orolidan 200 km shimoli-g’arbda 20 km okean chuqurligida joylashgan. Uning o‘chog’i 1000 km masofaga cho‘zilgan. Yer qimirlash 8 minut davom etgan.

Sumatra oroli zilzila natijasida janubi g’arbga tomon 30 m siljigan, Hind okeanida hosil bo’lgan tsunami to‘lqini okeanda 720 km/coat, qirg’oq yaqinida 30 km/soat tezlikda harakatlangan. Uning balandligi qirg’oq yaqinida 40 metrgacha etgan.

Zilzila natijasida 300 000 kishi nobud bo’ldi. Hind okeanidagi juda ko‘plab orollarni suv bosdi. Suvning qaytishida bu orollarning qirg’oq rel’efi keskin o‘zgarishga uchradi.

Yer sharida zilzila o‘choqlari vulkanlar kabi yangi tektonik harakatlar intinsiv yuz byerayotgan oblastlarda joylashgan. Zilzila epitsentrlarining tarqalish mintaqalari litosfyera plitalari va ular o‘rtasidagi chegaralarni o‘tkazish uchun asos bo’lgan.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish