Mundarija: Kirish Asosiy qism I. Bob. Inson hayot muhitini muhofaza qilish va yaxshilash


II.Bob. Inson hayot muhitini muhofaza qilishda xalqaro hamkorliklar



Download 45,98 Kb.
bet6/7
Sana02.03.2022
Hajmi45,98 Kb.
#478408
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Inson yashash muhitini muhofaza qilishning ekologik-huquqiy asoslari

II.Bob. Inson hayot muhitini muhofaza qilishda xalqaro hamkorliklar
2.1. Xalqaro ekologik hamkorlik tashkilotini tashkil topishi
Yer sayyorasi va uning o`ziga xos tabiati insoniyatning umumiy yashash makoni, yagona uyi hamda yashyash vositasi hisoblanadi. Shuning uchun yuz berayotgan ekologik tangliklarni bartaraf etish yer yuzidagi barcha xalqlar va davlatlarning umuminsoniy vazifasidir. Sayyoramizda Xalqaro ekologik hamkorlikning zarurligi quyidagi hollar bilan belgilanadi:
Yer sayyorasi va uning o`ziga xos tabiatini insonga ma’lum bo`lgan olamda yagona ekanligi;
Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud bo`lib inson va jamiyat uning tarkibiy qismi ekanligi;
Insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatini moddiy negizi tabiat ekanligi;
Tabiatdagi salbiy o`zgarishlar va atrof-muhitga antropogen ta’sir ko`lami jihatidan butun sayyoraga tazyiq ko`rsatuvchi jarayonlar ekanligi;
Hozirda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga ko`p hollarda bir yoki bir nechta davlatlaning imkoniyatlari yetarli emasligi;
Barcha insoniyatning birgalikdagi harakati sayyoramizdagi ekologik vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yo`li ekanligi. 
Xalqaro ekologik hamkorlik (XEH) deyilganda – yer yuzidagi barcha mamlakat xalqlar tomonidan tabiat muhofazasiga doir xalqaro kelishuv-shartnoma, konvensiyalar tuzish, xalqaro ekologik me’yorlani ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat qilish, umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgalikda hal etish, ilmiy tadqiqotlar va turli xalqaro anjumanlar o`tkazish kabi keng ko`lamli chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi. XEH quyidagi tamoyillarga asoslangan bo`lishi lozim:
Sayyoramizdagi har bir inson sog`lom ekologik sharoitlarda yashash huquqiga ega ekanligi;
Har bir mamlakat atrof-muhit va tabiiy resurslardan o`z fuqarolarri manfaatlari yo`lida foydalanish huquqiga ekan ekanligi;
Bir davlatning ekologik muvaffaqiyati boshqa davlatlar hisobiga bo`lmasligi yoki ularning manfaatlariga zid bo`lishiga yo`l qo`ymaslik;
Har bir davlat hududidagi ishlab chiqarish faoliyati shu davlatdagi va undan tashqaridagi tabiiy muhitga zarar yetkazmasligini ta’minlash;
Ekologik oqibatlarni bashorat qilib bo`lmaydigan har qanday xo`jalik va boshqa turdagi faoliyatlarni amalga oshirilishiga yo`l qo`ymaslik;
Tan olingan xalqaro me’yorlar va andozalar asosida atrof-muhit, tabiiy resurslar va ulardagi o`zgarishlar ustidan nazorat o`rnatish;
Atrof-muhit muammolari bilan bog`liq barcha kelishmovchiliklarni tinchlik yo`li bilan hal etish.
Hozirgi paytda XEH asosan ikki xil shaklda namoyon bo`lmoqda:
1. Atrof-muhit muhofasasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki yoki ko`p tomonlama davlatlararo bitim, shartnoma va konvensiyalar tuzish.
2. Turli xalqaro tabiatni muhofaza qiluvchi uyushma, komissiya va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish. 
Xalqaro ekologik hamkorlik umumbashariy qadriyatlarning muhim tarkibiy qismi sifatida so`nggi yuz yildan ko`proq vaqtdan beri shakllanib, takomillashib bormoqda. Uning dastlabki ko`rinishlari XIX asr oxirlaridan boshlab hayvonotlardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan davlatlardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan davlarlararo harakat tarzida namoyon bo`la boshladi.
1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilishi munosabati bilan ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshlandi. BMT xalqaro ekologik hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish yo`lida ko`p ishlarni amalga oshirdi.
Hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlardan 6 tasi atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug`ullanadi. Jumladan, YuNESKO-ta’lim, fan va madaniat masalalari bilan shug`ullanuvchi tashkilot faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o`tkazishga qaratilgan. 
FAO– oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha tashkilot. U yer, suv, o`simlik va hayvonlardan kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan shug`ullanadi. 
VOZ- xalqaro sog`likni saqlash tashkiloti. Atrof-muhitni muhofazasining sanitary-gigiyenik masalalari bilan shug`ullanadi. 
VMO- xalqaro meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umumsayyoraviy o`zgarishlar bilan shug`ullanadi. 
IMKO- dengizlar bo`yicha davlarlararo maslahat tashkiloti. Bu tashkilot dunyo dengiz va okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug`ullanadi. Yuqoridagilardan tashqari, BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bilan shug`ullanuvchi kengashi EKOSOS faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e’tibor beriladi.

2.2. O’zbekistonda xalqaro ekologik hamkorliklar


2020-yil 20-noyabrda BMTTD tomonidan moliyalashtirilayotgan SMART deb nomlangan yangi texnologiyaning taqdimotini bo'lib o'tdi. Niderlandiyalik ekolog va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bo'yicha xalqaro ekspert Mikiel Xotte BMTTDning maxsus loyihasi xodimlari va O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasidagi loyiha hamkorlariga SMART (fazoviy monitoring va hisobot vositasi) tizimini tanishtirdi.
SMART 2017-yilda boshlangan "Global bioxilma-xillik uchun muhim bo'lgan tog'li mintaqalaridagi tabiiy resurslardan va o'rmon xo'jaligidan barqaror foydalanishni ta'minlash” bo'yicha BMTTD va davlat ekologiya qo'mitasi sa'y-harakatlarining bardavomligini ta'minlaydi. Ushbu loyiha 1992-yilda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan Yer sammiti bilan bir vaqtda tashkil etilgan Jahon ekologik jamg'armasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Hozirgi kunda SMART patrul tizimi dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlaridagi 700 dan ortiq qo'riqxonalarini qamrab oladi va 12 mamlakatda milliy tizim darajasida qabul qilingan. GIS texnologiyasi asosida SMART patrul foydalanuvchilarga patrul davomida olingan ma'lumotlarni baholash va tahlil qilish, tekshiruvlar sifatini kuzatish va atrof-muhitni muhofaza qilishning umumiy samaradorligini oshirishga imkon beradi. BMTTD va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi SMARTni mamlakat bo'ylab qo'llashdan avval, sinov tariqasida uni Chotqol davlat biosfera va Hisor qo'riqxonalarida qo’llaydi.
Janob Xottening taqdimoti O'zbekistondagi tabiatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning foydalanuvchilari bilan doimiy hamkorlik qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Tizim bilan tanishish uchun davlat ekologiya qo'mitasi, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi va "O'zbekiston temir yo'llari" AJ bir guruh xodimlari Qirg'izistonning Bishkek shahrida Xalqaro yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati tomonidan tashkil etilgan treninglarda va Butan Qirolligiga ilmiy tadqiqot safarida ishtirok etishdi.
Loyiha doirasida shuningdek, SMART tizimidan foydalanish va unga aloqador interfeyslar bo'yicha davlat ekologiya qo'mitasi, Chotqol davlat biosfera va Hisor davlat qo'riqxonalarining 55 dan ortiq xodimlari uchun treninglar o'tkazildi. Kerakli raqamli uskunalar (shu jumladan smartfonlar, kompyuterlar va smartfonlarni zaryadlash uchun ko'chma quyosh batareyalari), shuningdek milliy qo’riqxonalarda ikkita SMART patrul markazlari va davlat ekologiya qo’mitasida boshqaruv markazini yaratish uchun kerakli jihozlar xarid qilindi.
SMART patrullarining asosiy maqsadi - BMTTDning yo'qolib borayotgan hayvonlarlarni muhofaza qilish va mamlakatning tog'li ekotizimlarining barqarorligini ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli ishlarining bir qismi sifatida O’zbekistonning noyob qor qoplonlarini himoya qilishdir.
Ekologik muammoni hamjihatlikda bartaraf qilishdagi muhim qadam
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston jahonning barcha mamlakatlari bilan keng koʻlamli va oʻzaro manfaatli sheriklikni, xususan Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlashga hissa qoʻshayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning institutlari bilan amaliy muloqotni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bundan toʻrt yil avval Oʻzbekistonning tub islohotlarni amalga oshirish boʻyicha qarori qatʼiy ekanini butun dunyoga baralla eʼlon qilgan maydon ham BMTning oliy minbari boʻlganini koʻpchiligimiz yaxshi eslaymiz, bilamiz.
2017-yil 20-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq soʻzlagan Prezidentimiz mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yoʻlidan borilayotgani, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilayotgani, umumxalq muhokamasidan soʻng besh yilga moʻljallangan Oʻzbekistonni rivojlantirish Harakatlar strategiyasi qabul qilinganini, bu strategiyani ishlab chiqishda biz oʻzimizga chetdan nazar tashlab, salohiyat va imkoniyatimizni xolis baholash bilan birga, xato va kamchiliklarimizni ham atroflicha tanqidiy tahlil qilganimizni butun dunyo hamjamiyatiga bildirib oʻtgan edi.
Mazkur sessiyada Sh.Mirziyoyev tomonidan BMTga tashkilot qoshidagi Xavfsizlik Kengashini bugungi kun talablariga mos ravishda kengaytirish, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni taʼminlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga doir maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgan edi. Har tomonlama chuqur oʻylangan bu taklif va tashabbus jahon hamjamiyati tomonidan maʼqullangach, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari muntazam oʻtkazilayotgani nafaqat Oʻzbekiston, balki mintaqadagi barcha mamlakatlarning tinchligi mustahkamlanishiga, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishiga xizmat qilmoqda.
Jumladan, oxirgi besh yilda Oʻzbekistonning qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro savdo hajmi salkam besh barobarga oʻsdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tahlikali zamonda ham mintaqa davlatlari oʻrtasida yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro ishonch, doʻstlik va hurmat muhitini yaratishga erishdik. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar oʻzaro bogʻliq ekani, oʻrtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik oʻta muhimligiga eʼtibor qaratilmoqda.
Eng muhimi, birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz tufayli mintaqamizda chorak asrdan buyon yechimini kutgan masalalar boʻyicha prinsipial jihatdan oʻzaro maqbul qarorlar qabul qilinishiga erishildi. Xususan, 2020-yil sentyabr oyining boshida Oʻzbekiston – Qirgʻiziston davlat chegaralari toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanishi tom maʼnoda muhim voqea boʻldi.
Davlatlar rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli oʻtgan yigirma olti yil davomida birinchi marta ushbu gʻoyat nozik masala boʻyicha katta natijani qoʻlga kiritdik. Boshqacha aytganda, oʻtgan besh yil mobaynida mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratishga muvaffaq boʻlindi.
Yuqoridagi masalalardan koʻrinib turganidek, BMTning sessiyalarida Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan har bir asosli tashabbus va taklif xalqaro hamjamiyat tomonidan munosib eʼtirof etilmoqda. Joriy yilning 18-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining navbatdagi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaga oid tashabbus BMTga aʼzo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullangani ham fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.
2017-yil iyun oyida Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvi boʻlgandi. Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan BMT va uning tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Orol fojiasining ekologik oqibatlarini yumshatishga doir masalalar muhokama etilgandi. Bosh Kotib oʻz tashrifi doirasida Orol dengiziga borib, u yerdagi vaziyat va global muammo bilan yaqindan tanishishga muvaffaq boʻlgandi. Yuqori martabali mehmon Orol dengizining qurishini suv resurslaridan foydalanishda koʻp tomonlama hamkorlik yoʻlga qoʻyilmaganining oqibati, deya baholagandi.
Darhaqiqat, Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlari global muammoga aylanib, mintaqa ekologiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hududda atrof-muhit va iqlimning salbiy tomonga oʻzgarishi, suv va havoning ifloslanishi mintaqada ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladi.
Orolboʻyi hududi ekologik fojianing markaziga aylanib, mavjud ahvolni yaxshilash uchun mamlakatimiz tashabbusi bilan Orolboʻyi mintaqasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik Trast fondi tuzildi. Orol dengizini saqlab qolish borasida mamlakatimizda misli koʻrilmagan tajribalar qoʻllanilib, dengiz oʻrnidagi sahroni oʻrmonga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Xususan, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari qabul qilinib, “yashil qoplamalar” barpo etishning huquqiy asosi yaratilgan.
Qabul qilingan qarorlar doirasida 2018-2020-yillarda Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 1,2 million gektar maydonda oʻrmon-meliorativ tadbirlari amalga oshirildi. “Yashil qoplamalar” barpo etishda texnika, aviatsiya, kichik aviatsiyadan foydalanilib, innovatsion usullar qoʻllanildi. Ushbu oʻrmon-meliorativ tadbirlari uchun oʻrmon xoʻjaliklari ishchilari va aholi tomonidan 4,3 ming tonna choʻl oʻsimliklari boʻlgan saksovul, qoraburoq, qandim, cherkez va choʻl yaylov oʻsimliklari urugʻlari jamgʻarildi. Shuningdek, 1000 ta texnika va mexanizm, 6 dona samolyot va 2 dona deltaplan jalb etildi.
Ayni paytda ushbu hududlarda oʻrmon-meliorativ tadbirlarini davom ettirish, Orol dengizining qurigan tubi va Orolboʻyi mintaqasida “yashil qoplamalar” barpo etishga doir ekologik innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda jahon mamlakatlari bilan hamkorlikda qiladigan ishlarimiz koʻp. Kezi kelganda taʼkidlash lozim, 2021-yilgi “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 259-bandida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqida ilgari surilgan tashabbuslarni parlamentlararo darajada targʻib qilish chora-tadbirini amalga oshirish belgilangani biz, parlament aʼzolariga yuksak masʼuliyat yuklaydi. Parlament aʼzolari saylovchilarga ushbu tashabbusning ahamiyati, mazmun-mohiyati haqida ishonchli, toʻgʻri maʼlumotlarni yetkazishi bilan bir qatorda bu boradagi mavjud qonunchilikdagi boʻshliqlarni toʻldirishga harakat qilmogʻimiz lozim.
BMTga aʼzo mamlakatlar bilan hamjihatlikda Orolboʻyi hududida ekologik holatni saqlash, hududdagi ob-havo, suv xoʻjaligi, ekologik va iqtisodiy koʻrsatkichlari boʻyicha kuzatuv hamda tahliliy baholash ishlari hamda Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etishga oid ilmiy-amaliy va fundamental tadqiqotlarni oʻtkazishga qaratilgan ishlarni jadallik bilan amalga oshirmasak, mintaqadagi ekologik ofatlar xalqlarimizning turmushini, salomatligini ogʻirlashtiradigan global muammolar yuzaga kelishi ehtimoli oshib boraveradi.
Dunyoning turli mintaqalaridagi 60 ga yaqin davlat, shu jumladan Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston, Turkiya, Yaponiya, Pokiston, Eron Hindiston, Misr, Malayziya, Singapur, Vyetnam, Bangladesh, Iordaniya, Oʻmon, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Vengriya, Ruminiya, Jazoir, Paragvay va boshqa mamlakatlar yuqoridagi hujjatga hammualliflik qilgani ularning ham Orol dengizi qurishining oqibatlarini toʻgʻri baholay olishi, Prezidentimiz bejizga bu muhim masalaga jahon hamjamiyatining eʼtiborini qaratmaganidan dalolatdir.

Xulosa


Yer sayyorasi va uning o’ziga xos tabiati insoniyatning umumiy yashash makoni, yagona uyi hamda yashyash vositasi hisoblanadi. Shuning uchun yuz berayotgan ekologik tangliklarni bartaraf etish yer yuzidagi barcha xalqlar va davlatlarning umuminsoniy vazifasidir. Sayyoramizda Xalqaro ekologik hamkorlikning zarurligi quyidagi hollar bilan belgilanadi:Yer sayyorasi va uning o’ziga xos tabiatini insonga ma’lum bo’lgan olamda yagona ekanligi;Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud bo’lib inson va jamiyat uning tarkibiy qismi ekanligi;Insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatini moddiy negizi tabiat ekanligi; Tabiatdagi salbiy o’zgarishlar va atrof-muhitga antropogen ta’sir ko’lami jihatidan butun sayyoraga tazyiq ko’rsatuvchi jarayonlar ekanligi;Hozirda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga ko’p hollarda bir yoki bir nechta davlatlaning imkoniyatlari yetarli emasligi;Barcha insoniyatning birgalikdagi harakati sayyoramizdagi ekologik vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yo ’li ekanligi.
Barcha zamonlarda insoniyat va jamiyat uchun tabiat va tabiiy boylik kerak bo’lgandek, bugun ham barcha davlatlarga tabiiy resurslar juda ham zarur. Lekin zarur ekan deb turli o’z boshimchalik bilan, ko’r-ko’rona foydalanish ham to’g’ri emas. Chunki biz buning badali qanchalik qimmat bo’lishini amaliy tarixda ko’rganmiz va hozirda ham ko’rmoqdamiz. Masalan: Orol dengizining qurib qolishi, hayvonlarning ekosistemasiga salbiy ta’sirlar, o’rmonlarning yoqolib ketishi.
Shuning uchun bugungi jamiyat va unib o’sib kelyotgan avlod shuni tushunishi kerak. Bunga harakat qilish kerak. Zero bu vatan bizniki barchamizniki, va kelajak avlodga uni shu holida yetkazishimiz darkor.
Xulosa qilib aytganda biz tabiiy resurslardan qanchalik ko`p foydalansak, shunchalik iqtisodimiz ko`tariladi, ammo bunda ularning tugab qolishi mumkinligini hisobga olib, ularni iqtisod zaruriyati uchun ham muhofaza qilish zarur.



Download 45,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish